К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABDAN TASHQARİ TA’LİM MUASSASALARİNİ TASHKİL ETİSH VA ULARNİNG FAOLİYATİ

ULARNİNG FAOLİYATİ · Ergashbayev Shoxruhbek Shuxratjon o’g’li · Yoshlar huquqi · Moliyaviy mustaqilik.

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda Maktabdan Tashqari Ta’lim Muassasalarini Tashkil Etish va Ularning Faoliyatihaqida tahlil qilishmaqsadida ilmiy jihatdan ma’lumotlar berilgan. Kalit sozlar. Davlat, Oliy ta`lim, Yoshlar, Maktab, Sport, Xalq, Milliy olimpiada, Internet, Yoshlar huquqi, Vatanparvarlik, Moliyaviy mustaqilik. Bugungi globallashuv va texnologiyalar rivojlangan davrda bolalar va yoshlarga maktabdan tashqari ta’lim berish tobora muhim bo‘lib bormoqda. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘quvchilarga umumiy ta’lim tizimidan tashqarida qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini beradi. Bu kabi muassasalar bolalarning qiziqishlari, talantlarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish va ularda ijodiy fikrlash qobiliyatini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish, shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashadi. Ushbu ta’lim turi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: Qobiliyat va talantlarni rivojlantirish –bolalarda musiqa, san’at, sport va boshqa sohalarga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish. Kasbiy yo‘naltirish –kelajak kasbini tanlashga yordam berish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish. Ijodiy fikrlash va tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash – ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va yangi g‘oyalarni ishlab chiqish ko‘nikmasini o‘rgatish.Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari turli yo‘nalishlarda tashkil etilishi mumkin. Ularning eng asosiy turlari quyidagilardan iborat: 1. San’at va musiqa maktablari –bolalar va yoshlarga musiqa asboblarini chalish, rasm chizish, raqs va boshqa san’at yo‘nalishlarida ta’lim beruvchi muassasalar. 2. Sport seksiyalari va to‘garaklar –yoshlarning sog‘lom hayot tarzini shakllantirish uchun sport turlarini o‘rgatish, ularni tanlash va musobaqalarda qatnashishga tayyorlash. 3. Ilmiy-texnik to‘garaklar –fan va texnika bilan qiziqadigan bolalar uchun maxsus to‘garaklar, robototexnika, dasturlash va boshqa texnik yo‘nalishlarda ta’lim beruvchi muassasalar. 4. Kasb-hunar o‘rgatish markazlari –kasb tanlashda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy ko‘nikmalar o‘rgatish va ularni kelajak kasbiga tayyorlash. 5. Til o‘rgatish markazlari –xorijiy tillarni o‘rgatish, nutq madaniyati va til bilish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan muassasalar. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining faoliyatlari bolalarga bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni shakllantirish imkonini beradi. Ularning asosiy foydalari quyidagicha. Shaxsiy rivojlanishga hissa qo‘shish –yoshlar o‘z qiziqishlari bo‘yicha mustaqil faoliyat yuritib, ijodiy va tashabbuskor bo‘lib shakllanadilar. Jamiyatda faol ishtirokni rag‘batlantirish –o‘quvchilar ijtimoiy loyihalarda, musobaqalarda ishtirok etib, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishadi.Bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish –umumiy ta’limdan tashqari olingan bilim va ko‘nikmalar yoshlarga kelajakda muvaffaqiyatli kasb egallashda yordam beradi. 4

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Maktabdan Tashqari Ta’lim Muassasalarini Tashkil Etish va Ularning Faoliyatihaqida tahlil qilishmaqsadida ilmiy jihatdan ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Maktabdan Tashqari Ta’lim Muassasalarini Tashkil Etish va Ularning Faoliyatihaqida tahlil qilishmaqsadida ilmiy jihatdan ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Davlat, Moliyaviy mustaqilik., Yoshlar, Maktab, Vatanparvarlik, Milliy olimpiada, Sport, Xalq, Yoshlar huquqi, Oliy ta`lim, Internet
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники