К содержанию
РецензированоRU2026

ТОПОНИМИИ И ПЛЕМЕНА В КАТТАКОРГАНСКОМ РАЙОНЕ

Sunnatillo Rashidov Rashid o’g’li

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

This article deals with, the toponymy and ethnotoponymy of the Kattakurgan district, which is one of the largest districts of the Samarkand region, that is, the influence of the names of the tribes and clans that have lived in this area for a long time on the place names, as well as issues such as the transfer of some tribal names to the name of the area will be studied. Moreover, including the history of the origin of the names such as "Kadan", "Mundian", "Abulkasim" and other districts, such as "Chordara", "Nayman", "Arabkhana", are analyzed thouroughly, which are located in this region. Key words: Kattakurgan, toponimics, etnotoponimics, sugd, Movarounnahr, tribe, clan, rabat, environs, Miyankol, Polvontepa. Eramizning I-II asrlarida Kushon imperiyasi davrida ko’chmanchi xalqlar bir joyda uyushib, hamjihat bo’lib yashashi turli xavf va ofatlardan himoyalanishini osonlashtirgan. Shu sababli keynchalik ovullar, qishloqlar va shaharlar paydo bo’la boshlagan. Kattaqo’rg’on VII asrning so’ngi choragi (1683-1684-yillar)da barpo etilgan. Badavlat aka-uka Farhod otaliq, Ollonazarbek va So’fi Olloyor unga asos 331 solgan, degan fikrlar bor. VIII asrdan boshlab shahar ancha kengayib 170 gektar joyni egallagan, 25 guzarga bo’lingan.[3,17] Ko’chalar tor bo’lib, kulbalarning darchalari asosan hovli ichkarisiga ochilgan. Shahar markazida ark- qal’a bo’lgan. Dastlab, ana shu ark - qal’a atrofida - So’fi Olloyor, Madras, Ko’chahur kabi mahallalar paydo bo’la boshlaydi. Kattaqo’rg’onda jami 25 mahalla guzar bo’lganligi aytiladi. Shaharlar va tumanlardagi guzar, mahalla, shuningdek qishloq va davlat nomlari “komolimiy”, qabila urug’ yoki kichik tarmoqlar nomi bilan ataladigan joylar “etnoponim”, kishilar nomiga qo’yilgan joy nomlar “antroniya”, daryo, soy, jilg’a, kanallar nomini o’ganish “gidronomiya”, tog’, qir, tepalik va jarliklar nomi esa “oronomiya”, deb ataladi. Kattaqo’rg’on shahrida 100, tumanda 800 ga yaqin turli tuman joy nomlari uchraydi. Ularning kelib chiqishi, paydo bo’lishi va qayerdan paydo bo’lganligi, albatta, hammani qiziqtirishi tabiy hol. Shahar hamda tumandagi toponimlarning aksariyati ham qadimiy, mug’ullar bosqini davrida paydo bo’lgan nomlar, shu yerda yashagan sug’dlar, fors-tojik tilidan kirib kelgan nomlar ko’p uchraydi. Jumladan, “Iske” qishlog’ining nomi qadimgi sug’d tilidan olingan bo’lib, “Iskender” baland-yuqori, degan ma’noni bildiradi. “Boyovut”-so’zi mug’ulcha boylar yashaydigan joy, bulung’ur loyqa suv ma’nosini anglatadi. “Mavze”- arabcha bo’lib joy-dala, mahalla, istiqomat qiladigan joy, mozor, ziyorat qiladigan joy degan ma’noni beradi. “Rabot”- ot bog’laydigan yoki to’xtab o’tiladigan joy ma’nosida ham ishlatiladi. “Avliyo-valiy”- muqaddas kishi, “Anhor”-nahr so’zidan yasalgan bo’lib, daryo, kanal demakdir. “Rabot”- tashqi istehkom devori, “chorbog’”- to’rt bog’, “chorsu ”- to’rt ko’cha kesishgan joy, “darvoza”- dar-eshik, “boz”- ochilgan, ya’ni ochilgan eshik kabi nom va so’zlar, asosan, fors-tojik tilidan kelgan.[2,44] Shu o’rinda shahrimiz va tumanimiz hududidagi ayrim joy nomlarini ma’nosini, paydo bo’lishi va kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz. Sug’d o’lkamizning juda qadimgi nomi. Qadimgi yunon tarixchilarining yozishicha, Sug’d janubda Oks, ya’ni Amudaryo, shimolda Sirdaryo oralig’ida joylashgan. O’rta asrlarga kelib, Zarafshon vodiysini o’z ichiga olgan. Tarixchilarning yozishicha Qoradaryo va Oqdaryo oralig’ida Nimsug’d tumani joylashgan. Qadimgi davrda Samarqand shahri Sug’d o’lkasining poytaxti bo’lgan. Arablar kelguniga qadar Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi o’lka Turon, deb atalgan. Bu nom qadimiy so’z bo’lib, eronliklar tomonidan qo’yilgan. Ular o’z mamlakatlarini “Eron”, ya’ni “bu taraf”, deb ataganlar. Amudaryoning shimoliy qismini esa “Turon”, ya’ni “u tomon” 332 deb ataganlar. Arablar esa “Movarounnahr” deb atashgan. Movarounnahr- tarixiy asarlarda o’lka ma’nosida juda ko’p uchraydi. Bu o’lka ikki daryo, Sirdaryo va Amudaryo oralig’ida joylashgan. Shuning uchun ham bu arabcha so’z bo’lib, “movaroun”- narigi tomon, “nahr”- suv-daryo “ikki daryo oralig’ida”gi joy ma’nosini bildiradi. Rivoyat qilishicha, bu atama arablarning sarkardasi Qutayba tarafidan qo’yilgan emish. Arablar janubdagi yerlarni istilo qilib bo’lgandan so’ng Amudaryo etaklariga kelishadi. Shu payt daryo bo’yida uzoqlarga qarab turgan Qutaybadan “Bu yerlan qanday nom bilan ataladi deb so’raganida” u “Bu yerlar Movarounnahr. Biz daryoni kechib o’tib, ikki daryo oralig’ini ham egallashimiz lozim” deb javob bergan va shundan buyon bu joy nomini “Movarounnahr” deb atashgan.[4,35] “Kadan” - bu qishloq nomi tarixiy manbalarda XV-XVI asrlarda tilga olingan. Ba’zi rivoyatlarga qaraganda, arablar bu yerda otlari uchun somon to’plaganlar va shundan “Kadan”, ya’ni somon to’playdigan joy ma’nosini anglatgan. Farohin nomi keyinchalik paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. “Miyonqol” - qadimdan Zarafshon daryosining ikki irmog’i - Qoradaryo va Oqdaryo oralig’idagi yirik maydon - Miyonqol oroli, deb atalga

Доказательный фрагмент

«This article deals with, the toponymy and ethnotoponymy of the Kattakurgan district, which is one of the largest districts of the Samarkand region, that is, the influence of the names of the tribes and clans that have…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article deals with, the toponymy and ethnotoponymy of the Kattakurgan district, which is one of the largest districts of the Samarkand region, that is, the influence of the names of the tribes and clans that have… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kattakurgan, toponimics, etnotoponimics, sugd, Movarounnahr, toponimika, Kattaqo’rg’on
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники