Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI INTEGRATSIYALASHTIRISHDA O‘QUVCHILARNI MILLIY G‘URUR ASOSIDA METODIK RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI
Umarova Shaxnoza Maxmudjanovna
Наука и технология в современном мире · 1 · 2026
Аннотация
Создание возможности методично формировать образовательную траекторию, совершенствовать компетенции национальной гордости учащихся 1-5 классов, развивать интерес учащихся к науке, уметь развивать несколько речевых навыков в ходе выполнения одного учебного задания. Обосновано, что учителя 1-5 классов должны осознанно подходить к выполнению заданий, соблюдать дидактическую последовательность при их выполнении, уметь правильно взаимодействовать с искусственным интеллектом, чтобы находить задания из современных источников информации. Ключевые слова: образование, воспитание, учебные задачи, речевая компетентность, язык, интеллектуальное развитие. Annotation. Making it possible to methodically shape the educational trajectory, to improve the competencies of national pride of students in grades 1-5, to develop students' interest in science, to be able to develop several speech skills in the course of one learning task. It is substantiated that teachers of grades 1-5 should be consciously approach to the performance of tasks, observe didactic sequence in their performance, be able to interact properly with artificial intelligence to find tasks from modern sources of information. Key words: education, education, learning tasks, speech competence, language, intellectual development. Kirish. Har bir kishi odamlar orasida farovon yashashi uchun u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak. Darliklarning bugungi kundagi holati birmuncha tahlillarga muhtoj deb o‘ylayman chunki 1-5 sinf bu ta’limning poydevori hisoblanadi. Ma’lumki, “Tarbiya” fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o‘quvchilarda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom 75 ` e’tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ygan. Ona tili fani bilan tarbiya fanini integratsion o‘zlashtirish muvaffaqiyati motivatsion omillar va 1-5 sinf o‘quvchilarining milliy g‘ururi kompetensiyalarni rivojlantirishda umumiy boshlang‘ich ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish darajasiga bog‘liqdir. Bular nutq orqali amalga oshadi. Nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa bo‘lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutq nutq faoliyatining mahsulotidan, ma’lum shaklga kirishidan iborat. Odam ongida nutqi rivojlanishi bilan bir qatorda, ong ostida mumkin bo‘lgan harakatlarning ichki rejasi tuziladi, muayyan vaziyatda amalga oshiriladigan harakatlar modellari yaratildi. Bu borada L.S.Vigotskiy, I.Ya.Zimnyaya, A.A.Leontev, Ya.A. Ponomarevning ishlarida aks etgan. S.L.Rubenshteynning psixologik tadqiqotlar tahlili til tashuvchisini shakllantirishning muvaffaqiyati ta’limda kommunikativ rivojlanish darajasiga bog‘liqligi haqida gapirishga imkon beradi. “Ta’limda kommunikativ rivojlanishi” iborasi I.Ya.Zimnyayaning fikricha, quyidagilarni ta’minlaydigan murakkab ko‘p qirrali hodisa sifatida ko‘rib chiqilishi kerak: - lug‘at hajmi; - nutq qoidalarini egallashning mohirlik darajasi; - fikrini ongli ravishda izchil bayon qila olish qobiliyati, suhbatdoshining replikalariga munosib javob bera olish, eshitganlariga munosabat bildirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan og‘zaki muloqot shakllarini bilish darajasi; - ko‘rsatkichi o‘qish sur’ati bo‘lgan o‘qish texnologiyasi darajasi; - yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish darajasi, kognitiv qiziqishlarini shakllantirish darajasi; - umumiy dunyoqarash. Mazkur talablarni amalga oshirish uchun ona tili ta’limida pragmatik yondashuvga asoslangan mustaqil ta’lim topshiriqlari tizimini ishlab chiqish lozim. Buning uchun turli nutq vaziyatiga mos fikr ifodalash imkonini beruvchi, o‘zaro muloqotning samarali bo‘lishiga xizmat qiluvchi kognitiv-pragmatik ta’limning afzalliklarini o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’lim tizimi, topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini quydagi metodik yondashuv asosida izohlaymiz. Bu borada Jahon pedagogikasi mo‘tadillik, amaliylik va erishuvchanlik tamoyillariga tayanadi. Pragmatizm–ta’limni hayotga yaqinlashtirish, ta’lim maqsadlariga amalda erishish tarafdori bo‘lgan falsafiy-pedagogik yo‘nalishdir. Pragmatik falsafa asoschilari V.V.Bogdanov va V.S Grigoreva idealizm va materializmdan tashqarida turgan yangi falsafani yaratishni talab qilishdi. Dastlabki pragmatistlarning g‘oyalari Amerikalik faylasuf va pedagog D. Dyui tomonidan ishlab chiqilgan. Ma’lumki, Jahon pedagogikasida “ta’lim uchburchagi” degan tushuncha mavjud, bu ta’lim jarayonining uchta asosiy komponenti hisoblanadi. Bu haqida bir qancha olimlar o‘z fikrini bildirgan. Jumladan, ingliz olimi Jon Orlando “o‘quv rejasi DTS, o‘quv dastur, o‘qitish va baholash ta’limning ucht
Доказательный фрагмент
«Создание возможности методично формировать образовательную траекторию, совершенствовать компетенции национальной гордости учащихся 1-5 классов, развивать интерес учащихся к науке, уметь развивать несколько речевых нав…»
Образец извлечения
Демо-превьюСоздание возможности методично формировать образовательную траекторию, совершенствовать компетенции национальной гордости учащихся 1-5 классов, развивать интерес учащихся к науке, уметь развивать несколько речевых нав… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, education, learning tasks, speech competence, language, tarbiya, интеллектуальное развитие., воспитание, речевая компетентность, o‘quv topshiriqlari, til, intellektual rivojlanish, образование, учебные задачи, nutq kompetensiyasi, язык, ta’lim-tarbiya, intellectual development.
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020