Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
KRAUDFANDING FAOLIYATI TURLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Xoliqova Gavhar Ramazon qizi
Наука и технология в современном мире · 4 · 375–410 · 2026
Аннотация
Maqolada kraudfanding faoliyatiga umumiy tushunchalar berilgan, bunga doir olimlarning fikrlari o’rganilgan. Kraudfanding faoliyati turlariga keltirilgan, ularning o’ziga xos jihatlari hamda huquqiy tabiatiga e’tibor qaratilgan. Kraudfanding faoliyatini fuqarolik huquqiy tartibga solish masalalari haqida so’z yuritilgan. Kraudfandingning eng muhim afzalliklaridan biri, uning internet orqali amalga oshirishning qulay ekanligi, mablag‘ yig‘ish jarayonlarining soddalashtirilganligi va ommaviy shaklda amalga oshirilishidir. Bunda platformga joylashtirilgan loyiha foydalanuvchilarga ma’qul bo‘lsa, tez fursatda zarur mablag‘ni yig‘ish imkoniyati mavjuddir. Kalit so’zlar: kraudfanding, kraudinvesting, kraudlending, internet, investitsiya, kraudfanding platformasi, kredit, aksiya, innovatsion-loyiha. Kraudfanding - internet orqali kichik ulushdagi mablag’larning katta guruhdagi shaxslar tomonidan to’planishi bo’lib, u kichik biznesning yuqori darajadagi rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunda odatda o’z faoliyatlarni amalga oshirish uchun mablag’ masalasida qiyinchilikka duch kelayotgan kichik tadbirkorlar, kompyuter va internet orqali pul mablag’larini investitsiya qilish istagidagi shaxslarni topishlari mumkin. Kraudfandingning asosiy g’oyasi bu, pul mablag’larini ko’pchilik shaxslarning oz miqdordagi hissasi orqali to’planishidir.1 Internetdan foydalangan holda, tadbirkor real vaqtda, qo’shimcha xarajatlarsiz millionlab investorlarni topish imkoniyatiga ega bo’ladi.2 Bugungi kunda kraudfanding faoliyatining bir biridan farq qiluvchi bir necha turlari mavjuddir. Ushbu faoliyatning alohida turlarga ajratilishi uni huquqiy tartibga solish jarayonida qulaylik tug’diradi. Dunyo miqiyosida kraudfanding investorlarni mukofotlash nuqtai nazardan pullik va pullik boʼlmagan turlarga boʼlinadi. Masalan, innovatsion-loyihalarni yohud umuman innovatsion faoliyatni kraudfanding moliyalashtirishda investorni mukofatlash kesimida turlicha modellari mavjud Notijorat kraudfanding faoliyatida xayriya sifatida biror narsa, ma’lum miqdordagi mablag’ yoki biror bir huquqni oluvchiga ma’lum bir umumiy foydali maqsad uchun ishlatish vazifasi yuklatiladi. Notijorat shakldagi kraudfanding (donation-basedcrowdfunding) faoliyatida donor pul mablag’larini hech qanday shartlarsiz xayriya qiladi. Ushbu kraudfanding faoliyatida investorlar uchun asosiy motivatsiya nomoddiy ko’rinishdagi qadryatlardir. 1 See Paul Belleflamme, Thomas Lambert & Armin Schwienbacher, Crowdfunding: Tapping the Right Crowd 2 (Center for Operations Discussion and Research, Discussion Paper No. 2011/32, 2011), available at http://ssrn.com/abstract=1836873. 2 Stuart R. Cohn & Gregory C. Yadley, Capital Offense: The SEC’s Continuing Failure to Address Small Business Financing Concerns, 4 N.Y.U. J. L. & BUS. 1, 6 (2007). 91 ` Tijorat kraudfanding munosabatlari oldi-sotdi shartnomalari asosida vujudga keladi. Bunday turdagi kraudfanding faoliyatida loyihani moliyalashtirganlik uchun moddiy shakldagi rag’batlantirish nazarda tutiladi. S.S.Petrovich Kraudfanding faoliyatini 2 turga yani, tijorat va notijorat turga bo’ladi. Unga ko’ra notijorat kraudfanding faoliyati xayriya shartnomasi tuzish orqali amalga oshiriladi. V.A.Kuznetsov kraudfandingni quyidagi 4 ta turga bo’ladi: xayriya, shartli ravishda qaytariladigan, kraudinvesting, kraudlending kabi turlardir. D.A.Kotenkoning fikriga ko’ra esa kraudfanding faoliyatini quyidagi 3 ta guruhga bo’lish mumkin. Bular, bepul yoki shartli ravishda bepul kraudfanding, shartli ravishda qaytariladigan kraudfanding, shuningdek, so'zsiz qaytariladigan kraudfanding A.O.Klinovning fikriga ko’ra esa kraudfandingning bir biridan farq qiladigan 5 ta modeli mavjuddir. Bular xayriya modeli, shartli qaytarish modeli, oldindan egalik qilish modeli, kraudinvesting va kraudlending. Kraudfanding faoliyatini moliyaviy jihatdan tijorat va notijorat singari katta ikki guruhga ajratish mumkin bo’lib, bu o’ta umumiy tushuncha hosil qiladi. Quyida ommaviy moliyalashtirish faoliyati davomida yuzaga keladigan fuqarolik huquqiy munosabatlarda, tijorat va notijorat kraudfanding faoliyatining o’zi ham fuqarolik huquqiy jihatdan yana bir nechta turlarga bo’lib ko’rib chiqamiz. Endi esa yuqorida olimlar tomonidan keltirilgan kraudfanding faoliyati turlariga ta’rif berib o’tamiz. Xayriya kraudfanding. Notijorat maqsadlarda, masalan, muhtojlarga yordam berish yoki xayriya tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash uchun pul yig'ish uchun foydalaniladi. Aksiyadorlik kraudfanding. Ushbu turdagi karudfanding adabiyotlarda kraudinvesting deb yuritilib, xoʼjalik jamiyatiga qarashli boʼlgan qimmatli qogʼozlar ochiq savdo (IPO – Initial public offer)ga qoʼyiladi, oqibatda investorga mukofot tariqasida xoʼjalik jamiyatiga qarashli qimmatli qogʼoz (odatda aksiya), mulk, dividentlar yoki jamiyatning umumiy yigʼilishida ovoz berish huquqi kabilar taqdim etilishi mumkin.3 Umuman olganda, bu aksiyalarni sotib olishga o'xshaydi. Kraudlending. Bu loyihalarni kreditlash mexanizmi bo'
Доказательный фрагмент
«Maqolada kraudfanding faoliyatiga umumiy tushunchalar berilgan, bunga doir olimlarning fikrlari o’rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada kraudfanding faoliyatiga umumiy tushunchalar berilgan, bunga doir olimlarning fikrlari o’rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion-loyiha., internet, kraudlending, kraudfanding, kraudinvesting, kredit, aksiya, investitsiya, kraudfanding platformasi
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021