К содержанию
РецензированоUZ2026

TIBBIYOT YO‘NALISHI TALABALARINI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA QO‘LLANILADIGAN MASOFAVIY TA’LIM MODELLARI TAHLILI

Ergashev Anvar Ramоzаnovich

Наука и технология в современном мире · 44-46 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tibbiyot yo‘nalishi talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda qo‘llaniladigan masofaviy ta’lim modellari tahlil qilingan. Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z ichiga oladigan innovatsion modellar orqali tibbiyot talabalarining axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Asinxron, sinxron va gibrid ta’lim modellari turli shakllarda joriy etilgan bo‘lib, ularning har biri talabalarga o‘qishning turli usullarini taklif qiladi. Virtual simulyatsiya va interaktiv platformalar orqali talabalarning ma’naviy rivojlanishi va axloqiy qarorlar qabul qilish qobiliyatlari oshiriladi. Tajriba-sinov ishlari va xorijiy tajribalar asosida, masofaviy ta’lim modellarining tibbiyot sohasidagi ahamiyati va samaradorligi xulosa qilinadi. Ushbu maqola tibbiyot yo‘nalishi talabalarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini oshirishda yangi pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan. Kalit so‘zlar: tibbiy ta’lim, masofaviy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya, asinxron ta’lim, sinxron ta’lim, gibrid modellar, virtual simulyatsiyalar, interaktiv platformalar, pedagogik texnologiyalar. Аннотaция. В данной статье анализируются модели дистанционного обучения, применяемые для морально-этического воспитания студентов медицинских специальностей. Дистанционное обучение, включающее современные информatsiонно- коммуникatsiонные технологии, играет важную роль в формировании этических ценностей у медицинских студентов через инновatsiонные модели. Асинхронные, синхронные и гибридные модели обучения внедрены в различных формах, каждая из которых предлагает студентам разные способы обучения. Через виртуальные симуляции и интерактивные платформы развиваются моральные качества студентов и их способность принимать этические решения. На основе экспериментальных работ и зарубежного опыта делаются выводы о значимости и эффективности моделей дистанционного обучения в области медицины. Данное исследование направлено на внедрение новых педагогических подходов и технологий в обучении морально- этическому воспитанию студентов медицинских специальностей. Ключевые слова: Медицинское образование, дистанционное обучение, духовно- нравственное воспитание, асинхронное обучение, синхронное обучение, гибридные модели, виртуальные симуляции, интерактивные платформы, педагогические технологии. Kirish. Tibbiyot sohasida ta’lim olayotgan talabalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim modellari axloqiy tarbiya jarayonida zamonaviy va samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bu modellar talabalarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda interaktiv texnologiyalardan foydalanish imkonini yaratadi. 47 ` Asosiy qism. Masofaviy ta’lim tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi, chunki bu usul zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llab, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda samarali natijalar beradi. Masofaviy ta’limning turli modellari esa talabalarining ma’naviy rivojlanishini qo‘llab- quvvatlab, ularning axloqiy qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini mustahkamlaydi. Asinxron ta’lim modeli masofaviy o‘qishning bir turi bo‘lib, talabalarga o‘quv materiallarini mustaqil ravishda o‘z vaqtida o‘zlashtirish imkonini beradi va bu, o‘z navbatida, talabalarning ma’naviy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Elektron kitoblar, videoleksiyalar va multimedia materiallarini o‘rganish imkoniyati yaratish orqali talabalarning ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini taraqqiy ettirishga yordam beradi. Sinxron ta’lim modeli talabalarga bir vaqtda o‘qish va o‘zaro muloqot qilish imkoniyatini yaratadi, bu esa onlayn vebinarlar, video konferensiyalar, jonli muhokamalar va seminarlar orqali amalga oshiriladi. Ushbu usul talabalar axloqiy mavzularda fikr almashish, savollar berish va javoblar olish imkoniyatini yaratib, interaktivlikni ta’minlaydi va talabalarning axloqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Gibrid ta’lim modeli, ya’ni an’anaviy va masofaviy ta’limning uyg‘unlashuvi, tibbiyot ta’limida muvaffaqiyatli ishlaydi, chunki bu modelda talabalarga ham aniq nazariy bilimlar, ham amaliy ko‘nikmalarni qo‘lga kiritish imkoniyati yaratiladi. Gibrid modelida tibbiy simulyatsiyalarning onlayn ishlanmalarini va amaliyotlarni o‘tkazishda ko‘p ishlatiladigan interaktiv platformalardan foydalanish, talabalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Virtual simulyatsiyalar va interaktiv platformalar talabalarga axloqiy muammolarni hal qilishda amaliy tajriba olish imkonini beradi. Virtual simulyatsiyalar orqali talabalar axloqiy qarorlarni qabul qilishda qo‘llaniladigan turli senariylar bo‘yicha amaliyot o‘tashadi, bu ularning axloqiy savodxonligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, interaktiv platformalar talabalarning bir-biri bilan muloqot qilib, axloqiy muammolarni muhokama qilishini ta’minlaydi. Ushbu usullar orqal

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tibbiyot yo‘nalishi talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda qo‘llaniladigan masofaviy ta’lim modellari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tibbiyot yo‘nalishi talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda qo‘llaniladigan masofaviy ta’lim modellari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Медицинское образование, дистанционное обучение, духовно-, tibbiy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya, pedagogik texnologiyalar., masofaviy ta’lim, asinxron ta’lim, virtual simulyatsiyalar, interaktiv platformalar, gibrid modellar, sinxron ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники