Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
INGLIZ TILIDAGI NOSTANDART TIL BIRLIKLARINING O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI
TARJIMA QILISH MUAMMOLARI · Xusanova Sharofatxon Isroilovna
Наука и технология в современном мире · 01 · 2026
Аннотация
Til o’rganish jarayonida tarjima muhim rol o’ynaydi. Bu jarayon murakkab bo’lib, uni amalga oshirish uchun tarjimon ham Grammatik , ham til bilish nuqtai nazaridan katta tajriba va malakaga ega bo’lishi shart. Nosatandart til birliklari haqida gap ketar ekan, bu vazifa yana ham murakkablashadi. Tarjimon tarjima va asliyat tili o’rtasidagi barcha qonuniyatlar va madaniy farqlarni bilishi zarur. Ushbu ishda bir necha tilshunos olimlarning ishlari o’rganilib, xulosa qilindi. Kalit so’zlar; so‘zlarning dennotativ, konnotativ, stilistik ma’nolari, ekvivalent atama, trаnskriptsiya, trаnslitеrаtsiya, izоhlаsh, tushuntirish, shаrhlаsh, muqоbil vаriantlаrdаn fоydаlаnish usullari. Tarjima bir paytni o‘zida ham mas’uliyat, ham bilim talab qiladigan mehnat turidir va bu borada juda ko‘p olimlar va tilshunoslar o‘z fikrlarini bildirib o‘tishgan. Masalan: I.G‘ofurov, O. Mo‘minov, N.Qambarov fikricha, bir tildan ikkinchi tilga o‘tkazishda matndan foydalaniladi, eng yaxshi tarjima sifatida o‘z mazmun mohiyatini 90 foizdan ortiq saqlab qolgan asarlarga, matnga aytiladi. Tarjimada ikkita narsaga e’tibor qaratiladi, ular ifoda va ma’no tomonlaridir. Tarjima jarayonida mazmunni saqlagan holda ifoda vositalarni tarjimonni o‘zi tanlaydi. Demak, ifoda o‘zgarib turadi, lekin ma’no saqlab qolinadi. Tarjima bu ikki til ishtirokida hosil bo‘ladi va shu ikkita tilni o‘z nomlanishi mavjud, ular asliyat va tarjima tili deb nomlanadi. Agar o‘zbek tilidan ingliz tiliga matn tarjimasi amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘zbek tili asliyat tili deyilib, ingliz tili esa tarjima tili deb tushuniladi. Matn ma’nosini to‘liq berish va matn ruhiyatini saqlash bu tarjimadagi eng muhim jihatidir. I.Gofurov, O.Mo‘minov, N.Qambarov fikricha, “matnda berilgan ma'no so‘zlarning dennotativ, konnotativ, stilistik, gaplarning sintaktik, gaplardan kattaroq birliklarning sintaktik ma'nolari, so‘z va so‘z birikmalarining supersegment hamda leksik-semantik ma'nolari o‘rtasidagi bevosita aloqalarga asoslanadi. Har bir til leksik-grammatik maydonining maxsus strukturasiga egaligi bilan harakterlanadi, o‘zining leksik, morfologik hamda sintaktik tizimiga ega bo‘ladi. Aksariyat hollarda tarjimada ifoda usuli bir-biridan farq qiladi, ma’no esa yuqorida tilga olingan yaruslarda saqlanishi mumkin. Shuning uchun ikki tilning, ya’ni xorijiy til va ona tili xususiyatlarini bilish yaxshi amaliy bilim hisoblanadi, biroq bu tarjima qilish uchun yetarli emas. Til xususiyatlarini bilishdan tashqari tarjimon tarjima nazariyasida ishlab chiqilgan bir qator prinsiplarini yaxshi bilish bilan birga yaxshi ishonchli malakaga ham ega bo‘lishi lozim. Tarjima nazariyasidagi prinsiplar Iingvistik hamda ekstralingvistik omillarga asoslanadi”. Bu fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, tarjimani yaxshi amalga oshirish uchun nafaqat ikkita tilni yaxshi bilish, balki tarjima qonuniyatlarini ham o‘rganish va yetarli darajada tajribaga ega bo‘lishi zarur. Chunki bu jarayon bitta til imkoniyatlarini bilish bilan kifoyalanmaydi. Ikkala til xususiyatlari, tarjima prinsiplari, tajriba imkoniyatlari ustivordir. 50 ` “Tarjima jarayonida tarjimon ikki tilning tipologik xususiyatlarini doim nazarda tutishi lozim. Chunki leksik jihatdan ifodalangan ayni fikr boshqa tilda grammatik vositalar bilan berilishi mumkin. Masalan, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda ingliz tili german tillari oilasiga mansubligi, undagi so‘z tartibi, birikmalarning xususiyatlari, zamonning qo‘llanishi, majhul nisbatining keng tarqalganligi, ko‘p ma’noli so‘zlarning ishlatilishi, so‘zlarning sinonimik qatorda stilistik jihatdan farq qilishi va shu kabilami hisobga olish lozim va o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida esa o‘zbek tilining turkiy tillar oilasiga mansubligini, so‘z tartibi ingliz tiliga nisbatan farq qilishini, zamonlar ingliz tiliga nisbatan ozroq sonni tashkil etishini, so‘z ma'nolari o‘zbek tilida kam va ko‘p ma'noli so‘zlarning qo‘lIanishi, o‘zbek tili leksik qatlamida arab, fors, mo‘g‘ul so‘zlarining mavjudligi kabi holatlarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari so‘z qatlamlarining stilistik jihatdan o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini inobatga olish lozim. Matnning qaysi janr va qaysi uslubga xosligini aniqlash ham tarjimada adekvatlikka erishish imkonini beradi. Matnlarning stilistik va janr jihatdan farq qilishini hisobga olish adekvatlikdan tashqari so‘z va iboralaming matn yaratish xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Har bir usul va har bir janrda qo‘llanadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap tuzilishini bilish muhim ahamiyatga ega”1. Tarjimaga hozirgi davrga kelib e’tibor ortib borayotganligini ko‘ramiz, sababi, boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatilayotgani va tilga va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni kundan kunga yuksalishidir. Masalan; 2021 yili Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilgan. Bu agentlikning tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsadlari tarjima jarayonlarini professional tarzda amalga oshirilishiga
Доказательный фрагмент
«Til o’rganish jarayonida tarjima muhim rol o’ynaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTil o’rganish jarayonida tarjima muhim rol o’ynaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muqоbil vаriantlаrdаn fоydаlаnish usullari., tushuntirish, konnotativ, trаnslitеrаtsiya, shаrhlаsh, trаnskriptsiya, izоhlаsh, ekvivalent atama, so‘zlarning dennotativ, stilistik ma’nolari
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021