Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
KICHIK BIZNESNI YIRIK BIZNESGA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI RIVOJLANTISH ISTIQBOLLARI
RIVOJLANTISH ISTIQBOLLARI · Xursanaliyev Boburmirzo
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu tezis kichik biznesni yirik biznesga aylantirish jarayonlarini tahlil qiladi va muvaffaqiyatli transformatsiya uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni o‘rganadi. Kichik biznesning bozorini kengaytirish, franchayzing va birlashish imkoniyatlaridan foydalanish, moliyaviy boshqaruvni kuchaytirish, texnologiyalarni qo‘llash va innovatsiyalarni tatbiq etish kabi omillar muvaffaqiyat omillari sifatida ko‘rib chiqiladi. Tezis davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak va huquqiy qo‘llab-quvvatlashning kichik biznesning rivojlanishiga ta’sirini ham yoritadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik biznesning yirik biznesga aylanishi muhim deb topiladi. Kalit so‘zlar: kichik biznes, yirik biznesga aylanish, transformatsiya, moliyaviy boshqaruv, franchayzing, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya. Kichik biznesni yirik biznesga transformatsiya qilish bugungi kunda O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab mamlakatda kichik biznes nafaqat iqtisodiy o‘sishning asosiy omili, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish va innovatsiyalarni joriy qilishda ham muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi global iqtisodiy sharoitda kichik korxonalarni yirik korxonalarga aylantirish, ularning mamlakat ichida va tashqarisida raqobatbardoshligini ta’minlash orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin. Shu sababli, kichik biznesni rivojlantirish va uni yiriklashishga yo‘naltirish strategik maqsadlardan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonda kichik biznesning yiriklashuviga oid jarayonlar iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. Ayni vaqtda davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. 2017-2021 yillarda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish bo‘yicha qabul qilingan harakatlar strategiyasi doirasida kichik biznesning yiriklashuviga xizmat qiluvchi me’yoriy-huquqiy asoslar va texnologik infratuzilmalar yaratildi. Bu esa kichik korxonalar uchun yirik biznesga aylanishda keng imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Global iqtisodiy tendensiyalar va texnologik o‘zgarishlar kichik biznesni yirik korxonalarga aylanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro tajribaga ko‘ra, kichik biznes korxonalari davlat tomonidan qator moliyaviy va texnologik ko‘mak berilganda yirik korxonaga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, Germaniya, AQSh va Yaponiya singari mamlakatlarda kichik biznes subyektlari yiriklashuv jarayonida davlat subsidiyalari va soliq imtiyozlaridan foydalanadi. Shu tariqa kichik korxonalar kengayib, milliy va xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lish uchun zarur resurslarga ega bo‘ladilar. O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish uchun davlat tomonidan qator yengilliklar va imkoniyatlar yaratildi. Xususan, kichik korxonalar uchun soliq va ma’muriy yukni kamaytirish, kredit olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda eksport faoliyatiga yo‘naltirish kabi tashabbuslar iqtisodiyotdagi barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Mamlakat prezidenti tomonidan 2021-yilda tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini kamaytirishga qaratilgan farmonlar 56 ` chiqishi kichik biznesning yiriklashuviga xizmat qiladigan muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Kichik biznesni yiriklashuv jarayoniga tayyorlashning muhim omillaridan biri bu innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashdir. Innovatsion texnologiyalar kichik korxonalarga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sifatni yaxshilash va bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash imkonini beradi. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi kichik biznesning yirik biznesga transformatsiyalanishini yanada tezlashtirish imkonini yaratadi. Texnologik infratuzilmani rivojlantirish va raqamli xizmatlardan foydalanish kichik korxonalar uchun global bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kichik biznesni yirik biznesga transformatsiya qilish jarayoni tadbirkorlar uchun muhim strategik maqsad bo‘lib, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon kichik biznes korxonalarining resurslarini kengaytirish, raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va operatsion samaradorlikni ta’minlash kabi kompleks amaliyotlarni o‘z ichiga oladiytirish va diversifikatsiya qilish Kichik biznesni yirik biznesga aylantirishda birinchi muhim qadam bozorni kengaytirishdir. Bu jarayon orqali kichik korxonalar yangi mintaqalarga chiqishi va ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Masalan, mahalliy bozorda muvaffaqiyatga erishgan korxona boshqa hududlarga yoki xalqaro bozorga chiqishi orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishi mumkin. Shu bilan birga, xizmatlarni diversifikatsiya qilish ham muhim hisoblanadi. Bu yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki mavjud mahsulotlarni takomillashtirish orqali bozorning turli segmentlariga kirish imkonini beradi. Innovatsiyalarni
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezis kichik biznesni yirik biznesga aylantirish jarayonlarini tahlil qiladi va muvaffaqiyatli transformatsiya uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni o‘rganadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezis kichik biznesni yirik biznesga aylantirish jarayonlarini tahlil qiladi va muvaffaqiyatli transformatsiya uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transformatsiya, yirik biznesga aylanish, franchayzing, kichik biznes, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya., moliyaviy boshqaruv
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021