Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Elektrotexnika fanini o`qitishda ko`rgazmali namoyish eksperimental metodlarni qo`llashni samarali tomonlari
СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ: · Express Publishing: Просвещение, . с.
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2009
Аннотация
Ushbu maqolada oliy ta‘lim elektroenergetika talim yo`nalishi talabalari uchun Elektrotexnika fanini dars jarayoniga kreativ yondashish orqali uni tashkil etish, o`quv jarayonini qiziqarli tashkil etish usullaridan foydalanish, predmetlarni o`qitishda eksperimental ko`rgazmali usullardan foydalangan holda o`rgatish metodlaridan foydalanib o`quv kursini o`zlashtirish ko`rsatgichini oshirishning samarali tarflari ko`rilgan. Kalit soʻzlar: Eksperimental metod, ma‘ruza, ko`rgazmali, ko`rgazmali ma‘ruza, nazariya, amaliy, kreativlik , innovatsiya, pedagogika, o`rganishga ta‘sir etuvchi omillar. Elektrotexnikadan ma‘ruza orqali uzatilayotgan axborotni talabalar tomonidan qabul qilishlarida hozirgi kunda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali o`zlashtirish ko`rsatgichini oshirish, yetuk mutaxassislar tayyorlashda o‘qitish metodikasining dolzarb masalalaridan bo`lib kelmoqda. Bu ma‘noda elektrotexnikadan ma‘ruza mashg`ulotlarida namoyish eksperimentlari hamda ko`rgazmali vositalari katta imkoniyatlarga ega xisoblanadi. Namoyish eksperimentining boy didaktik imkoniyatlari axborot uzatishda ilg‘or 115 samarali texnologiyalarni joriy qilish imkonini beradi. Bu o‘quv jarayonida eksperimentdan foydalanishning mavzuga aloqador holatda amaliyot bilan bog`lagan holda ishlata bilish bilan bo`g`liq xisoblanadi.[1] Namoyish eksperimentlarini muammoli ko‘rsatish, talabalarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtirishni boshqarishning turli usullaridan foydalanish imkoniyatlarini belgilaydi. Ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning samaradorligi psixologik-fiziologik omillarga bog‘liq. Ma‘ruzachi o‘z bayonotida eksperimentni kiritish bilan talabalarning axborotni qabul qilish psixologik holatini o‘zgartirgan holda ularga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi. Ko‘rish va eshitish kanallarining bir vaqtda ishlashi o‘quv axborotining ishonchli qabulini va xotirada mustahkam joylashuvini ta‘minlaydi.[2] Quyida, misol tariqasida, 20 minutga mo`ljallangan o`quv materialini muayyan ketma- ketlikdagi turli metodlarini uyg`unlashtirish yordamida uzatish keltirilgan. Unga ko`ra, yangi mavzuni bayoni 6-7 minutlik maruzadan boshlanishi, so`ng esa 3-4 minut ma‘ruza qilingan o`quv materialini vizuallashtirish, ya‘ni unga doir ko`rgazmali materiallar eksoerimental amaliy mashqlar asosida tushuntirish, 3-4 minut davomida esa, unga doir biror tajribani namoyish qilish yoki biror misolni tahlil qilish va oxirida 6-7 minut davomida o`quv materialini mustahkamlashga qaratilgan mustaqil yoki guruhiy amaliy mashq o`tkazish jarayonni samarali tashkil etilishini ta‘minlaydi. Ta‘lim metodlaridan bunday uyg`unlikda va ketma-ketlikda foydalanish natijasida, nafaqat ta‘lim oluvchilarning diqqatini jalb etish darajasini oshirish va oxir oqibat ta‘lim samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Buni keltirilgan chizmadan ham ko`rish mumkin.[4] 1-rasm: Ta‘lim oluvchi diqqatining vaqtga nisbatan o`zgarib borishi Psixologik-pedagogik nuqatai nazardan kuzatish shuni ko‘rsatdiki, berilayotgan axborotning chuqur va barqarorligi o‘qitish uslubiga bog‘liqdir. Quyida eksperimental axborotni muammoli uzatish imkoniyatlarini namoyish eksperimentlarida ko‘ramiz. Namoyish eksperimentlarining bunday ko‘rsatish, davriy muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va muammoni yechish ketma-ketligi ayrim hollarda talabalarning faoliyatini kuchaytirish orqali ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini faollashtirish imkonini beradi.[3] Namoyish eksperimentlarini muammoli ko‘rsatishning quyidagi turlarini ko`rib chiqsak. Bu usullarning bir-biridan farqi ko‘rsatish uslubi, ko‘rgazmaliligi (haqiqiy eksperiment, o‘quv filmi, o‘quv plakati, slayd, foto, videomateriallar va b.) hamda muammoli bosqichlardan iboratligida bo‘lib, talabalarning uzatilayotgan axborotni ko`rgan holda mustaqil fikrlashlaridan iboratdir. 1. Eksperiment mazmunini o‘qituvchi tomonidan hal qilish. 116 Bu holda eksperimentning mazmunini ochishda auditoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oraliqda javobi o`zida aksini topgan qoidalariga asoslangan holda savollar qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan namoyish eksperimentlarni mazmunini muammoli uslub bilan talabalarga yetkaziladi, munozarali savollar qo‘yilishi ularning fikrlashlarini yaxshilab mavzu bo`yicha ma‘lumotlarni o`zlashtirishlarini oshiradi. 2. Namoyish eksperimentining mazmunini baxs munozara orqali yechish. Bu uslubda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan namoyish eksperimenti orqali ochiladigan voqea va xodisalar, o‘qituvchi bergan nazariy mazmunga va eksperiment natijalariga qarama- qarshi chiqishi ko`zda tutiladi, bu hol aqliy fikrlash imkoniyatini oshiradi, hamda baxs munozaralar orqali jarayon oydinlashtiriladi. 3. Namoyish eksperimentining mazmunini suhbat usulida ochish. Bu uslubda o‘qituvchi namoyish eksperimentini ko‘rsatish jarayonida talabalar bilan suhbat (dialog)da bo‘ladi. Dialog davomida talabalardan ilgari suriladigan ilmiy holatlarni asoslash va isbot qilish, kuzatilayotgan hodisani tahlil qilish, xulosalarni mustaqil ifodalab berish talab qilinadi. U
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oliy ta‘lim elektroenergetika talim yo`nalishi talabalari uchun Elektrotexnika fanini dars jarayoniga kreativ yondashish orqali uni tashkil etish, o`quv jarayonini qiziqarli tashkil etish usullaridan fo…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oliy ta‘lim elektroenergetika talim yo`nalishi talabalari uchun Elektrotexnika fanini dars jarayoniga kreativ yondashish orqali uni tashkil etish, o`quv jarayonini qiziqarli tashkil etish usullaridan fo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Eksperimental metod, ma‘ruza, o`rganishga ta‘sir etuvchi omillar, innovatsiya, kreativlik, pedagogika, amaliy, nazariya, ko`rgazmali ma‘ruza, ko`rgazmali
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026