Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR VA ULARNI QISQARTIRISH YO‘LLARI
Maxmudov Rahimjon Hamid o‘g‘li
Наука и технология в современном мире · 4 · 22- 29 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada muammoli kreditlar, shuningdek, xarakatsiz kreditlar (NPL) qarz oluvchi to‘lov majburiyatlarini bajarmagan kreditlarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan. Xususan, banklarda muammoli kreditlar moliyaviy barqarorlik va rentabellik uchun katta xavf tug‘diradi. NPLning yuqori darajasi bankning kapital bazasini yemirishi, likvidligini pasaytirishi va kreditlash imkoniyatlarini yomonlashtirishi mumkin. Muammoli kreditlarning vujudga kelishida ko‘pincha kreditni noto‘g‘ri baholash, iqtisodiy tanazzul, sohaga oid inqirozlar va qarz oluvchilarni noto‘g‘ri boshqarish kabi sabablar asos bo‘ladi. Kalit so‘zlar: NPL, muammoli kreditlari, yuqori rentabellik, kredit riski, kredit portfel, diversifikatsiya, kredit siyosati. Tijorat banklarida muammoli kreditlar (NPL) bankning barqarorligi va rentabelligi uchun katta xavf tug‘diradi. Muammoli kreditlar iqtisodiy tanazzul, qarz oluvchilarning qarzlarini to‘lamasliklari, risklarni noto‘g‘ri baholash va boshqa turli omillar ta’sirida kelib chiqishi mumkin. Banklarda muammoli kreditlarni qisqartirish natijasida ularning kredit portfelini moliyaviy sog‘lomlashtirish, omonatchilar va investorlar ishonchini saqlab qolishga xizmat qiladi. Muammoli kreditlar hajmini minimallashtirish uchun banklar oldini olish, erta aralashuv, risklarni boshqarish va tartibga solishga mexanizmlarini samarali qo‘llash talab etiladi. 1. Oldini olish (Prevention). Bu kredit riskini oldindan samarali baholash, ehtiyotkorlik bilan kreditlash amaliyoti va kredit portfelini diversifikatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Muammoli kreditlarni kamaytirishning asosiy usullaridan biri bu kredit riskini aniqlik bilan baholash jarayonini amalga oshirishdir. Banklar potentsial qarz oluvchilarning moliyaviy holati, kredit tarixi va to‘lov qobiliyatini hisobga olgan holda kreditga layoqatliligini har tomonlama baholashlari kerak. Banklar oqilona kreditlash amaliyotiga rioya qilishlari kerak, xususan, kredit miqdorini hisoblash, qoplash koeffitsientini, mijozning pul aylanmasini va boshqa ko‘rsatgichlarini sinchkovlik bilan tekshirish lozim. Ushbu choralar kredit riskini minimallashtiradi. Undan tashqari kredit portfelini turli sektorlar, tarmoqlar va geografik mintaqalar bo‘yicha diversifikatsiya qilish risk kontsentratsiyasini yumshatishga va bank sektoriga xos iqtisodiy pasayishlarning ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. 16 ` Erta Oldini olish aralashuv (Prevention) (Early Intervention) Risklarni Normativ boshqarish muvofiqlik (Risk (Regulatory Management Compliance) ) 1-rasm. Muammoli kreditlar hajmini minimallashtirish mexanizmlari1 2. Erta aralashuv (Early Intervention). O‘z vaqtida monitoring va kuzatuvlarni olib orish, banklarda kreditlar monitoringining mustahkam tizimini yaratish orqali muammoli kreditlarning vujudga kelishi va mijozlarida yuzaga kelayotgan qiyinchilik belgilarini erta aniqlash imkonini beradi. Erta aniqlash banklarga kreditlarning NPLga aylanishining oldini olish uchun ta’sirchan choralar ko‘rish imkonini beradi. Qarz oluvchilar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganda, banklar qarz oluvchilarning o‘zgaruvchan sharoitlarini hisobga olgan holda, kredit shartlarini, foiz stavkalarini va to‘lov jadvallarini qayta ko‘rib chiqish, kredit shartlarini o‘zgartirish, kutish va kredit shartnomasini qayta tuzish variantlarini taklif qilishlari mumkin. Undan tashqari qarz oluvchilarga kredit bo‘yicha maslahat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini berish, ularga moliyaviy qiyinchiliklarni engish va kredit to‘lovlarini qaytarish uchun strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi. 3. Risklarni boshqarish (Risk Management). Samarali risklarni boshqarish siyosati orqali banklar kredit jarayonining barcha jihatlarini, ya’ni kelib chiqishdan tortib to undirish va undirishgacha bo‘lgan masalalarni qamrab oluvchi risklarni boshqarish bo‘yicha keng qamrovli siyosatlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi kerak. Banklarda muntazam stress testlardan o‘rkazish, bu esa banklarga salbiy iqtisodiy stsenariylar ostida kredit portfellari qanday ishlashini baholashga yordam beradi. Bu banklarga potentsial zaif tomonlarini aniqlash va favqulodda vaziyatlar rejalarini ishlab chiqish imkonini beradi. 4. Normativ muvofiqlik (Regulatory Compliance). Banklar ichun prudentsial me’yorlar banklar faoliyatini tartibga soluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan prudentsial me’yorlarga, shu jumladan kapitalning yetarliligi to‘g‘risidagi talablarga, aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish bo‘yicha yo‘riqnomalarga va stress testlari topshiriqlariga rioya qilishlari kerak. 1 Muallif tomonidan tuzildi. 17 ` Banklar nazorat qiluvchi organlarga NPL va kredit sifati ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq va shaffof hisobot taqdim etishi kerak, bu esa tartibga soluvchi organlarga tizimli risklarni samarali nazorat qilish va hal qilish imkonini beradi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada muammoli kreditlar, shuningdek, xarakatsiz kreditlar (NPL) qarz oluvchi to‘lov majburiyatlarini bajarmagan kreditlarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada muammoli kreditlar, shuningdek, xarakatsiz kreditlar (NPL) qarz oluvchi to‘lov majburiyatlarini bajarmagan kreditlarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- diversifikatsiya, kredit portfel, yuqori rentabellik, NPL, kredit siyosati., kredit riski, muammoli kreditlari
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Журнал вестник врачаЖ Бекназаров, Ё Нурматов +12022
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020