Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI TA’LIM JARAYONIGA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TADBIQ ETISH
Sobirova Gulxayo Aktamjonovna · Sobirova Gulkhayo Aktamjonovna (PROCESS OF CHILDREN’S MUSIC AND ART SCHOOLS)
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish orqali ta’lim samaradorligiga erishish yo’llari haqida so’z yuritilib, bolalar musiqa va san’at maktablarida musiqiy-tarixiy va nazariy fanlarni o’qitishda natijadorlikni yuqori ko’rsatkichlarini qayd etishga qartilgan zamonaviy pedagogic texnologiyalar turlari va ularning xususiyatlari bayon etilgan. Kalit so’zlar: ta’lim texnologiyasi, interaktiv (interfaol) metodlar, loyihalash, baholash, didaktik o’yin, musiqiy-tarixiy va nazariy fanlar. APPLYING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES TO THE EDUCATIONAL PROCESS OF CHILDREN’S MUSIC AND ART SCHOOLS Sobirova Gulkhayo Aktamjonovna Teacher at children’s music and art schools №21in Rishtan district, Fergana region T.B.Gafurbekov Scientific advisor: doctor of art studies, professor Annotation: This article talks about ways to achieve educational efficiency through the use of modern methods of teaching, focusing on recording high performance indicators in the teaching of musical-historical and theoretical subjects in children's music and art schools. types of pedagogical technologies and their characteristics are described. Keywords: Educational technology, interactive methods, design, assessment. didactic game, musical-historical and theoretical subjects. Bolalar musiqa va san’at maktablarida mutaxassislik fanlar bilan bir qatorda olib borilayotgan musiqiy – tarixiy va nazariy fanlarni o’qitishga bo’lgan talabning kuchayishi, o’qituvchini dars jarayonlariga innovatsion yondashgan holda yangi pedagogik texnologiya va interfaol metodlardan foydalanib, o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini oshirish va sifatli ta’lim berishga undamoqda. Ma’lumki, an`anaviy ta’limda o’quvchilar faoliyati passiv tinglovchi sifatida tashkil etilib, ta’lim jarayonini o’qituvchi boshqaradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonida esa barcha texnologiyalar shaxsga ya’ni o’quvchiga yo’naltirilgan bo’lib, ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar hamkorlikda ishtirok etadilar. Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasida ro’y berayotgan tub burilishlar har bir ta’lim muassasasida didaktika sohasini jonlantirishni, ta’lim samaradorligini oshirishni, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni talab etadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, ta’limni 11 ` texnologik asosga qurish sifat darajasini oshirishga, natijalarni kafolatlash tizimiga o’tishga, o’z-o’zini takomillashtiruvchi mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi. Ta’lim texnologiyasi yordamida o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi - yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash, bilimga intilish, o’z ustida ishlash, izlanish, o’z-o’zini rivojlantirish tizimli ravishda shakllanadi. Ta’lim texnologiyasi - o’qituvchining kasbiy faoliyati samaradorligini oshiruvchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xatti - harakatlar yig’indisidir1. Ta’lim texnologiyasi bosqichlari - loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va baholashdan iborat. Loyihalash - mo’ljallangan maqsad, uni amalga oshirish usuli va vositalari yig’indisini aniqlashdir. Ta’lim loyihasini amalga oshirishda quyidagi ishlarga alohida e’tibor qaratiladi: - o’rganilayotgan mavzu bo’yicha maqsad, vazifalar bilan o’quvchilarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalarni bajarish tartibi, paytini e’lon qilish, mavzuni to’liq o’zlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berish, etalon darajasida o’zlashtirish me’yorlarini aytib berish; - o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyatini rag’batlantirish, bolalar diqqatini mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o’rgatish zarurligini aytib, bilishga qiziqish uyg’otish o’qish o’rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg’otish. Emotsiyalar, tafakkur hodisalari bilimlarni o’quv holatlariga tatbiq etish yo’llari orqali mavzu bo’yicha ma’lumotlar to’plash, to’plangan ma’lumotlar asosida mavzuni to’liq yorituvchi ma’ruza yaratish va o’quv jarayoniga tadbiq qilingan natijalariga ko’ra ushbu ma’ruzaga o’zlashtirishga oid o’zgartirish, qo’shimcha, tuzatishlarni belgilash; Nazorat qilish – baholash blokining vazifasi - qo’yilgan maqsadni amalga oshirilganligini aniqlash, har chorakda va I, II yarimyilliklarda nazorat darslarini o’tkazish va o’quvchilarning javoblariga ko’ra ularning natijalarini tahlil qilib, zarur hollarda kelgusidagi harakatlarga o’zgartirishlar kiritiladi. Shunungdek, qo’yilgan ta’limiy maqsad va olingan natijalarning mosligi xulosalanadi. Bo’lajak musiqa ijrochisi yoki nazariyotchisiga zamonaviy ta’lim berishda avvalo ularga aniq bilimlar berish, bilimlarga asoslangan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardan kelgusidagi faoliyatlarida unumli foydalanishlarini ta’minlashda texnologik yondashuv juda o’rinli. Ma’lumki, an’anaviy ta’lim XVII asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda o’quv muassasalarida eng ko’p qo’llanilayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo’nalishlarda takomillash
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish orqali ta’lim samaradorligiga erishish yo’llari haqida so’z yuritilib, bolalar musiqa va san’at maktablarida musiqiy-tarixiy va nazariy fanlarni o’qitishda…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish orqali ta’lim samaradorligiga erishish yo’llari haqida so’z yuritilib, bolalar musiqa va san’at maktablarida musiqiy-tarixiy va nazariy fanlarni o’qitishda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Educational technology, interactive methods, design, assessment. didactic, ta’lim texnologiyasi, loyihalash, didaktik o’yin, assessment. didactic game, baholash, interaktiv (interfaol) metodlar, musical-historical and theoretical subjects., musiqiy-tarixiy va nazariy fanlar.
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Научные статьиGaipova N2026
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009