К содержанию
РецензированоUZ2000

Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari

TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI (Тошкент: ―Фан‖ нашриѐти, 2006 й.) · Saidova Mohinur Jonpoʻlatovna (Тошкент: ―Фан‖ нашриѐти, 2006 й.)

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2000

Аннотация

Mazkur maqolada axborot texnologiyalarining mazmuni, boshlangʻich sinf matematika oʻqitish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan axborot texnologiyalar, ularning turlari va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Kalit soʻzlar: Dars, masala, matematika, axborot texnologiya, boshlangʻich sinf. Jamiyatda ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, xalqaro ta'lim konsepsiyasida «butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish» dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu ta'lim tizimida pedagoglar, jumladan, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasini oshirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi. Dunyo miqyosida ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish, ularning didaktik asoslarini oʻrganib, yangi usul, vositalarni ishlab chiqish metodikasini va metodologik asoslarini takomillashtirish, oʻquvchilardagi ijodiy bilish faoliyatining reproduktiv va produktiv darajalarni modellashtirish yuzasidan qator yangi usullar va gʻoyalarni ishlab chiqish zarur. Mazkur yangi gʻoya, yangi usullar natijasida oʻquvchi-yoshlarning erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi voqeiylikka ongli munosabatda boʻlish, dahldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini rivojlantirish, dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning moddiy-texnika bazasi yaratildi, me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Intellektual salohiyatli oʻquvchini tarbiyalashda ta'lim tizimining rolini kuchaytirish boshlangʻich ta'limning yuqori sifatini ta'minlab, ilgʻor pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari faoliyatiga joriy qilish uchun zamin yaratish bilan bir qatorda boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda respublikamizning ta'lim sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanishning me'yoriy-huquqiy bazasini tubdan takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribalar, ilmiy izlanishlar va zamonaviy texnologiyalarni boshlangʻich ta'lim jarayoniga integratsiya 101 qilish, bilish faoliyatini shakllantirish orqali boshlangʻich sinf oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va malakalarini oʻstirish ustuvor vazifa qilib belgilangan. Buni esa aynan boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarni, salohiyatli, metodik jihatdan kuchli qilib tarbiyalashdan boshlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ta'lim sifatini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida ―Ta'lim jarayonida natijaviylikka erishish boʻyicha oʻquvchilarning aqliy va ijodiy tafakkurini oʻstirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish‖ [1] kabi muhim vazifalar belgilangan. Ta'lim tizimida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini matematika fanini puxta oʻrgatish uchun axborot ta'lim resurslari, ijodiy materiallar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, fanga boʻlgan qiziqishni oʻstirish dolzarb masalalardan hisoblanadi [2]. Axborot texnologiyalarining boshlangʻich sinf matematika darslarida foydalanish va uni darslarda joriy etishda quyidagi bir qator muammolar oʻz yechimini topishi kerakligi ta'kidlanadi: 1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini matematikani oʻrgatishda oʻziga xos innovatsion texnologiya turi bu - axborot texnologiyasi ekanligi; Boshlangʻich sinf matematika darslari jarayonida har bir innovatsion texnologiyalarning oʻz oʻrni bor. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalarning bir turi sanalgan axborot texnologiyasi - oʻquvchilar tafakkuri, dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini oʻstirish uchun xizmat qiladi. Axborot texnologiyasi interfaol metodlar, didaktik oʻyinlardan farqli oʻlaroq, barcha matematik tushuncha va mavzularni ekranda koʻrib, fikr yuritishda va tahlil qilish uchun yaxshi samara beradi. Matematika darslari axborot texnologiyalari va ularning turlaridan foydalanish eng yaxshi vosita ekanligi qayd etildi. 2. Boshlangʻich sinf matematika darslaridan axborot texnologiyalari orqali oʻtishda ehtiyoj seziladigan mavzular bazasini shakllantirish lozim; Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish belgilangan mavzu yuzasidan chuqur bilim olish, tasavvur, tushuncha hosil qilish uchun zamin yaratadi. Ayniqsa, kasr va harakatga doir masalalarni tushuntirishga doir axborot ta'lim resursini shakllantirish bolalarda mavhumlikdan aniqlikka borish uchun yoʻl ochadi, qolaversa, bilimlarini mustahkamlashga, mavzuni chuqurroq tahlil etishga, keyinchalik yuqori sinf mavzularni ham qiyinchiliklarsiz oʻzlashtirish uchun poydevorni mustahkamlashga asos boʻla oladi. 3. Axborot texnologiyalaridan boshlangʻich sinf matematika darslarida foydalanish uchun uni didaktik vositalari tizimini ishlab chiqish zarur; 4. Boshlangʻich sinf matematika darslari jarayonida yaxshi samara bera oladigan axborot texnologiya turlarini ajrata olish va undan foydalanishn

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada axborot texnologiyalarining mazmuni, boshlangʻich sinf matematika oʻqitish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan axborot texnologiyalar, ularning turlari va ahamiyati haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada axborot texnologiyalarining mazmuni, boshlangʻich sinf matematika oʻqitish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan axborot texnologiyalar, ularning turlari va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
masala, matematika, boshlangʻich sinf, axborot texnologiya, Dars
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники