Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
AXBOROT–HUQUQIY TIZIMLAR, ULARNING TURLARI VA IMKONIYATLARI
Xalikova Muxabbat Akbar qizi · Talipova Zilola Nabiyevna · Abdujalilova Durdona Alisher qizi · TDYU АRM Bibliograf.
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Information-legal systems are designed to collect, store, use, and protect legal information. Systems can be divided into several types, for example, for the public, local, or private sector, designed by existing rights and laws. They are important in managing information resources, providing legal services faster, and optimizing legal processes. Kalit so’zlar: Axborot-huquqiy tizimlar, huquqiy axborotlashtirish, LexUZ, NORMA. Key words: Information-legal systems, legal information, LexUZ, NORMA. Bugungi taraqqiy topgan jamiyatning normal faoliyati uchun huquqiy axborot zarurdir, shuning uchun ham bunday axborotni tarqatish va ulardan keng ommani foydalanishiga imkon berishni ta`minlash davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Huquqiy axborotning an`anaviy manbai bo`lib doimiy nashrlar, kitoblar, broshyuralar, kurslar, ma`ruzalar, munozaralar va mutaxassislarning maslahatlari hisoblanadi. Bunday axborotlar hajmining hozirgi sharoitda keskin ravishda o`sib borishida ular o`z qiymatini saqlaydi, biroq ular huquqiy masalalarni tezkor yechish imkonini bermaydi. Kun sayin ko`plab yangi huquqiy normalarni o`rnatuvchi yoki avvalgilarini o`zgartiruvchi hukumat va idoraviy normativ hujjatlar qabul qilinadi. Ayrim huquqiy hujjatlar ko`p marta o`zgartiriladi, biroq matbuotda, odatda hujjatning o`zgartirilgan qismigina chop etiladi. Hozirda huquqiy axborotlashtirish muammosi kompyuterli huquqiy tizim ma`lumotnomasi (HTM) ishlab chiqilgani va ommaviy tarqatilgani tufayli muvaffaqiyatli hal etilgan. HTM hozirgi sharoitda huquqiy axborot bilan ta`minlash darajasiga qo`yilgan quyidagi asosiy talablarga javob beradi: – to`liqlik; – dolzarblik; – hammabop; – yangi axborotlarni tezkor olishlik; – samarali qidirish imkoniyati. Huquqiy tizim ma`lumotnomasi – bu qonunchilik bo`yicha to`liq, tizimlashtirilgan va tezkor yangilanuvchi axborot hamda ushbu axborotlardan foydalanish imkonini beruvchi kompyuter vositalaridir. O`zbekistonda ma`lum va keng tarqalgan «LexUz», «PRAVO» va «NORMA» huquqiy axborot tizimlari mavjud. Foydalanuvchi interfeysini tashkil etishdagi ayrim afovutlarga qaramay, imkoniyatlari va qidirish tezligi bo`yicha, hajmi va yig`ilgan 18 ` axborotlar sifati bo`yicha, barcha tizimlar o`xshash funksional tuzilishga ega. O`ziga xos huquqiy axborot tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi: – kontekst va rubrikator bo`yicha hujjatlarni qidiruv vositalari; – rekvizitlar bo`yicha hujjatlarni qidiruv vositalari; – gipermatn havolalar bo`yicha ma`lumotlar bazasidagi navigatsiya mexanizmi; – hujjatning matn va ruyxatlari bilan ishlash modullari; – ma`lumotlar bazasini yangilash mexanizmi. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasining axborot qidirish tizimi (QHMMB AQT «LexUz», yoki «LexUZ») O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 304-son «Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorini bajarish yuzasidan yaratilgan. QHMMB AQT «LexUz»ning maqsadi – aholining huquqiy madaniyati darajasini ko`tarish, normativ huquqiy hujjatlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning keng foydalanish imkoniyatini ta`minlash, jamiyatni huquqiy axborotlashtirish tizimini takomillashtirish. LexUZ foydalanuvchilarga QHMMBda Internet orqali foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi va bunda: - normativ-huquqiy hujjatlarni tarkibiy qismlari va rekvizitlari, shuningdek, yuridik tahlil kartochkalaridagi ma`lumotlari asosida, ya`ni: – O`zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori bo`yicha; – qonunchilikning mavzuli ma`lumotnomasi bo`yicha; – tushuncha va terminlar ma`lumotnomasi bo`yicha; – alfavit-predmetli ko`rsatgich bo`yicha ko`pmezonli, kengqamrovli qidirish imkonini beradi. - izlash natijalarini jadval qatorlari ko`rinishida aks ettiriladi va ular bilan ishlashning quyidagi imkoniyatlari mavjud: – tanlangan hujjatlarning rekvizitlari bo`yicha saralash; – tanlangan hujjatlarning rekvizitlari bo`yicha guruhlash; – hujjatlar bilan ishlash uchun natijaviy jadvalda ularni tanlash; – izlash natijasida tanlangan hujjatlarga oid barcha ma`lumotlarni olish; – hujjatlarga kiritilgan qo`shimcha va o`zgartirishlarning xronologik tarixini ko`rish; – hujjat matnini alohida oynada ochish; – hujjat matnining foydalanuvchi tanlagan sanadagi holatini ko`rsatish; – «havolalar xaritasi» - tanlangan hujjatga nisbatan korrespondent / respondent hujjatlar ro`yxati; – hujjat tarkibida rasmiy matn qatorida norasmiy axborotlarni (tushuntirish va izohlar kabi) aks ettirish; – hujjat tarkibida matn, jadval, rasmlar va grafiklarni aks ettirish. - foydalanuvchi ishlagan hujjatlar tarixini avtomatik tarzda tizimda saqlab qolish va bunda: – tanlangan hujjatlar ro`yxatini saqlab qolish; – izlash shartlarini saqlab qolish; – foydalanuvchi ishlagan hujjatlar tarixini tizimda saqlash; – foydalanuvchi ma`lumotlarini va interfeysini o`zbek va rus tillarida olib borish; – bazaga kiritilgan hujjatlar haqida elektron
Доказательный фрагмент
«Information-legal systems are designed to collect, store, use, and protect legal information.»
Образец извлечения
Демо-превьюInformation-legal systems are designed to collect, store, use, and protect legal information. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Information-legal systems, legal information, LexUZ, NORMA, NORMA., huquqiy axborotlashtirish, Axborot-huquqiy tizimlar
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Журнал вестник врачаЖ Бекназаров, Ё Нурматов +12022
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020