Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Psixologiyada tush korish tilsimlari
Лукмониддин Шовксиев · Абдулла Шарафитдинов
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 286-288 · 2005
Аннотация
Tush ko‗rish jarayoni anglanmagan jarayon ya‘ni ongsizlik holatiga kiradi. Tush ko‗rish holatini olimlar qadimdan qanday jarayon ekanligini, paydo bulish fiziologiyasini, diniy va ilmiy jixatlarini o‗rganib mhiyatini ochib berishga harakat qilib kelganlar. Jumladan, ibn Sino, Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy va psixoanaliz maktabining asoschisi Zegmund Freyd kabi olimlar tush ko‗rish holatlarini tadqiq qilganlar. Kalit so‗zlar: Tush ko‗rish, uyqu, Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy, nafsi notiqa, ruh, tasavvur. Ma‘lumki, tush ko‗rish ixtiyorsiz xayolning bir ko‗rinishidir. Odam uxlagan vaqtida tush ko‗radi. Ilmiy asarlarda yozilishicha, uyquda miyadagi psixik jarayonlarning markazlari tormozlanadi va odam miriqib uxlab dam oladi. Agar bosh miyada biror markaz qo‗zg‗alib qolsa, shu markazga ta‘sir etgan voqea hodisalar xira bo‗lsa ham miyada tiklanadi va odam tush ko‗radi. Bugungi ilm-fan inson ko‗zi hamma narsani ko‗rish qobiliyatiga ega emasligini aniqlagan. Quloq esa barcha tovushlarni eshitishga qodir emas. Xuddi shuningdek, bu kungi fanimizni miyaning sezuvchanlik qobiliyati qiziqtirib turibdi. Koma holatiga tushgan ko‗p odamlar orasida o‗tkazilgan so‗rovlar bunday alpozda inson boshqa o‗lchamdagi dunyoda yashashini isbotlagan. Ayniqsa, tush masalasi olimlarimiz diqqat-e‘tiborimizni o‗ziga jalb etgan. Tush nima? Tush qanday vosita orqali ko‗riladi? Tushga nisbatan ―ko‗rish‖ fe‘lini ishlatish joizmi? Inson tush ko‗radimi yoki tushida yashaydimi? Tushda voqelikdan o‗zib ketish hodisasi nimaga asoslanadi? Inson taqdiri avvaldan belgilab qo‗yilganmi yoki taqdirni o‗zgartirib bo‗ladimi? Odam o‗lgandan so‗ng boshqa olamdagi dunyoda yashaydimi yoki insonning ―men‖ligiga nuqta qo‗yiladimi? Bu kabi o‗nlab, yuzlab savollar tadqiqotchilar fikr-u o‗yini band etib turibdi. Mutaffakur Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy ―Qonuni Bositiy‖ kitobining ―Ammo arvohi arba‘a‖ (―Ammo to‗rtta ruhlar‖) bobida ruhlar haqida so‗z ochib, ikkita ruhga alohida urg‗u beradi. ―Birinchi ruhini samoviy derlarki, Hazrati Xalloqi bechunning ato qilg‗on ruhidir. ―Qulur-ruhi min amri robbi farmoni birlan ani haqiqatdin lisoni shar lol va sokit va mohiyatidin hukamoi dahr ojiz vas omit (jim) bo‗lg‗on haqiqiy ruh, ya‘ni jondurki, faqat lutfi ilohydir‖ deb yozadi olim., - ―Va naftu fihi min ruhi‖ sha‘ni birlan sharafyobdurki, bu ruhni hukamoi faylasuflar nafsi notuqa deb ta‘bir qilurlar. Va ba‘zi hukamoi derlarki, insonda bir javhari mudrika bordurki, mufrikai nafsoniya ani qilg‗on idroki suvar va ma‘oniyi juz‘iyalarini qo‗shib, majmu‘ini kulliaton idrok qilur. Bas, javharni badang‗a va badanni tadbirig‗a mutaalliqlik e‘tibori ila nomi nafsi notiqadur. Va olami qudsiyg‗a tavajjuhini e‘tibori ila nomi ruhdir. Ya‘ni biz-zot ruhdur, yani bil-e‘tibor nafsi notiqadur, derlar‖. ―Nafsi notiqaning‖ lug‗aviy ma‘nosi ―gapiruvchi o‗zlik‖ demakdir. Ya‘ni insonning o‗zligi gapirish, fikrlash, mushohada yuritish, ko‗rgan-kechirganlarini yodda saqlash barobarida shakllanadi. Agarda inson xotirasini butkul yo‗qotsa ismini, ko‗rgan-kechirganlarini, hayotda mavjudligini, xullas, mavjudod ekanligini butkul unutsa ―nafsi notiq‖lik pasayadi. Masalan, o‗lim deganda ―Men‖likning yo‗qolishi tushuniladi. Xuddi ana shu xususiyat insonni o‗limdan qo‗rqishga sababchi bo‗ladi. Shoshiy ―…Asl inson jasad emas, balki ruhdur‖ deb yozar ekan, bundan inson jasadi bo‗lmasa ham isboti tush ko‗rish hodisasi hisoblanadi. Xush tush o‗zi nima? Ko‗pchilik tushni miya qavatlaridagi obraz yasash faoliyati bilan izhlaydilar. Jumladan ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖ (1981) kitobida tush shunday ta‘riflanadi: ―Tush uyquda vujudga keladigan obrazlar, uyqu vaqtida ko‗riladigan‖. Haqiqtdan ham obraz yasash xususiyatiga egadir, ya‘ni miya qavatida obraz yasovchin ―uskuna‖ mavjud. Binobarin, alohida iqtidorga ega kishilar(masalan yozuvchilar) umuman hayotda bo‗lmagan, yashamagan odamlarning obrazlarini yaratadilar. Yozuvchi tasavvurining mahsuli sanalmish obrazlar o‗z-o‗zidan harakatlanadi, haqiqatan yashab o‗tganiga o‗quvchini 486 ishontiradi. Deylik, Abdulla Qodiriy yaratgan obrazar: Yusufbek hoji, Otabek, Kumush, Zaynab va hokozolar hayotda yashab o‗tganligiga ayrim o‗quvchilar qattiq ishonishadi. Shu bois Kumush olamni tark etganida adib o‗zini tutolmay yig‗lagani yodnomalarda qayd etilgan. Qani endi o‗quvchilarni bu obrazlarni yozuvchi o‗ylab topgan, deya ishontirib kuring-chi? Bu gapga ishonishmaydi. Demak, inson miyasi obrazni haqiqat sifatida yuzaga chiqarishga qodir ekan. Keng miqyosda esa tushni faqat miya qavatlarida obraz yasash ―uskuna‖siga bog‗lash mantiqan to‗g‗ri emas. Tasavvur qiling tushungizga bundan ko‗p yillar muqaddam olamni tark etgan yaqin kishingiz kirdi. U siz bilan gaplashadi, savollarga javob beradi. Sizga savol beradi, javobingizni eshitib, o‗ylab ko‗radi, ba‘zi ishlaringizdan norozi bo‗lsa, shuni gapiradi. Tush ruh bilan bog‗liq hodisa, unda ruhlar suhbati voqelikka ko‗chadi. Haqli ravishda savol tug‗ladi. Yaqin kishingizning (dunyodan o‗tgan) obrazini miyaning o‗zi yaratgan bo
Доказательный фрагмент
«Tush ko‗rish jarayoni anglanmagan jarayon ya‘ni ongsizlik holatiga kiradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTush ko‗rish jarayoni anglanmagan jarayon ya‘ni ongsizlik holatiga kiradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nafsi notiqa, ruh, tasavvur, Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy, Tush korish, uyqu
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014