К содержанию
РецензированоUZ2026

“YUSUF VA ZULAYHO” TUKUMIDAGI DOSTONLAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xidirova Turgʻunoy Abdumajid qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Adabiyot olamida 150 dan ortiq namunasi boʻlgan “Yusuf va Zulayho”dostonining Rabgʻuziy, Durbek, Abdurahman Jomiy va boshqa ayrim yozuvchilar tomonidan yaratilgan variantlarini solishtirib oʻxshash va farqli jihatlarini koʻrib chiqamiz. Kalit soʻzlar: Yusuf, Zulayho, turkum, Azizi Misr, Rabgʻuziy, Durbek, Qur’oni Karim, Injil, doston. Adabiyot tarixini oʻrganar ekanmiz, uni dastlab davrlashtirishdan boshlash zarur albatta. Nasimxon Rahmonov oʻzining “Oʻzbek adabiyoti tarixi (eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha)” nomli oʻquv qoʻllanmasida eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha boʻlgan adabiyot tarixining oʻzini besh qismga boʻlib chiqadi. Biz yuqorida tilga olgan “Yusuf va Zulayho “dostoni aynan shu kitobning Islomdan keyingi adabiyot tarixining Temuriylar davri adabiyoti qismida kiritilgan va tahlil qilingan.Ushbu kitobda aytilishicha “Yusuf va Zulayho “qissasi ilk marotaba Musoning “Ibtido “kitobida uchraydi.Bu kitob miloddan oldingi II ming yillikning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Garchi “Ibtido” da ushbu asar “Yusuf va Zulayho “nomi bilan keltirilmagan boʻlsa ham, 37-bobdan Yusuf bilan bogʻliq voqea boshlanadi va Yoqub avlodlari Misrga koʻchib borishi, u yerda oʻrnashganlari, Yusufning vafot etishi bilan “Ibtido “yakunlanadi...” Bu ma’lumotdan shuni anglash mumkinki, sayyor obraz hisoblanuvchi Yusuf,ilk bor milloddan oldingi II ming yillikning oʻrtalarida paydo boʻldi va hozirgacha tildan tilga asardan asarga koʻchib bormoqda.Jumladan,aynan Yusuf obrazi asl manbai – ilohiy muqaddas kitoblar: Qur’oni Karim, Injil hisoblanadi. Bu kitoblarda paygʻambarlar avlodidan boʻlgan Yusuf paygʻambar haqida aytib oʻtilgan va hayoti tasvirlangan. Boshqa asarlarga oʻtgan Misr vaziri ya’ni Azizi Misrning ayoli uni sevib qolib nayranglar uyushtirishi esa “goʻzal sevgi qissasi “nomi bilan mashhur boʻldi.Zulayho ismi esa ana shu qissa ixlosmandlari tomonidan shartli ravishda qoʻyilgandir.Chunki aytib oʻtganimizdek bu voqealar muqaddas kitoblarda tasvirlangan voqealar boʻlib,bu kitoblarda hech qanday Zulayho ismi uchramaydi,obraz Azizi Misr ya’ni,Misr davlatida mavjud boʻlgan davlat kishisi Misr vazirining ayoli deya aytib ketiladi. Yusuf goʻzalligiga oshiq boʻlib,maʼshuqa obrazida Zulayho mustaqil,makkor,hayosiz koʻrinishda barcha turkumlarda tasvirlansada,uning Yusuf bilan koʻrishishi va sevib qolishi turlicha tarzda belgilanadi.Jumladan,nasriy usulda bayon etilgan “Qissasi Rabgʻuziy” asarida 2xil tarzda ifodalandi,buning sababi esa Rabgʻuziy bu asarini yozish mobaynida biror tarixiy voqeaning oʻzi bilgan va u yashagan davrda mavjud boʻlgan turli variantlarni keltirib,ularning ichida aniq birining ma’qullashdan, toʻgʻri deya atashdan yiroq boʻlib,oʻzi tasdiqlovchi maʼlumotlar izlab, tasdiqlab ,isboti bilan koʻrsatishga uringanligidan deyishimiz mumkin. Mavzuga qaytadigan boʻlsak, Rabgʻuziy Zulayho va Yusuf koʻrishishi, Zulayhoning Yusufni sevib qolishining voqeligini quyidagi ikki holati mavjudligini keltiradi: 42 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 1. ”Rivoyatda kelmish Vahhob ibn Munabbah roziyallohu qnhu aytur:” Yusuf bahosi toʻrt yuz ratl oltun,toʻrt yuz ratl kumush,toʻrt yuz ratl inju, gavhar muqarrar boʻldi.Zulayho eri Azizi Misrga xabar qildi.-”U oʻgʻlonni sen sotilgan olgʻil,bizga qul boʻlsin” yeb.Bilmadiki oʻzi anga qul boʻlgʻusi. 2. ”Yana bir rivoyatda Zulayho amoriyga oʻlturub tamoshadin kelurda Yusufga yoʻluqdi,koʻngul isiqdi.Misrgʻa aytdi: “Bu oʻgʻlonni sotilgan olgʻil”. Aziz aytdi:” Bizning molimiz yoʻq,baho tegurgaymiz...” Shunda Zulayho bor mulkini,jismidagi tillarini ham sotib boʻlsa ham uni sotib olishga zarurligini aytadi.Rabgʻuziy keltirgan dalillarga qaraganda Zulayho Yusufni tasodifan uchratib qolib,soʻng yaxshi koʻrib qoladi.Ammo boshqa bir varianti boʻlgan Qul Aliy qalamiga mansub “Yusuf va Zulayho “dostonida esa Yusufni tushida koʻrib,uni yaxshi koʻrib qolgach,Aziz uni asrab olishidan tushida xabar topgan Zulayho Azizi Misrga turmushga chiqadi.Xuddi shu syujet Durbek, Abdurahman Jomiylarnign “Yusuf va Zulayho “dostonlarida ham bor,yuqorida koʻrib chiqqan Rabgʻuziyning asarida esa boshqacha talqinda keltiriladi.Ramz Bobojon qalamiga mansub variantda esa dramatik asar shaklida boʻlib,Yusufning aybdorligi boshqa variantlardagidek Zulayho makri orqali yuklanadi,farqli jihati shundaki bunda yana bir vositachi Nodir obrazi ham qoʻshiladi.”Qissasi Rabgʻuziy”da esa Qur’oni Karimdagi voqealar singari Zulayho erini uchratib qolgach,vaziyatdan chiqish uchun oʻzi tuhmat qiladi: “... Zulayho aydi: man bu soat evda yoʻqtur erdim,Yusuf kirdi,meni koʻrdu,yolgʻiz.Ev avloq manga ilik sungʻali, oʻgʻradi.Achigʻlandim,tutayin teb Quva chiqdim.,seni munda koʻrdim.” Albatta ta’kidlash kerakki,”Yusuf va Zulayho “ voqeligi muqaddas kitoblardan boshlanar ekan,u boʻlgan voqeadir.Shuning uchun ham bu turkumda asar soʻngida kelib chiquvchi maqsad,voqealar rivoji oʻzgarmay balki obrazlar ismi,vositalar va vositachilar oʻzgarib turadi.Bu yozuvchining eshikda

Доказательный фрагмент

«Adabiyot olamida 150 dan ortiq namunasi boʻlgan “Yusuf va Zulayho”dostonining Rabgʻuziy, Durbek, Abdurahman Jomiy va boshqa ayrim yozuvchilar tomonidan yaratilgan variantlarini solishtirib oʻxshash va farqli jihatlari…»

Образец извлечения

Демо-превью

Adabiyot olamida 150 dan ortiq namunasi boʻlgan “Yusuf va Zulayho”dostonining Rabgʻuziy, Durbek, Abdurahman Jomiy va boshqa ayrim yozuvchilar tomonidan yaratilgan variantlarini solishtirib oʻxshash va farqli jihatlari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Durbek, Injil, Qur’oni Karim, turkum, Rabgʻuziy, doston., Azizi Misr, Zulayho, Yusuf
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники