К содержанию
РецензированоUZ2020

Maktabgacha ta‘limda psixologik xizmatni tashkil etishning oʻziga xos jihatlari

OʻZIGA XOS JIHATLARI · B. Norbekova · M. O‘roqboyeva

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2020

Аннотация

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi ayrim muammolar va ularni bartaraf etish shakllari bayon etilgan. Tayanch iboralar: Maktabgacha ta‘lim tashkiloti, bola tarbiyasi, psixologik bilim, psixologik xatolar, muomala, seminar-trening. Bolalarni shaxs sifatida kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon natijasida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-ona, tarbiyachi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof - muhit, ommaviy axborot vositalari va hokazolar bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash va uni barcha ta‘lim muassasalariga tadbiq etish nihoyatda zarurdir. Bugungi kunda jamiyatimiz va hukumatimiz tomonidan ta‘limning ilk bosqichi bo‘lgan maktabgacha ta‘lim muassasalariga katta e‘tibor berib kelinmoqda. Maktabgacha ta‘lim bolani har tomonlama kamol topib shakllanishini ta‘minlaydi, unda o‘qishga bo‘lgan intilish hissini uyg‘otib, muntazam ta‘lim olishga tayyorlaydi. ―Bolaning inson sifatida shakllanishi, avvalo, oilada va maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi sharoit va tarbiya ishlariga bog‘liq. Olimlar va pedagoglar bola tarbiyasi qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi, deb hisoblaydilar‖-deb fikr bildiradi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev [1]. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi borasida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deydi: ―Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan ‖[2]. 481 Yuqorida bildirilgan fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, maktabgacha yoshdagi bolalar ta‘lim-tarbiyasi va psixologiyasiga doir masalalar o‘zining dolzarbligi bilan ahamiyatli. Shu jihatdan olganda maktabgacha ta‘lim tizimida 2017 yillardan to hozirgi davrgacha juda ko‘plab qonun, qaror va dasturlar qabul qilinib amaliy hayotga tadbiq etildi. Jumladan maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida amaliyotchi psixologlar faoliyatiga ham alohida e‘tibor qaratildi. Maktabgacha ta‘lim tashkiloti psixologining asosiy ish faoliyati mazmuni: 1. Muassasalarda psixologik iqlimni sog‘lomlashtirish. 2. Psixologik bilim berish. 3. Psixodiagnostika ishlari. 4. Ruhiy rivojlantirish va psixokorreksiya ishlari. 5. Psixologik maslahatlar berish. 6. Psixoprofilaktika ishlari bilan shug‘ullanish [3]. So‘ngi yillarda mutaxassislar shunday fikrdagi, ota – onalarning psixologga qiladigan murojaati biroz o‘zgarib aniqroq harakter kasb etmoqda. Oxirgi paytlarda ota – onalarning amaliy psixolg yordamiga bo‘lgan qiziqishi ancha ortdi. Psixologning oldiga maslahat uchun keladigan ota – onalar sonining ortishi buni isbotlab turibdi. Ehtimol, ota – onalar sekin – sekin bola xulq – atrovidagi ko‘p narsalarga o‘zlari sababchi ekanliklarini tushuna boshlaganliklarini his qila boshlaganliklari tufayli ularda psixologik xizmatga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Balki, psixologik xizmatning MT tizimida ommalashishi va ilmiy ommabop adabiyotlarning ko‘payib borayotgani ularni o‘z farzandiga boshqacharoq qarashga majbur qilayotganidir? Xullas, nima bo‘lganda ham psixologning yordamiga bo‘lgan ongli ehtiyoj asta – sekin bo‘lsa ham o‘sib bormoqda. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida asosan ko‘rinib turiladigan psixologik xatolardan biri tarbiyalanuvchilarning psixologik rivojlanishi, ularning individual va o‘ziga xos xususiyatlarini ta‘lim – tarbiya ishini tashkil etishda pedagoglarning hisobga olmaganligi natijasida yuzaga kelmoqda. Buning natijasida:  tarbiyalanuvchilarning maktabgacha ta‘lim tashkiloti muhitiga tez moslasha olmasligi;  ta‘limni qiyin mehnat turi sifatida qabul qilib qolishi;  muloqotga kirishishda qo‘rqoqlik;  o‘zligini ―Men‖ni namoyon etmasligi yoki kuchayishi;  turli faoliyatlarga xayri-xohlikning yo‘qligi;  maktabgacha ta‘lim tashkilotiga borishdan bosh tortish, injiqlik, qaysarlik va shu kabi salbiy holatlarni yuzaga keltirmoqda. Bu jarayonni aniqlash va o‘z vaqida korreksiya qilish, kelgusida yuzga keladigan juda ko‘plab muammolarni oldini olishda ham asosan maktabgacha ta‘lim tashkilotining psixologlar faoliyati alohida ahamiyatga ega. MTT dagi bolalarda kеng tarqalgan muammolar yuzasidan MTT psixologiga eng ko‘p uchraydigan quyidagi muammolar yuzasidan murojatlar bo‘lishi mumkin: 1. Bola psixik taraqqiyoti darajasining yosh normasiga mos emasligi. Bu yеrda muammo taraqqiyot darajasining normadan umumiy pastligida bo‘lishi mumkin, ya'ni nutq rivojlanishidagi qiyinchiliklar, xotira, diqqatning yomonligi va boshqalar. 2. Shaxsiy rivojlanishning salbiy ko‘rinishlari. Odamlarga kirishib kеtishlik, muomala muammolari. Bunda murojaat qilishning sababi ota-onalar va tarbiyachilar bilan, yoki tеngdoshlari, ota-onalari bilan muloqotdagi qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. 3. Bola xatti-harakatining pala-partishligi, faoliyatning yеtarlicha maqsadga yo‘nalmaganligi, bolaning o‘z hapakatlarini rеjalashtirolmasligi, boshqarolmasligi va bahol

Доказательный фрагмент

«Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi ayrim muammolar va ularni bartaraf etish shakllari bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi ayrim muammolar va ularni bartaraf etish shakllari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
seminar-trening, psixologik xatolar, psixologik bilim, bola tarbiyasi, muomala, Maktabgacha ta‘lim tashkiloti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники