Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Soglom oilaviy munosabatlar psixologik himoya sifatida
Abdurazzoqov Nizomiddin Karimqul o‗g‗li · Abdujalilov Mahmudmirzo Botir o‗g‗li
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2017
Аннотация
Maqolada oilaning jamiyatdagi psixologik ta‘siri, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, etnik omillarga bog‗liq ekanligi, shuningdek, oilaviy ajrimlar sog‗lom oilaviy munosabat shakllanishining asosiy tahdidi ekanligi ta‘kidlanadi. Oilaviy sog‗lom munosabatlarga kirishishda ruhiy tarbiya, yosh avlodni oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida rivojlantirish dolzarb ekanligi, oilaviy nizolarning tahlil holati keltiriladi. Kalit so‗zlar: Oila, sog‗lom oilaviy munosabat, psixologik himoya, sog‗lom turmush tarzi, nikoh ajrimlari. Har qanday jamiyatning ma‘naviy negizi-oila. Davlatning rivojlanishida oilaning mustahkam bo‗lishi bevosita oilaning ijtimoiy rolining muhim ekanligidan dalolatdir. Sog‗lom oilaviy munosabatlarning shakllanishi avvalo, jamiyatning ijtimoiy tartibini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Oilada shaxs voyaga yetadi, ongi, fikri, dunyoqarashi shakllanadi, hamda inson o‗zini faqat oilada baxtli tinch-totuv maskan sifatida qabul qiladi. Mamlakatimizda ham oilalarning ijtimoiy muommolarini yechish, farovonlikni ta‘minlash orqali moddiy-ma‘naviy qo‗llab-quvvatlash bilan ularning psixologik himoya qilishimiz ham mumkin bo‗ladi. Xususan Yoshlarga oid davlat siyosatida ham ―Oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar berish tizimini rivojlantirish‖ [1] alohida qayd etib o‗tilgani bejiz emas. Oiladagi sog‗lom munosabatlarda shaxsning qoniqish darjasiga ham bog‗liqdir va bu muayyan darajada oilaning vazifalari bajarilishiga bog‗liq. ―Insoniyat taraqqiyotining hozirgi 476 bosqichida bugungi zamon oilasining asosiy vazifalari qatorida quyidagilami sanab o‗tish mumkin: - Iqtisodiy, - Reproduktiv, - Tarbiyaviy, - Rekreativ, -Kommunikativ, - Regulyativ (boshqaruv), -Felitsitologik kabilar.‖ [2] Oilaviy munosabatlarning teng va o‗zaro tushunishga asoslangan holda olib borilishi yosh avlodga to‗g‗ri samarali yetkazib berish qiyinchiliklar uchrab turibdi. ―Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek, 12—13 yoshlarida jinsiy balog‗atga yetadilar va aksariyat hollarda oradan 7—8 yil o‗tgandan so‗ng, ya‘ni qizlar 19—20 yoshda, yigitlar esa 21—22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda esa ular na iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor bo‗ladilar.‖ [3] Oila hamjihatlikda yashashi o‗zaro hurmat qaror topmog‗ lozim, lekin hozirgi paytga kelib nikoh ajrimlari soni 2021-yilda Respublikamizda 39 000 dan ortiq oilaviy ajrimlar qayd etildi. ―Respublika ―Oila‖ ilmiy-amaliy markazi tomonidan nikoh ajrimlarining sabablari o‗rganilganda, aksariyat holatlarda bu birinchi o‗rinda er-xotinlarning o‗zaro kelishmovchiliklari, fe‘l-atvorning bir-biriga mos kelmasliklari, rashk, xiyonat, kelin bilan qaynona va boshqa yaqin qarindoshlarning chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib ketishi (ichkilikka, giyohvand moddalarga va shu kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan erning ishlamasligi, mustaqil oilani boshqara olmasligi), qudalarning to‗ydan keyin o‗zaro kelishmay qolishlari, erning daraksiz ketib qolishi kabilar qayd etiladi.‖ [3] ―Fargʻona viloyatida oilalarning buzilish sabablari oʻrganib chiqilganda, 647 ta holatda farzandsizlik, 46 tasida xiyonat, 170 tasida uzoq vaqt birga yashamaslik, 2 698 tasida oilaviy kelishmovchiliklar, 311 tasida uchinchi shaxsning oilaviy munosabatlarga aralashuvi va qolgan holatlarda yoshlarimizning oila qurishga tayyor emasligi, sogʻligʻiga eʼtiborsizlik, yigitlarning oilani boshqarishni, roʻzgʻorni moddiy taʼminlash, farzandlarni maʼnan hamda jismonan sogʻlom qilib tarbiyalashni oʻz burchlari, deb bilmasliklari, qizlarning esa uy bekasi, onalik vazifasini tushunmasligi, aksariyat hollarda qaynona va kelin oʻrtasidagi mojarolar tufayli yuzaga kelayotganligi maʼlum boʻldi.‖ [4] Oilaviy munosabatlardagi ziddiyatlarga internet tarmog‗i va boshqa shu kabi omillar shuningdek yosh avlodni tarbiyalashda shunday qiyinchiliklar paydo bo‗lmoqda. ―Mafkuraviy- siyosiy ziddiyatlar ta‘siri ko‘lami kengayib yosh avlodni ham o‘z domiga tortib bormoqda. Biror siyosiy tuzilma yoxud birlashma tashkilot , davlat haqida turli vositalar orqali o‘zgartirishga intilish avj olmoqda. Internetda keng tarqalayotgan videoo‗yinlarning ayrimlari, kinolar, multfilmlardagi obrazlar hamda o‗zi ham shu qahromonga o‗xshashga uning harakatlarini takrorlashga intiladi.‖ [5] Oilaviy hayotda shaxs o‗zini daxlsiz his qilishiga katta to‗siqlar paydo bo‘lmoqda, bu turli ijtumoiy tarmoqlar, internet saytlari orqali yot g‗oyalar tarqalib quyidagi omillarda namoyaon bo‗lib boryapti. -tug‘ilishning kamayishi, -ajralishlar sonining ko‘payishi, -ajralishlar salbiy oqibatining kishilar hayotiga ta‘sirchanligini ortib borishi, -nikohsiz oilalarning ko‗payishi va boshqa qator salbiy hodisalar yuz bera boshladi. ―Oilaviy munasabatlarning asosiy mazmun mohiyatini tibbiyot psixologiyasi va sog‗lom turmush tarzi asoslarida atroflicha fikr yuritilgan bo‗lib, .... G. Selyening strees va adaptatsiya sindromi haqidagi, Z. Freydning psixo
Доказательный фрагмент
«Maqolada oilaning jamiyatdagi psixologik ta‘siri, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, etnik omillarga bog‗liq ekanligi, shuningdek, oilaviy ajrimlar sog‗lom oilaviy munosabat shakllanishining asosiy tahdidi ekanligi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada oilaning jamiyatdagi psixologik ta‘siri, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, etnik omillarga bog‗liq ekanligi, shuningdek, oilaviy ajrimlar sog‗lom oilaviy munosabat shakllanishining asosiy tahdidi ekanligi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soglom oilaviy munosabat, Oila, nikoh ajrimlari, psixologik himoya, soglom turmush tarzi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014