К содержанию
РецензированоUZ2026

8-SINFLARDA "QON AYLANISHNING AHAMIYATI YURAKNING TUZILISHI" MAVZUSINI OQITISHDA INFERFAOL METODLAR VA TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH (in-academy.uz/index.php/si) · Nishonboyeva Shoxista (in-academy.uz/index.php/si) · Kayumova Odina (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada 8-sinflar uchun "Qon aylanishning ahamiyati va yurakning tuzilishi" mavzusini o‘qitishda interfaol usullar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish muhimligi yoritilgan. Qon aylanish tizimi mavzusi biologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uni interfaol metodlar yordamida o‘rgatish o‘quvchilar bilimini mustahkamlashda va mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishda katta rol o‘ynaydi. Kalit so’zlar: qon aylanish tizimi, yurak tuzilishi, interfaol metodlar, ta’lim texnologiyalari, biologiya darsi, o‘quvchilar faolligi, aqliy hujum, klasterlash, multimediya resurslari, ROL jadvali, tahlil qilish. Kirish. Qon aylanish tizimi va yurakning tuzilishi inson organizmining hayotiy jarayonlarini ta'minlovchi asosiy biologik jarayonlardan biridir. 8-sinf o‘quvchilari uchun ushbu mavzuni o‘rganish nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki o‘z sog‘lig‘ini asrash va organizmning ishlashini anglash uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur mavzu o‘zida ilmiy tushunchalar, murakkab anatomik va fiziologik jarayonlarni qamrab olgani bois, uni o‘quvchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli shaklda yetkazish o‘qituvchidan ijodkorlik va zamonaviy metodlardan foydalanishni talab etadi.[1] Interfaol metodlar va ta’lim texnologiyalari ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish, o‘quvchilarni faollashtirish va ularning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bu usullar o‘quvchilarni darsning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirib, mavzuni mustaqil o‘rganishga undaydi, fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu maqolada "Qon aylanishning ahamiyati va yurakning tuzilishi" mavzusini samarali o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati yoritiladi.[2] Qon aylanish tizimi inson organizmining barcha hujayralariga oziq moddalar, kislorod va boshqa muhim elementlarni yetkazib berish, shuningdek, metabolizm natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni chiqarib yuborish uchun javobgardir. Tizimning asosiy funksiyalari: Transport funksiyasi: Kislorod va karbonat angidridni tashish. Oziq moddalar, gormonlar va boshqa zarur elementlarni yetkazib berish. Himoya funksiyasi: Immunitetni ta’minlash, infektsiyalarga qarshi kurashuvchi leykotsitlar va antitanachalarni tarqatish. Termoregulyatsiya: Tana haroratini boshqarish va uni me’yorda saqlash. 117 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Homeostazni ta’minlash: Tananing ichki muhitini barqaror ushlab turish. Qon aylanish tizimi to‘g‘ri ishlamasa, organlar va to‘qimalarda kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya) yuzaga keladi, bu esa sog‘liq muammolariga olib keladi. “Qon aylanishning ahamiyati va yurakning tuzilishi” mavzusini interfaol metodlar yordamida o‘qitish natijadorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. An’anaviy dars usullarida o‘quvchilar asosan tinglovchi sifatida qatnashadi, bu esa ularda passiv ishtirokni yuzaga keltiradi. Interfaol yondashuv esa o‘quvchilarning bilim olish jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi va ularning mavzuga nisbatan qiziqishini oshiradi. Quyida o‘rganilgan usullarning dars jarayonidagi ahamiyati yoritiladi:[3] 1. "Aqliy hujum" usuli orqali o‘quvchilarni mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini faollashtirishga yo‘naltirish. Masalan, "Nima uchun yurakni sog‘lom saqlash muhim?" kabi savollarga javob topish orqali ular yangi mavzuga kirishadilar. 2. "Klasterlash" texnologiyasi mavzuni tushunishni osonlashtiradi. Masalan, yurak tuzilishini klasterlarda: bo‘lmachalar, klapanlar va qon tomirlariga ajratib tahlil qilish ularga aniqroq tasavvurlar beradi. 3. ROL jadvali (R — bilganlari, O — o‘rganmoqchi bo‘lganlari, L — o‘rganganlari) texnikasi dars oldidan va keyin o‘quvchilarning bilim darajasini kuzatishga imkon beradi. Bu texnika o‘quvchilarning o‘z bilimlarini baholashda yordam beradi. 4. Multimedia va vizual resurslar yordamida mavzu yanada jonli va qiziqarli bo‘ladi. Yurakning 3D modellari va animatsiyalarini qo‘llash o‘quvchilarga murakkab jarayonlarni tasavvur qilishni osonlashtiradi. 5. Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida o‘quvchilar bilan yurakning ishlash jarayoni bo‘yicha tajribalar o‘tkazish. Masalan, pulsni o‘lchash va uning faoliyatni kuzatish o‘quvchilarni qiziqtiradi. Interfaol metodlar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning natijalari quyidagicha bo‘ldi:[4]  O‘quvchilarning darsdagi faolligi oshdi. Ular mavzuga doir savollarga mustaqil javob izlay boshladi va jamoaviy ishlashga odatlandi.  O‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish ortdi. Multimediyadan foydalanish va guruhli faoliyat ularni dars jarayoniga chuqurroq jalb qildi.  Qon aylanish tizimi va yurakning tuzilishini o‘zlashtirishda aniqlik va tushunarlilik sezilarli darajada oshdi.  Fikrni tahlil qilish, mavzuni tushunish va o‘z fikrini ifodalash ko‘nikmalari rivojlandi. Shunday qilib, "Qon aylanishning ahamiyati va yurakning tuzilishi" mavzusini interfaol usullar va zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitish o‘quvchilarning bilimlarini chuqurl

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada 8-sinflar uchun "Qon aylanishning ahamiyati va yurakning tuzilishi" mavzusini o‘qitishda interfaol usullar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish muhimligi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada 8-sinflar uchun "Qon aylanishning ahamiyati va yurakning tuzilishi" mavzusini o‘qitishda interfaol usullar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish muhimligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tahlil qilish., multimediya resurslari, biologiya darsi, qon aylanish tizimi, ROL jadvali, yurak tuzilishi, interfaol metodlar, aqliy hujum, klasterlash, ta’lim texnologiyalari, o‘quvchilar faolligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники