Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHAVOQ BALIQ (RITILIS RITILUS) NING UMUMIY TASNIFI, KO’PAYISHI, TURLARI VA AHAMIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TURLARI VA AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/si) · Homidova Zilola Yunusovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2017
Аннотация
The article presents information about the general morphobiological characteristics of roach (Ritilis ritilus), habitat and lifestyle, nutrition, reproduction process and related species. Kalit so’zlar: Chavoq baliq (Ritilis ritilus), farengeal, pH 5.5, fitofil, Orol chavoq balig’i (Ritilis rutilus aralensis), Kaspiy chavoq baliq (Ritilis rutilus caspicus). Ключевые слова: Плотва (Ritilis rutilus), глоточная, рН 5,5, фитофильная, островная плотва (Ritilis rutilus aralensis), каспийская плотва (Ritilis rutilus caspicus). Key words: Roach (Ritilis rutilus), pharyngeal, pH 5.5, phytophilic, island roach (Ritilis rutilus aralensis), Caspian roach (Ritilis rutilus caspicus). O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 уil 18 оktуabrdagi “Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi VM-845-son qaroriga inoan baliq va baliq mahsulotlari inson organizmi uchun muhim ahamiyatga ega ozuqa turlaridan biri hisoblanadi. Uni tabiiy suv havzalaridan ovlash, uy va dala sharoitida yetishtirish ham mumkin. Baliq va baliq mahsulotlari kimyoviy tarkibi, ta’mi jihatidan mol go’shtidan qolishmaydi, ammo hazm bo’lishi jihatidan undan ancha ustun turadi. Yangi baliq go’shtida 15- 22 % oqsil, 0,2 dan 30,8% gacha yog’ va oz miqdorda uglevodlar bor. Asosiy baliq oqsili ixtulin va kallogendan iborat. Ixtulin o’rni almashinib bo’lmaydigan aminokislotalardan iborat bo’lib, odam uchun zarur bo’lgan qimmatli oqsil hisoblanadi. Umumiy tasnifi: CHORDATA TURI-CHORDATA Vertebrata (Craniata) kichik turi-umurtqali hayvonlar (kranial) Gnathostomata Superclass-og'iz bo'shlig'i Teleostomi Bonaparte, 1836 yil-yuqori baliqlar Actinopterygii Klein klassi, 1885 yil-nurli qush Neopterygii kichik klassi-yangi tukli baliqlar Teleostei bo'limi-suyakli baliqlar Euteleostei bo'limi - haqiqiy suyakli baliqlar Ostariophysi – suyak pufakchali superorder Otophysi Seriyasi 54 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Cypriniformes tartibi-cypriniformes Cyprinidae Fleming oilasi, 1822 yil-Cyprinidae Leuciscinae Bonaparte kichik oilasi, 1837 yeltsovlar Rutilus Rafinesque jinsi, 1820-roachlar Rutilus rutilus (Linnaeus, 1758) – oddiy Roach Chavoq baliq (Ritilis ritilus), sazan oilasining bir turi bo'lib, kichik o'lchamli, 30-50 sm oralig’idagi, og’irligi 2kg ga yetadigan, taxminan 15-20 yil yashaydigan baliq turi hisoblanadi. Tashqi tuzilishi tanasi cho'zilgan, tekis, go'yoki siqilganga o’xshaydir, uning rangi baliqning yashash joyi va yoshiga qarab o'zgaradi. Yon tomoni och kumushrang, qorni oq, orqa tomoni ko'k va yashil ranglar bilan farqlanadi. Yashash joyiga qarab, tananing uzunligi kattaroq yoki kichik bo'lishi mumkin. Kichik suv havzalarida yashovchi baliqlarning tanasi shilimshiq modda bilan qoplanganligini ko’rishimiz mumkin Chavoq baliq (Ritilis ritilus)lar o'z qarindoshlaridan ma'lum xususiyatlar bilan tubdan farqlanadi. Avvalo, baliqda jag'ning ikkala tomonida joylashgan faringeal tishlari mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Tana katta tangachalar bilan qoplangan, ularning lateral chizig'ida 45 tagacha bo'lak mavjud. Baliqning og'zi tumshug'ining pastki qismida, orqa qanoti esa to'g'ridan-to'g'ri qorin qanotlari ustida joylashgan. Tabiatda biz sariq qanotli turlarini, shuningdek, ko'zlarning rangi, orqa va yon tomonlari qizil rangga ega bo'lgan chavoq baliqni uchratishimiz mumkin. Oziqlanishi:Chavoq baliq (Ritilis ritilus) vaqti-vaqti bilan suv yuzasiga chiqib o'zining sevimli taomi – hasharotlar bilan oziqlanadi, bundan tashqari u hasharotlarning lichinkalari va qurtlarini, suv o'tlarini, mollyuskalarni, turli xil baliqlarning tuxumlari bilan ham oziqlanadi . Chavoq baliq (Ritilis ritilus) lichinkalik davridan tashqari yil davomida to'xtovsiz oziqlanadi. Chavoq baliq (Ritilis ritilus)ni ovlashda, qurtlar, oddiy uy chivinlari va boshqa turli xil hasharotlardan foydalaniladi. Bug'doy yoki jo'xori donalari, non bo’laklari ham ularning sevimli ozuqasi hisoblanadi. Ko'payishi. O’rtacha 3-5 yoshida chavoq baliq jinsiy etuklikka erishadi. Urug'lanishning boshlanishi yashash joyining haroratiga bog'liq. Suv qanchalik issiq bo'lsa, urug'lanish davri shunchalik erta boshlanadi, ya’ni apreldan boshlanib iyungacha davom etadi. Suvning pH qiymati 5,5 dan past bo'lsa , chavoq baliq muvaffaqiyatli ko'paya olmaydi.Urug'lanish davrida chavoq baliq kamdan-kam hollarda daryolar bo'ylab ko'chib o'tadi va doimiy joyda qolishni afzal ko'radi. U fitofil yani suv o'simliklarining zich chakalakzorlariga tuxum qo'yadi va suv o’simliklariga yopishgan tuxumlarini erkakalari tomonidan bir martalik urug’lantiriladi. Tuxumlarning diametri taxminan 1,5 mmga yetadi. Tuxumlarining soni taxminan 2,5-100 mingtaga yaqin. Tuxumlarning rivojlanishi 9-14 kun davom etadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarning o’rtacha uzunligi esa 5,2-6,6 mmga yaqin bo’ladi. Ular tezlik bilan kichik umurtqasizlar bilan oziqlanishga o'tishadi. Turlari: Bugungi kunda chavoq baliqning taxminan 17 turi ma'lum bo'lib, ula
Доказательный фрагмент
«The article presents information about the general morphobiological characteristics of roach (Ritilis ritilus), habitat and lifestyle, nutrition, reproduction process and related species.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents information about the general morphobiological characteristics of roach (Ritilis ritilus), habitat and lifestyle, nutrition, reproduction process and related species. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Roach (Ritilis rutilus), pharyngeal, pH 5.5, phytophilic, island roach (Ritilis, farengeal, fitofil, Orol chavoq balig’i (Ritilis rutilus aralensis), Kaspiy chavoq baliq (Ritilis rutilus caspicus)., Chavoq baliq (Ritilis ritilus)
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026