Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ota-ona va farzandlar ortasidagi inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam korsatishning oziga xos xususiyatlari
Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna · Mamatqulova Yulduz Shodiyor qizi · Psixologiya KFU talabasi
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2006
Аннотация
Mazkur maqolada ota – ona va farzandlar o‗rtasidagi inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam ko‗rsatishning o‗ziga xos xususiyatlari to‗g‗risidagi nazariy fikrlar tahlil etilgan hamda ota – onalar uchun uslubiy tavsiyalar berilgan. Kalit so‗zlar: Ota – ona, farzand, nizo, inqiroz, vaziyat, psixologik yordam. Ma‘lumki, mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan, barcha jabhalarda bo‗lgani kabi, ta‘lim tizimida ham keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ―Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma‘naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun ma‘suliyatni o‗z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bog‗liq‖[1]-deb bildirgan fikrlarini ta‘kidlash mumkin. So‗nggi yillarda ilm-fan, xususan ijtimoiy gumanitar soha rivojiga ham juda katta e‘tibor qaratilmoqda. Insonning fikrlash doirasini oshiradigan, uning atrof-muhitga nisbatan munosabati hamda inson o‗zining borliqni bir bo‗lagi sifatida anglashi hamda alohida individ bo‗lib shakllanishiga psixologiya fanining o‗rni, roli beqiyosdir. Bugungi kunda psixologlarning oldida turgan dolzarb muammolardan biri bu-inqirozli vaziyatlarda shaxsda kelib chiqadigan turli sohadagi buzilishlarni yanada chuqurroq o‗rganish, oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalyotga tadbiq etishdan iboratdir. Chunki inqirozli vaziyatlarda kelib chiqadigan turli darajadagi psixologik buzilishlar oqibatida shaxsning ruhiy muvozanatiga zarar etadi, shaxslararo munosabatlarida qiyinchiliklar, jamiyatdan yakkalanish kuzatiladi, hayot va faoliyatida kamchiliklar, kelajagiga nisbatan ishonchsizlik, umidsizlik, yomon, tushkun kayfiyat ortib boradi. Oxir oqibatda esa bunday holat inson tomonidan og‗riqli qabul qilinib, ruhiy 471 azoblar iskanjasida qoladi. Ruhiy iztiroblarni, qayg‗uni ko‗tara olmaslik natijasida ba‘zan o‗z joniga qasd qilish, suitsidal hulq – atvor yaqqol namoyon bo‗la boshlaydi. Inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o‗sishdagi ziddiyat, qarama-qarshilikdan iborat. Bu jarayonda bolalar bilan kattalar o‗rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Inqiroz bolalarda xilma-xil ehtiyojlarning paydo bo‗lishi bilan ularning qondirilishi imkoniyatlari o‗rtasida to‗siq sifatida vujudga kelar ekan albatta uning ta‘sirida u yoki bu tomonga o‗zgarish ro‗y beradi. Masalan, ma‘lum taraqqiyot bosqichida bolada vujudga kelgan mustaqil harakat qilish ehtiyoji uni mustaqillikka erishishi uchun turtki bo‗lib xizmat qiladi va bola muayyan darajada mustaqillikka erishadi. Ikkinchidan, kattalarning bu jarayonda yo‗l qo‗yishi mumkin ta‘lim va tarbiyaviy xatolari oqibatida ular ruhiyatida ayrim salbiy illatlar paydo bo‗lishi mumkin. Demak inqirozni na salbiy va na ijobiy jarayon deb baholashga to‗g‗ri keladi. Shu tufayli ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglar bundan to‗g‗ri xulosa chiqargan holda bolalar bilan inqiroz davrlarida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‗lish talab etiladi. Yosh davrlar psixologiyasida asosiy inqiroz davrlari sifatida bolalarning 3 yoshli, 7 yoshli hamda o‗smirlik davri inqirozlari alohida e‘tirof etiladi. Uch yoshli bolaga to‗g‗ri tarbiya berish, ta‘sir o‗tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo‗naltirish orqali ularda mustaqil xolda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o‗z o‗rnini yig‗ishtirishga ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarishga o‗rgatish mumkin. Psixolog olimlarning ta‘kidlashicha, bolaning uch yoshgacha o‗sishida erishgan yutuqlari uning xulq- atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha o‗zgartirib yuboradi. Shunga qaramay, bolaning o‗sishida kattalarning ta‘siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o‗sib borishi bolaning mustaqilroq bo‗lishini ta‘minlaydi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari sifatida quyidagilarni e‘tirof etish mumkin: -kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini hisobga olmasliklari; -xohish va istaklarini mustaqil xolda turmushda qaror toptirishga intilishlariga to‗sqinlik qilishlari; -ayrim ko‗zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishlariga yo‗l qo‗ymasliklari; -bola o‗z xolicha ish tutishini cheklashlari. Kattalar bolalarning ra‘yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o‗z-o‗zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi. Psixologik inqiroz – bu tashqi sharoitlar, xavf tufayli yuzaga keladigan ichki emotsional balansning buzilishiga aytiladi, rus psixologi L.S.Vigotskiyning fikriga ko‗ra, yosh inqirozi – barqaror davrlar almashinuvida paydo bo‗ladigan bola shaxsidagi o‗zgarishlardir. Inqiroz davrlarida bola qisqa vaqt mobaynida butunlay o‗zgaradi. O‗zgarishlar mazmuni hamda jadalligi bo‗yicha jo‗shqin, revolyutsion xarakter kasb etadi[2]. Inqiroz davri uchun xos bo‗lgan xususiyatlar: -Inqiroz davri boshlanishi va tugallanishi chegaralari juda noaniq; -Inqiroz sezilarsiz tarzda yuzaga keladi; -Un
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ota – ona va farzandlar o‗rtasidagi inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam ko‗rsatishning o‗ziga xos xususiyatlari to‗g‗risidagi nazariy fikrlar tahlil etilgan hamda ota – onalar uchun uslubiy tavsiy…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ota – ona va farzandlar o‗rtasidagi inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam ko‗rsatishning o‗ziga xos xususiyatlari to‗g‗risidagi nazariy fikrlar tahlil etilgan hamda ota – onalar uchun uslubiy tavsiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik yordam, farzand, vaziyat, Ota – ona, inqiroz, nizo
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025