К содержанию
РецензированоUZ2020

YANGI O’ZBEKISTONNING TA’LIM TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL)

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · YECHIMLAR (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL) (in-academy.uz/index.php/si) · Shermanov Isobek Chilmamatovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizning bugungi yoshlarini barkamol ruhda tarbiyalash muammolari: yangicha, kreativ dunyoqarashga ega pedagoglarni tayyorlash va yosh avlod uchun barcha sharoitlarga ega maktablarni barpo etish xususida bayon qilingan. Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, xalq ta’limi, pedagog-o‘qituvchi, o‘quvchi-yoshlar, kreativ, dekoratsiya, “fin ta’limi” andazasi. Bugungi kunda dunyoning ilg‘or, yetakchi davlatlarida taʼlim sohasini rivojlantirish birinchi o‘rindagi vazifa sifatida qaralayotganligi bejiz emas. Sababi, mamlakatning kelgusi taraqqiyotining asosiy omili, aynan ta’lim sohasiga borib taqalishi hamda uning ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan o‘lchanishi bu faktdir. Zero, taʼlim tizimining taraqqiyoti jamiyatdagi barcha sohalarning muvaffaqiyatli taraqqiyotini taʼminlaydi. Yangi O‘zbekistonda bugungi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ertamiz vorislari bo‘lgan yoshlarga sifatli bilim berish, ularni har tomonlama yetuk, komil inson qilib voyaga yetkazish yo‘lida ulkan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yoshlarni islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ilm-fanga rag‘batini oshirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, jahon miqyosida Vatanimiz dovrug‘ini keng taratgan ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash maqsadlariga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir[1]. Bugungi kunda O‘zbekiston muhim demografik chegarada turibdi. 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar aholining 60 foizini tashkil qiladi. Kelgusi 20 yilda bugungi bolalar va yoshlar mamlakatimiz tarixidagi eng yirik asosiy kuchga aylanishini ibobatga oladigan bo‘lsak, ta’lim tizimiga yot va zararli bo‘lgan buzg‘unchi kuchlarning tahdididan xoli bo‘lgan fazalardan biriga aylantirmog‘imiz lozimdir. Bu yo‘lda ta’lim sifati va ta’lim samaradorligi jamiyatda hayot sifatini ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta’limga qanchalik ko‘p mablag‘ sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Bugungi globallashgan dunyoda mafkuraviy tahdidlar kuchaygani barchamizga ayyon. Mafkuraviy kurash o‘zi nima?, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Mafkuraviy kurash – bu turli g‘oyaviy qarashlar, yondashuvlar, xilma-xil maslak va maqsadlarga ega ijtimoiy subyektlar o‘rtasida yuzaga keladigan, qarama-qarshilikka asoslangan munosabatlar demakdir[2.306]. Demak, mafkuraviy kurash aynan bir mafkura yoki g‘oya emas ularning negizida tashkil topgan turfa xil qarashlarning gegemonlikka intilishidir. Shunga yaqin ma’noda Sh.Sh.Negmatova “Gumanistik iqtisodiyot–sog‘lom 34 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si raqobatga asoslangan, insonning barcha moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga, jamiyatning keskin tabaqalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotdir”[3,9]. Zamonaviy biotexnologik usullar shu qadar kuchli va to‘liq o‘rganilmagan salohiyatga egaki, ulardan keng foydalanish faqat axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilgan holda maqsadli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy tamoyillar jamiyat va shaxs manfaatlari o‘rtasida murosa izlashga majbur qiladi. Qolaversa, hozirgi paytda shaxs manfaatlari jamiyat manfaatlaridan yuqori qo‘yilgan. Binobarin, bu boradagi odob-axloq me’yorlariga rioya etish va yanada rivojlantirish, eng avvalo, inson manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilishi lozim. Ta’lim sohasidagi turfa xil mafkuralar dialektik jihatdan olganda juda yaxshi, ammo bu ma’lum bir kuchlarning ishtirokida ularning manfaatlariga xizmat qilishi, bu – ta’lim tizimini ichdan yemirishi mumkin bo‘lgan asosiy muammolardan biridir. Bugungi kunda ta’lim samaradorligini belgilashda eng optimal qarorlar qabul qilish – yuqori ta’lim sifatiga erishishni talab etadi. Ta’lim sifatini oshirish uchun, avvalo, byurokratik tizimni yo‘qotish kerakdir. Sababi, eng g‘arazli bo‘lgan tashqi yot g‘oyalar ushbu tizimning mevasi hisoblanadi, ya’ni ta’limda ertangi kunga bo‘lgan qo‘rquv va ishonchsizlik buzg‘unchi g‘oyalarning kirib kelishiga keng yo‘l ochib beradi. Mamlakatimizning hozirgi davrdagi rivojlanish bosqichida oliy kasbiy ta’lim globallashuv jarayonlari davrida mamlakatning milliy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy xavfsizligini ta’minlashga qodir bo‘lgan shaxslarning shakllanishidagi, insoniyatning universallashuvi va postindustrial axborot jamiyatiga o‘tishidagi asosiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki, axborotlashgan jamiyatda axborotlarning keng ko‘lamda harakatlanishi, ma’lumotlarning turfa xilligi insonlarda axborotlarni tanlash imkonini yaratadi. Bularning barchasi ta’limning globallashuvini vujudga keltiradi. Ta’limning globallashuvi, aslida, milliy ta’lim tizimini demontaj qilishni nazarda tutadi, dun

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mamlakatimizning bugungi yoshlarini barkamol ruhda tarbiyalash muammolari: yangicha, kreativ dunyoqarashga ega pedagoglarni tayyorlash va yosh avlod uchun barcha sharoitlarga ega maktablarni barpo etish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mamlakatimizning bugungi yoshlarini barkamol ruhda tarbiyalash muammolari: yangicha, kreativ dunyoqarashga ega pedagoglarni tayyorlash va yosh avlod uchun barcha sharoitlarga ega maktablarni barpo etish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Konstitutsiya, dekoratsiya, xalq ta’limi, “fin ta’limi” andazasi., pedagog-o‘qituvchi, kreativ, o‘quvchi-yoshlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники