Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Induvidual ta‘lim trayektoriyasi - talabaning ta‘lim sohasidagi shaxsiy imkoniyatlarini amalga oshirishning individual yonalishi
Mustafoyeva Munojat Oltinbekovna
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2026
Аннотация
Induvidual ta‘lim trayektoriyasini loyihalashda tashkiliy jihatlaridan o‘zaro hamkorlik muhim hisoblanadi. Induvidual ta‘lim trayektoriyasida o‗qituvchi har bir talabaning ta‘lim faoliyati, qobiliyati, imkoniyatlaridan kelib chiqib faoliyatni muvofiqlashtirish, tashkil etish nazarda tutiladi. Kalit so‗zlar: induvidual ta‘lim trayektoriyasi, hamkorlik, o‘quv faoliyat. Induvidual ta‘lim trayektoriyasini loyihalashda asosiy yo‗nalishlardan biri sifatida uning tashkiliy jihatlari hisoblanadi. Bu talaba, o‗qituvchi va ota-ona hamkorligidir. Induvidual ta‘lim trayektoriyasida o‗qituvchi har bir talabaning ta‘lim faoliyati, qobiliyati, imkoniyatlaridan kelib chiqib faoliyatni muvofiqlashtirish, tashkil etish nazarda tutiladi. Shu bilan birga ota-onalar bilan hamkorlikda o‗quv faoliyatini davom ettirish mumkin. Ta‘lim va tarbiya bir-biri bilan ajralmas jarayondir. Talaba o‗zini inson sifatida namoyon qilishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish kerak va bu albatta ta‘lim beruvchiga bog‗liq bo‗ladi. Asosiy maqsad har bir o‗qituvchi uchun talabaning mustaql fikrlashi va javobgarlikni his qila olishidir. Hech shubha yo‗qki, har bir dars talabani shakllantirishga qaratilgan bo‗lishi, nafaqat reproduktuv, balki ijodiy fikrlash, tashakkur tuyg‗usini uyg‗otish shaxs rivojlanishiga bir omil bo‗ladi. O‗qituvchidan ikkita shart talab qilinadi: - Har bir talabaning rivojlanishi qobiliyatiga qarab tegishli munosabatda bo‗lish; - Har bir talabaning kuchli va zaif tomonlari, muommolari, moyilliklari va manfaatlarini o‗rganishga harakat qilish[1]. Bu albatta bitta darsga o‗qituvchi uchun qiyinlik qilishi mumkin. Talaba dunyosida o‗qituvchi yaxshi imkoniyatlarga ega individual shaxs sifatida namoyon bo‗ladi. Har bir darsda iloji bo‗lsa har bir talabaga yondashishi uchun turli xil imkoniyatlar mavjud: - Har bir dasrda har bir talaba uchun yetarli motivatsiyani ko‘rib chiqsa, har bir Talabani qamrab olish mumkin; - Har bir dars jarayonida darsga ishtirok etgan har bir talaba bilan suhbatlashish mumkin. Bunda eng faol talaba ham eng ―kuchsiz‖ talaba ham chetda qolmasligi kerak; - Mustaqil ish vaqtida talabalar ishini olib borib topshirganda (tabiiyki talaba xato qilishi mumkin) har bir talaba bilan to‗g‗ridan to‗g‗ri do‗stona aloqa qilishiga harakat qilishi mumkin. Bunda unga ko‗rsatmalar, maslahat berishi yoki savol ko‗rinishida yo‗nalish berish mumkin. Xususiyatlardan to‗laligicha foydalanishning har doim ham imkoni yoqdir. Tajribali pedagog so‗z, qarash, yuz ifodalari orqali talaba topshiriqni tushundimi, muammoni tushundimi yoki tushinishni istamadimi, muammo pasaydimi, masala yechimini topdimi bularni aniqlashi mumkin. Birgina qo‗pol munosabat bilan o‗zidan itarishi mumkin. Biroz rag‗batlantirish orqali muammo yechimini yengillashtirish ham mumkin. Eng asosiysi bilimlarni baholashda yaxshi izoh va adolat talab etiladi. Talaba tomonidan adolatli va tegishli bilim sifatida qabul qilinsa, shaxs sifatida rivojlanishiga ham bilimni yanada oshirishga intilishini ham yuksaltiradi. Talabaning qobiliyatiga, uning imkoniyatlarini hisobga olgan holda rag‗batlantirib borish zarur. Ayniqsa bo‘lajak fizika o‘qituvchisi tabiatdagi jarayon va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini, shu bilan birga talabalar faolligini saqlash uchun ham pedagogic ham psixologik metodlarning eng faol usullarini qo‘llay olish talab etiladi[2]. Shu qatorda dars jarayonida diqqatni jamlash uchun xizmat qiluvchi vositalardan foydalanish, talabanng ong ostiga ta‘sir qiluvchi yondashuvlar orqali masala mohiyatini tushuntirish, belgilangan maqsadga erishishning samarali usulidir. Amaliyot vaqtida ―kuchli‖ va ―kuchsiz‖ talabani hamkorlikda ishlashga undash kerak. Qobiliyatli shogird bilan dars davomida qo‗shimcha ishlashga imkon beradi hamda qolganlarni dam olishiga yo‗l qo‗ymaydi. Vazifalarni farqlash, birinchi navbatda materialni o‗zlashtirish darajasidagi farqlarni hisobga olish zarur. 87 Darsning vaqtincha farqlanishi va talabalarga individual yondashish, masalan, sherik yoki guruh bilan birgalikda hamkorlikning maxsus shakllarini qo‗llash orqali erishiladi. ―Induvidual ta‘lim trayektoriyasi‖ tushunchasi va shaxsiy yo‗naltirilgan ta‘lim pedagogikasi orqali faol muhokama qilinadi. Buning aniq va sodda shakliga tayanamiz. Adabiyotlardan ma‘lumki ―Induvidual ta‘lim trayektoriyasi – har bir talabaning ta‘lim sohasidagi shaxsiy imkoniyatlarini amalga oshirishning individual yo‗nalishidir‖. Ta‘rifga asosan nafaqat ob‘yektlar va bilim sohasi, balki talabaning shaxsiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Induvidual o‗quv dasturini ishlab chiqishda quyidagilarga etibor qaratish zarur: - Maqsadli va moslashuvchan bo‗lishi; - Ijtimoiy buyurtmani amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan talablarga erishish va zarur bo‗lgan talablar darajasiga erishish imkoniyatini ta‘minlash; - Talabaning ta‘lim va undan tashqari faoliyatini integratsiyalashuviga ko‗maklashish (loyiha, ilmiy tadqiqot, o‗quv va ijodiy); - Kasbiy ta‘lim integratsiyasini targ‗ib qilish; - Talabaning individual ehtiyojlari v
Доказательный фрагмент
«Induvidual ta‘lim trayektoriyasini loyihalashda tashkiliy jihatlaridan o‘zaro hamkorlik muhim hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюInduvidual ta‘lim trayektoriyasini loyihalashda tashkiliy jihatlaridan o‘zaro hamkorlik muhim hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- induvidual ta‘lim trayektoriyasi, hamkorlik, o‘quv faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026