К содержанию
РецензированоUZ2026

Open cv kutubxonasida tasvirlarga rang modellari bilan ishlov berish

Tojiyev Ma‘ruf Ruzikulovich · Shirinboyev Ravshan Shirinboy oʻgʻli · Sulaymonova Matluba Eshmurot qizi

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 1-4 · 2026

Аннотация

Tasvirlarga raqamli ishlov berishda rang modellaridan foydalanish juda ham koʻp imkoniyatlarni ochib beradi. Ushbu maqolaqa rang modellari va ularning qurilma va vositalarida qoʻllanilishi haqida yoritilib oʻtildi. Python dasturlash tilida Open CV kutubxonasi yordamida rang modellari bilan amaliy ish bajarildi. Kalit soʻzlar: rang modellari, piksel, ikkilik tasvir, RGB, CMYK, YUV, HSL, HSB (HSV). Rang inson koʻzlarida hosil boʻladi. Bunda inson miyasi yengil vizual jarayonni boshdan kechirad. Biz yorugʻlikni vizual ravishda koʻramiz. Yorugʻlik optik xususiyatga ega boʻlib, elektromagnit toʻlqinlarning turli diapazonida turli ranglar ishlab chiqariladi. Rang modeli bu rangni tavsiflash uchun raqamli xususiyatlar toʻplamining ishlatiladigan matematik model hisoblanadi. Rang modellari odatda ikkita toifaga boʻlinadi: qurilmaga bogʻliq va qurilmaga bogʻliq boʻlmagan [1]. Qurilmaga bogʻliq boʻlgan modelni oʻrganib chiqadigan boʻlsak bunda biz RGB modelini tanlab olamiz. RGB rang modelining qiymatlari suyuq kristalli ekranda uch ta qiymatli rangli diod kuchlanishini bilan hosil qilinadi. Ushbu qiymatlar toʻplami turli xil qurilmalarda turlicha namoyon boʻladi ya‘ni ranglar bir xil boʻlmasligi mumkin. Masalan, printer qurilmasi CMYK modeliga asoslangan boʻlishi kerak. Rang modellari bilan bogʻliq boʻlgan qurilmalar modellariga: RGB, CMYK, YUV, HSL, HSB (HSV), YCBCR va boshqalar kiradi. Bunday rangli modellar asosan displey qurilmasi, maʻlumotlarni uzatish va ishlov berish uchun ishlatiladi. Eng keng tarqalgan modellardan biri bu RGB modelidir. RGB rang modeli uchta rang qiymatlarini oʻz ichiga oladi. RGB model Tasvirning RGB modeli boʻyicha shakllanishi uchta komponent asosida namoyon boʻladi. Bular RGB (Red, Green, Blue) qizil, yashil va koʻk rang komponentalaridan iboratdir. Monitordan RGB yuborilganda, uchta tasvir aralashgan holda sintetik rangli tasvir ekranda hosil boʻladi. RGB tasvirlarning har biri qizil, yashil va koʻk tasvirlar 8 bitli tasvirlardir [2]. Bunday tasvir pikselining har bir RGB rangi 24 bit chuqurlikdagi tasvirni shakllantradi. RGB tasvirning 24 bitli koʻrinishida umumiy soni (28)3 = 16777216 ranglar hosil boʻladi. Quyidagi rasmda RGB modelning kub sxemasi berilgan[2]. CMY / CMYK model Rangli pigmentlarni qogʻozga joylashtirish uchun koʻplab qurilmalar, masalan, rangli printerlar va nusxa koʻchirish qurilmalari CMY (Cyan, Magenta, Yellow) (moviy, qizil, sariq) model asosida kiritishi kerak boʻladi. Agarda maʻlumot RGB model koʻrinishida kiritiladigan boʻlsa u holda uni CMY modelga quyidagicha almashtirish bajariladi. 212 CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black) rang modeli bosma sanoati uchun qoʻllaniladi. CMYK (Cyan,Magenta,Yellow,Black) Moviy,Pushti,Sariq,Qora ranglar uchun qisqartmalaridir. CMYK - bu toʻrtta qayta ishlangan rang aralashmasi sifatida barcha ranglarni tasvirlaydigan rang modeli. CMYK rangli chop etishda ishlatiladigan standart rang modeldir. Bu modelda toʻrtta asosiy rangdan foydalanilaniladi va u toʻrt rangli bosma deb ham ataladi[3]. HSI Model HSI (Hue, Saturation, Intensity) modeli inson koʻrish tizimidan boshlanadi. HSI modelni tasvirlash komponentalari: (Hue) soya, (Saturation) toʻyinganlik, (Intensity) yorqinlik. Rang - bu bir xil rangni (sof sariq, sof toʻq sariq yoki sof qizil) tasvirlaydigan rang atributidir. RGB modeldan HSI modelga oʻtkazishda har bir piksel uchun H komponent, S komponent hamda I komponent hisoblab chiqiladi va quyidagicha boʻladi. [4] HSV model HSV (Hue, Saturation, Value) model HSI modeliga yaqinroq model hisoblanadi. H rang soyasini, S toʻyinganlikni, V yorqinlikni ifodalaydi. RGB modeldan HSV modelga oʻtkazish quyidaicha boʻladi. [5] Python dasturida rang modellarini Open CV kutubxonasi yordamida shakllantirish Kundalik hayotda biz koʻradigan rangli tasvir bu RGB tasvirlardir, lekin tasvirni qayta ishlashda koʻpincha kulrang tasvir, ikkilik tasvir, HSV, HSI va boshqa ranglardan foydalanish kerak boʻladi. OpenCV bu tasvirlarga erishish uchun cvtColor() funksiyalarini taqdim etadi. OpenCV da cvtColor() funksiyasi quyidagi koʻrinishga ega: 213 tmr = cv2.cvtColor(src, code[, dst[, dstCn]]) cvtColor() funksiya parametrlari: src - asl tasvirning rang maydonini oʻzgartirish uchun kirish tasviri; dst bu src tasvirni hajmi va chuqurligiga mos keladigan chiqish tasvirini koʻrsatadi; Bu konversiya kodi yoki identifikatsiya kodi; dstCn kanali qiymat 0 boʻlsa va kod manba echimlarida mavjud boʻlsa, maqsadli tasvirdir[6]. Open CV da cvtColor() funktsiya yordamida tasvirni bir modeldan boshqa modelga oʻtkazish mumkin. OpenCV da umumiy rang modellarini oʻzgartirish funksiyalari quyidagilar: CV_BGR2BGRA, CV_RGB2GRAY, CV_GRAY2RGB, CV_BGR2HSV, CV_BGR2XYZ, CV_BGR2HLS va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Python dasturida kodi quyidagicha: # encoding:utf-8 Natija quyidagicha: import cv2 import numpy as np import matplotlib.pyplot as plt # asl tasvirni oʻqish img_BGR = cv2.imread(ʻd:\\model.jpgʻ) # BGR dan RGB oʻtkazish img_RGB = cv2.cvtColor(img_BGR, cv2.COLOR_BGR2RGB) img

Доказательный фрагмент

«Tasvirlarga raqamli ishlov berishda rang modellaridan foydalanish juda ham koʻp imkoniyatlarni ochib beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tasvirlarga raqamli ishlov berishda rang modellaridan foydalanish juda ham koʻp imkoniyatlarni ochib beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ikkilik tasvir, HSL, HSB (HSV), rang modellari, CMYK, YUV, RGB, piksel
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники