К содержанию
РецензированоUZ2026

AXBOROT KOMPETENTSIYASINING BO’LAJAK TARBIYACHILAR FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI.

Begmuratova D.A.

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Future educators are expected to have certain competencies in order to prepare the growing personality of children for life, develop moral standards and national, family, and personal values, and form the methods of activity necessary to solve tasks related to interacting with others and communicating. Keywords: competence, information competence, information literacy, motivation. Maktabgacha ta’lim tizimining faoliyatini samaradorligini oshirish o‘z navbatida uning moddiy-texnika bazasiga, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasiga, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim dasturlari va ilmiy asoslangan nazariyadan foydalanish, bolalarni har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitga bog‘liqligini inobatga olgan holda 2016-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori imzolandi [1]. Buning natijasida muqobil dasturlarni ishlab 42 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference chiqish va ularni amaliyotga joriy etish orqali maktabgacha ta’lim va bolalarni maktabga tayyorlash sifati tubdan yaxshilandi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog kadrlar sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni inobatga olgan holda, tizimdagi pedagoglarni kasbiy standartlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu masala “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda o‘z aksini topdi. Jumladan Qonunning 42-moddasida muhim jihatlaridan biri – “Pedagogning kasbiy standarti" keltirib o‘tilgan [2]. Unga ko‘ra standartni qo‘llanilishi, pedagogning shahsiy sifatlariga nisbatan uning bilimlari, mahorati va ko‘nikmalaridan ajralmas bo‘lgan talablarni belgiladi. Pedagogning malaka toifasi ham aynan mana shu standartga muvofiq berilishi ushbu modda bilan mustahkamlab qo‘yildi. Talaba kelajakda, bolalarning o‘sib borayotgan shaxsiyatini hayotga tayyorlashni, odob-ahloq me’yorlari va milliy, oilaviy, shaxsiy qadriyatlarni rivojlantirish, boshqalar bilan o‘zaro munosabatga kirish, muloqot qilish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishni ta’minlash maqsadida ma’lum kompentetsiyaga ega bo‘lishi kerakligini nazarda tutadi. Kompetentsiyalar – bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda o‘zlashtirilgan qadriyatlar asosida mustaqil harakatlanishga bo‘lgan motivatsiyaning uyg‘unlashgan majmuini o‘zida aks ettiradi. Kompetentli pedagog kasbiy vazifalarni samarali va sifatli bajarishi mumkin. Zamonaviy kompetentsiya nafaqat malaka, bilim va ko‘nikmalarni, balki quyidagi qadriyatlar va axloqiy fazilatlardan iborat bo‘lgan omillarni ham o‘z ichiga oladi. Bo‘lajak tarbiyachi o‘z kasbiy faoliyatida, bolaning o‘ziga xosligidan kelib chiqib shakllanishida, erta davrning hal qiluvchi ahamiyatini hisobga olgan holda, uning rivojlanishi va tarbiyasiga yaxlit yondashishi lozimligi; maktabgacha ta’limning asosiy maqsadlarini belgilash, rejalashtirish va rivojlanishda ta’limdagi integratsiyani ta’minlash; ta’limning turli hil strategiyalaridan samarali foydalanish, bolalarning yoshi, guruhi va individual ehtiyojlariga mos ta’lim muhitini yaratish; bolalarning oilalari bilan mustahkam hamkorlik qilish, ota-onalarni maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga jalb qilish orqali hamkorlikdagi qo‘shma qarorlar qabul qilish kabi kompetentsiyalarga ega bo‘lishi zarurligini belgilaydi. 43 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Bo‘lajak tarbiyachilarning axborot kompetentsiyalari masalasi, ilmiy adabiyot sahifalarida tez-tez tahlil qilinmoqda. Ammo, axborot jamiyatining tez sur’atlar bilan rivojlanib borishi, axborot kompetentsiyasini odiygina qilib kompyuter savodxonligi bilan bog‘lash o‘rinli emasligini, balki ushbu masalani chuqur va atroflicha tahlil qilishni taqozo etmoqda. Kompetentsiyani aniqlashda kreativ yondashuvga tayanish mumkin. Oliy ma’lumotli talabaning kompetentsiyasini – tarbiyachilik kasbiy va ijtimoiy muhitdagi mehnat amaliyotida, shaxsiy mas’uliyat va ijtimoiy ahamiyatini anglagan holda, uni doimiy yangilab borgan tarzda shaxsiy fazilatlarini (bilim, ko‘nikma, tajriba, shaxsiy fazilat va boshqalar) ijodiy (maxsuldor) faoliyatida amalga oshirishiga harakati va qodirligi (tayyorligi) deb ta’riflash mumkin. Axborot kompetentsiyasi, pedagogikaning zamonaviy rivojlanishi davrida o‘ziga xos keng va aniqlik kiritish lozim bo‘lgan tushuncha hisoblanadi. Ba’zi tadqiqotchilar “axborot kompetentsiya”sini, tarkibiga favqulodda vaziyatlarda texnik vositalardan foydalangan holda printsipial jihatdan yangi qarorlarni qabul qila olish, inson tomonidan axborotlarni mustaqil va faol qayta ishlay olish kiradigan “yangi savodxonlik” deb aniqlik kiritishmoqda [3; 32 b]. Tadqiqotchilar axborot kompetentsiyasiga, faoliyatning turli jabhalarida, optimal qarorlarni qabul qilish, faraz qilish va amalga oshirishg

Доказательный фрагмент

«Future educators are expected to have certain competencies in order to prepare the growing personality of children for life, develop moral standards and national, family, and personal values, and form the methods of a…»

Образец извлечения

Демо-превью

Future educators are expected to have certain competencies in order to prepare the growing personality of children for life, develop moral standards and national, family, and personal values, and form the methods of a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
competence, information competence, information literacy, axborot kompetentsiyasi, axborot savodxonligi, motivatsiya., kompetentsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники