Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JISMONIY MASHQLAR JISMONIY TARBIYANING ASOSIY VOSITASI SIFATIDA
Hamrayev Eldorbek Shomurod o‘g‘li
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1966
Аннотация
Ushbu maqolada jismoniy mashqlarning jismoniy tarbiya darslaridagi o’rni va vazifalari, ularning bajarilish tartiblari haqida ma’lumot beriladi. Kalit so’zlar: gimnastika, turizm mashqlari, yengil atletika, mashqning ichki strukturasi, jismoniy mashqlar tarixi. ANNOTATION This article provides information about the role and tasks of physical exercises in physical education classes, and the procedures for their implementation. Key words: gymnastics, tourism exercises, athletics, internal structure of exercise, history of physical exercises. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari ravishda bajariladigan talablariga javob beruvchi, ongli ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati to’plandi va to‘ldirildi. Jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixan qator darsliklarda ( А.D. Novikov, B.А. Аshmarin va boshqalar, 1966, 1979) Ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘g‘ri keladi deb ko‘rsatiladi. Jismoniy mashqning vujudga kelishida obʼektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin to‘ydirish maqsadida subʼektiv sabab sifatida ongning shakillanishi deb qaraldi. Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam o‘z o‘ljasini (ovini) holdan toldirguncha quvlagan. Bu jismoniy tayyorgarlikka bilan ovchi organizmi katta muxtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lmagan- larining o‘zlari oviga yem bo‘lgan. Shunga ko‘ra vaqt o‘tishi bilan ibtidoiy odamlar ovga gala- gala bo‘lib chiqadigan bo‘ldilar. Ibtidoiy qurollar: tosh, qirrali tosh boylangan nayza, xas- chup bilan nomigagina berkitilib qo‘yilgan chohlardan va boshqalardan ovchilar foydalana boshlashgan, ijtimoiy ong shakllana boshlangan. Ovda ishtirok etolmay qolgan qabilani toshni nishinga otish, uni zarbini qariyalari yoshlarga kuchaytirishni mashq qildira 26 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference boshlagan va bu bilan tarbiyaga asos solingan tarbiya jarayonining elementlari shakillana boshlagan. Keyinchalik uloqtirish, quvib yetish yoki qochish uchun yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlangan. Bu esa jismoniy mashqlarni hamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakillanish davri deb qaralgan. Shu kunga kelib bu mashqlar hozirgi zamonning yengil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda. Jismoniy mashqlar xillarining ko‘payishiga insonning mehnat faoliyati ham taʼsir ko‘rsatdi. Maʼlum- ki, mehnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, chakkonlikdek insonning jismi (harakat) sifatlarining maʼlum darajadagi tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab qiladi. Tarbiya amaliyotida, asosan, inson mehnat faoliyatida qo‘llaydigan harakatlarini ko‘prok mashq qiladi. Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi o‘yinlar, raqslar, harbiy faoliyatdagi, sanʼatdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakatlar vosita bo‘lib xizmat qiladi Jismoniy mashqlar tabiatini tabiiy qonunlar I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning ilmiy dunyoqarashlarida ochib berilgan. Ixtiyoriy harakat Sechenovning fikricha, ong va aql bilan boshqariladi hamda biror maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Pavlov esa harakatlarni fiziologik mexanizmini ochib, harakatlar bosh miya po‘stloq qismining to‘plash xususiyati bilan bog‘likligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli. Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash jismoniy mashqlar o‘zining mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlarning to‘plami jismoniy mashqlarning mazmunini vujudga keltiradi, ularning taʼsiridan harakat faoliyati uchun qobiliyat rivojlanadi. Shuningdek mashq mazmuniga uning bo‘laklarini to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik berish, depsinish havoda uchish, yerga tushish zvenolari hamda mashqni bajarishda xal qilinadigan vazifalar, shuningdek mashqni bajarishdan organizmda sodir bo‘ladigan funktsional o‘zgarishlar haqidagi nazariy bilim va amaliy harakat malakalari kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmunini vujudga keltiradi. Jismoniy mashqning shakli ularning ichkia tashki strukturasini muvofiqligida ko‘rinadi. Mashqning ichki strukturasiga shu faoliyatni bajarishda ishtirok etadigan skelet muskullari, ularning qisqarishi, cho‘zilishi, buralishi va x.k., biomexanik, bioximik bog‘lanishlari energiya sarflanishi, yurak- tomir, nafas olish, nerv boshqaruvi va boshqa organalardagi jarayonlar, ularning o‘zaro bog‘likligining, uz ichiga ol
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada jismoniy mashqlarning jismoniy tarbiya darslaridagi o’rni va vazifalari, ularning bajarilish tartiblari haqida ma’lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada jismoniy mashqlarning jismoniy tarbiya darslaridagi o’rni va vazifalari, ularning bajarilish tartiblari haqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gymnastics, tourism exercises, athletics, internal structure of, jismoniy mashqlar tarixi., yengil atletika, mashqning ichki strukturasi, turizm mashqlari, gimnastika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014