Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Talabalarga zamonaviy ta‘limni raqamli texnologiyalar yordamida berishning pedagogik zarurati
Абдутолиб Пармонов
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2018
Аннотация
Ushbu maqolani yozishda ta‘lim-tarbiya jarayonining rivojlanish bosqichlarini o‗rganish orqali zamonaviy ta‘limning farqini va ahamiyatini tadqiq etish va bu tadqiqot natijalariga asosan xulosa chiqarishni maqsad qilganmiz. Kalit so‗zlar: raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oliy ta‘lim tizimi, zamonaviy ta‘lim. 202 Kirish. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‗lgan ta‘lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‗lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‗tarish, unga ilg‗or pedogogik va axborot texnologiyalarni joriy qilish hamda ta‘lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‗tarildi. Yuqorida keltirilgan yuksak, ammo, sharafli vazifalarni muvaffaqiyatli uddalash har bir pedagogik xodimdan yuksak kasbiy mahorat, bilimdonlik va keng dunyoqarashni hamda bugungi zamon raqamli texnologiyalarini puxta bilishlikni va bularni o‗quv jarayonida qo‗llay olishlikni talab etadi. Shu sababdan bugungi kun oliy ta‘lim tizimida talabalarga zamonaviy ta‘limni raqamli texnologiyalar yordamida berishning pedagogik ahamiyatini o‗rganishni maqsad qildik. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolani yozishda ta‘lim-tarbiya jarayonining rivojlanish bosqichlarini o‗rganish orqali zamonaviy ta‘limning farqini va ahamiyatini tadqiq etish va bu tadqiqot natijalariga asosan xulosa chiqarishni maqsad qilganmiz. Bugungi kun auditoriyalari o‗n yil, o‗n besh yil avvalgilaridan juda katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, IPad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa turdagi ta‘lim texnologiyalari bilan jihozlangan. Dunyoning boshqa joylarida bo‗lgani kabi Respublikamizda ham raqamli avlodning yetti ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, tablet, fablet, smartfon va smartsoatlari paydo bo‗lmoqda. Bunday zich raqamli muhitga ega bo‗lish va u bilan doimiy o‗zaro munosabat natijasida bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda. Raqamli avlod ota-onalarimiz o‗rgangan uslubda o‗qitilishi mumkin emas va bo‗lmasligi ham kerak. Bu avlodni o‗qitishda eskicha texnologiyalar(qora doska va oq bo‗r)dan foydalanish ham mumkin emas. Qora doskani oqiga va bo‗rni markerga o‗zgartirish hech narsani o‗zgartirmaydi, ya‘ni zamonaviy talabalarni bilim olishga va mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish ko‗nikmalarini rivojlantirishga undash usuli bo‗la olmaydi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta‘lim texnologiyalari va didaktik modellarni ommaviy va samarali qo‗llash orqali ta‘lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish zamon talabi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, ta‘lim jarayonida tadqiqotga asoslangan yondashuvdan faol foydalanish lozim va bu bilan ilmiy tadqiqotda talabalarning ko‗nikmalarini rivojlantirish va IT- kompetensiyaga asoslangan ijodiy qobiliyatlarini va ijodiy fikrlashlarini shakllantirish mumkin. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari – ta‘lim tizimidagi barcha muammolarga yechim emas, balki raqamli avlod uchun ma‘ruzalar va seminarlarni ma‘lumotlarga boy va interaktiv qilib amalga oshirish vositasidir. Shuni ham ta‘kidlab o‗tish lozimki, o‗qituvchilar talabalarning ehtiyojlariga yo‗naltirilgan interfaol o‗quv jarayonida asosiy rolni saqlab qoladi. O‗qituvchining mahorati va talabalar oldidagi obro‗sini va uning faoliyatining samaradorligi faqatgina o‗qitadigan fanining mazmunidagi bilimlar darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga emas, balki muayyan o‗quv materialini to‗plash, qayta ishlash va o‗qitish hamda bu bilimlarni o‗qituvchining qanchalik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‗llash darajasiga bog‗liq holda talabalar ongiga yetkazishi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, raqamli asrda ta‘lim qayta ko‗rib chiqilishi va ta‘lim paradigmasi o‗zgartirilishi shart, chunki talabalar ortiq an‘anaviy uslubda o‗qishni xohlamaydilar va o‗qituvchilar ham bu kabi odatiy usulda o‗qitishni davom ettirishlari bugungi zamonning o‗zi inkor etmoqda [1]. Hozirgi kunda qaysi sohaga qaramaylik, har birida raqamli texnologiyalarni uchratamiz. Shunday ekan, talabalarni kelajak uchun yetuk mutaxassis qilib chiqarish uchun hozirdan ularga o‗quv jarayonining o‗zida ya‘ni har bir o‗quv mashg‗ulotida pedagogik texnologiyalarni raqamli ravishda qo‗llash usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Talabalarga ta‘limni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda berish talabaning olinayotgan bilimni o‗zlashtirishda yengillik beradi. Talabani bilim olishida unga nima halaqit beradi? degan savol turadi. Eng avvalo zerikish. Atrofga e‘tibor berib qarasak yoshlar 203 qo‗llaridagi oddiy smartfon bilan mashg‗ul bo‗lib, vaqtini qanday o‗tganini bilamy qoladi. Biz hozirgi ta‘lim jarayonimizni shunday zamonga moslashtirishimiz kerakki, ya‘ni pedagogik texnologiyalarni shu oddiy smartfon orqal
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolani yozishda ta‘lim-tarbiya jarayonining rivojlanish bosqichlarini o‗rganish orqali zamonaviy ta‘limning farqini va ahamiyatini tadqiq etish va bu tadqiqot natijalariga asosan xulosa chiqarishni maqsad qilg…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolani yozishda ta‘lim-tarbiya jarayonining rivojlanish bosqichlarini o‗rganish orqali zamonaviy ta‘limning farqini va ahamiyatini tadqiq etish va bu tadqiqot natijalariga asosan xulosa chiqarishni maqsad qilg… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oliy ta ’lint tizimi, zamonaviy ta ’lim, raqamli texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026