Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM – TARBIYA VA PEDAGOGIK ISHLARDA INDIVIDUAL YONDASHUV.
D.M. Buzrukova (FarDU o‘qituvchi)
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Maqolada shaxsni tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini yaratishda eng yaxshi natijalarga erishish uchun pedagog tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganishi va tushunishi kerakligi hamda faqat bola bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqaligina pedagog uning xarakterining xususiyatlarini tushunishi mumkinligi haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: individual, ijtimoiylashuv, qobiliyat, tashabbuskor, rivojlanish, faoliyat, rejalashtirish. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi – ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablaridan kelib chiqib, davlat o‘quv dasturiga muvofiq bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Maktabgacha ta’lim dasturi bolaning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, uning shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar ochish, kattalar va tengdoshlari bilan hamkorlikka asoslangan tashabbuskorlik va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan. Bu esa, o‘z navbatida, bolalarning ijtimoiylashuvi va individuallashuvining shartidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog ta’lim jarayonida har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda faoliyat yuritishi lozim. Har bir bolaning individual rivojlanish darajasini hisobga olish va tegishli faoliyatni rejalashtirish orqali individuallashtirishga erishiladi. Bu har bir bolaga muvafaqqiyatga erishish imkoniyatini beradi. Guruhning faol faoliyat jadvalida ham, dam olish vaqtida ham har bir bolaning ehtiyojlari hisohga olinishi shart. Gurugdagi barcha materiallar va jihozlar, o‘quv muhiti bolalarning har birini rivojlanishiga, ta’limni individuallashtirishga yordam beradi. Bolalar xulq-atvori bir-biridan farq qiladi. Har kimning o‘z qiziqishi va qobiliyati bor. Shaxsni tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini yaratishda eng yaxshi natijalarga erishish uchun pedagog tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganishi va tushunishi kerak. Bu esa pedagog oldida turgan barcha pedagogik vazifalarning muvafaqqiyatli hal etilishini ta’minlaydi. Individuallashtirish ikki qismga o‘zaro bog‘liq – bolaning individual xususiyatlarini o‘rganish va tushinish hamda pedagogik individual yondashuvni 95 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference topish yoki yaratishdan iborat. Bolani har tomonlama tarbiyalashning majburiy va zaruriy sharti uning individual sifatlarini rivojlantirishdir. Individual yondashuv bolaning ijobiy sifatlarini mustahkamlaydi va kamchiliklarni bartaraf etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida bola sifatining faqat kuchli tomonlariga tayanish lozim. Individual xususiyatlarni o‘rganishda bolaning ota-onasi bilan, uning oilasi bilan tanishish, oiladagi turmush tarzi va munosabatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Individual yondashuvda bola faoliaytini va uning atrof- olamga munosabatini hamda bola manfaatlarini hisobga olmasdan iloj yo‘q. Chunki, faol faoliyatda shaxsiy sifatlar va xarakter rivojlanadi. Faoliyat maqsadga muvofiq va ongli bo‘lishi kerak. Individual yondashuv pedagogdan ko‘p sabr-toqat, turli murakkab vaziyatlar va xatti-harakatlarni tushunish qobiliyatini talab qiladi. Barcha hollarda sababni topish kerak, u salomatlik, temperament yoki ekologik sharoitning ta’siri bo‘lishi mumkin. Har kuni bolaning nima uchun salbiy harakat qilishini tushunish kerak, shunda harakatning sababini o‘rganish va unga ta’sir qilish yo‘llarini topish, unga yondashish usulini to‘g‘ri aniqlash mumkin. Bolalarning individual qobiliyatlarini o‘rganish, bolani tizimli kuzatish, u bilan pedagog o‘rtasida aloqa o‘rnatishni talab qiladi. Faqat bola bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqali pedagog uning xarakterining xususiyatlarini tushunishi mumkin. Kattalarning unga bo‘lgan qiziqishi, iliq munosabati va bolaga bo‘lgan hurmat bolada azaldan mavjud bo‘lgan barcha yaxshiliklarni rivojlantirishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar bilan individual ishlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: - ertalabki qabul paytida ota-onalar bilan bolaning salomatligi haqida suhbatlashish; - har bir bolaga uni qiziqtiradigan narsalarni bajarish imkoniyatini berish, tinch, ijobiy muhit yaratish va uni saqlash; - nonushtaga tayyorlanganda va taomlanish vaqtida e’tiborli bo‘lib, madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarga to‘liq ega bo‘lmagan bolalarga, ishtahasi yo‘q bolalarga yordam berish; - tortinchoq yoki mashg‘ulotlarda qatnashmagan bolalarni umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnshishlarini ta’minlash; - sayrga chiqish uchun kiyinish ko‘nikmasini tarbiyalash, bemor va zaiflashgan bolalarga alohida e’tibor berish, har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish, ularni bir-biriga yordam berishga undash; - har qanday faoliyatda alohida o‘rnak bo‘ladigan bolalarga imtiyoz berish; 96 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online
Доказательный фрагмент
«Maqolada shaxsni tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini yaratishda eng yaxshi natijalarga erishish uchun pedagog tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganishi va tushunishi kerakligi hamda faqat bola b…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada shaxsni tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini yaratishda eng yaxshi natijalarga erishish uchun pedagog tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganishi va tushunishi kerakligi hamda faqat bola b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rejalashtirish., rivojlanish, tashabbuskor, individual, ijtimoiylashuv, faoliyat, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014