Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA NEGATIVLIK KATEGORIYASINING IFODALANISHI
Aziza Umurzakova · Ingliz Tilida Negativlik Kategoriyasi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Ingliz va o’zbek tillarida negativlik kategoriyasini va ularning o’xshashlik va farqli tomonlarini ochib berishga bag'ishlangan. Muallif ingliz va o’zbek tillarida qiyosida negativlikni ifodalovchi kategoriyalarni aniqlaydi va unga yana bir qancha misollar keltiradi. Kalit so’zlar: negativlik kategoriyasi, mononegativlik, polonegativlik, inkor yuklamasi, yordamchi fe’llar, bo’lishlilik, bo’lishsizlik. Annotation: This article is dedicated to the categories of negativity in English and Uzbek and their similarities and differences. The author identifies the categories of negativity in English and Uzbek and gives a few more examples. Key words: category of negation, mononegation, polynegation, auxiliaries verbs, positive, negative O'zbek va ingliz tillarida negativlik kategoriyasi qanday ishlashini tushunish, tilshunoslik va tilni o'rganish jarayonida muhim bo'lishi mumkin. Quyida ingliz va o'zbek tillarida negativlik kategoriyasining ba'zi xususiyatlari keltirilgan: Ingliz Tilida Negativlik Kategoriyasi Ingliz tilida negativlik kategoriyasini tadqiq qilish bo’yicha olibborilgan tadqiqotlar natijasida mazkur tilda negativlik kategoriyasiningifodalanish usullari aniqlangan.Hozirgi zamoy ingliz tilida bo’lishsizlik tushunchasi suffikslar, prefikslar, inkor olmoshlari va ravishlari orqali ifodalanadi Ingliz tilida negativlik asosan quyidagi usullar bilan ifodalanadi: 1. Negativ Kesimlar (Negative Verbs): - "Not" qo'shimchasi: negativlikning ifodalanishida eng maxsuldor usul inkor yuklama“not” gaplarda kesim o’rnida kelgan fe’l, ot, sifat, son kabilardan oldinyordamchi yoki bog’lama fe’llarga qo’shilishi bilan ifodalanadi. Masalan: - I am not going to the party. (Men partiyaga bormayapman.) - She does not like broccoli. (U brokkolini yoqtirmaydi.) 2. Negative Pronouns: No, none, nobody, nothing, nowhere: Masalan: - There is no milk in the fridge. (Hovuzda sut yo'q.) - Nobody was at the meeting. (Uchrashuvda hech kim bo'lmagan.) 3. Affikslar yordamida: Masalan: 32 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference dress-undress, aircraft-antiaircraft, revolution-counterrevolution, direct- indirect, possible-impossible, rational-irrational, legal-illegal va boshqalar. 4. Bo’lishsizlikni ifodalovchi ravishlar: never, hardly,scarecely, hardly ever, scarecely ever, seldom It scarecely snows in southern parts of Africa. (Afrikaning janubiy qismlarida kamdan kam qor yog’adi) O'zbek Tilida Negativlik Kategoriyasi O'zbek tilida negativlik quyidagi usullar bilan ifodalanadi: 1. Bo’lishsizlik qo'shimchasi: - Fe'lning negativ shaklini yaratishda ishlatiladi. Masalan: - Men boraman. → Men bormayman. - U sevadi. → U sevmaydi Bu borada qayd etish joizki, bo’lishsizlikni ifodalovchi affiks mustaqil va ko’makchi fe’llarda bir vaqtning o’zida qo’shilib ishlatilganda tasdiq yokibo’lishli ma’noni ifodalaydi:aytmay qo’ymadi-aytib qo’ydi;bilmay qolmadi- bilib qoldi. 2. Emas so’zi yordamida - Bu kitob qiziqarli emas . - Men doktor emasman. 3. Inkor olmoshlari va ravishlari Hech kim, hech narsa, hech qayer: Masalan: - Hech kim kelmagan. - Hech narsa yo'q. Bu birikmalardan tashqari hech bo’lishsizlik olmoshi vaqt, mahal kabiso’zlar bilan birikib, negativlik ma’nosini temporallik ma’nosini, hechbir — substansialik, hech qayer -lokativlik kabi ma’nolarni ifodalaydi.Hamda hech inkor olmoshi kimsa so’zi bilan birikib, shaxsga nisbatan negativlikni ifodalaydi.O’zbek tilida negativlik ma’nosini ifodalovchi elementlarningingliz tilidan farqi shundaki, o’zbek tili gap qurilmalarida bir nechta bo’lishsizlik elementlari ishlatilganligining guvohi bo’lamiz, lekin ingliz tilida bunday holat uchramaydi: Hech kim hech qachon hech narsani bilmaydi 4. Hozirgi zamon o’zbek tilida bo’lishsizlik kategoriyasi yuqorida qayd etilgan usullardan tashqari na, ...na bog’lovchilari yordamida hamifodalanadi: Masalan: -- Na chigit, na makka tekis kvadrat uyasiz ekilmasin. - U na kitob, na gazeta o’qiydi. 33 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Demak, yuqorida keltirilgan bo’lishsizlik kategoriyasini fe’llardaifodalanishiga ko’ra uch usul yordamida namoyon bo’lishini ko’rdik: bo’lishsizlikni ifodalovchi –ma affiksi yordamida, yordamchi elemental remas va yo’q kabilar ishtirokida beriladi. Bo’lishsizlik kategoriyasiniifodalashda kesim o’rnida kelgan elementga -ma affiksi yordamida umumiy bo’lishsizlikni ifodalashda uni asosiy elementdan ajratib bo’lmaydi,bunday hodisa gap qurilmasida qisman bo’lishsizlikni ifodalovchiholatdan farqli o’laroq qardosh bo’lmagan tillar tizimida ham xuddi shunday. Yuqorida ta’kidlangan fikrlarni jamlab aytish mumkinki, o’zbekgaplarda bo’lishsizlik yoki negativlik ishlatilishiga ko’ra unipolinegativ til deb hisoblasak, ingliz tilini esa mononegativ til deyish mumkin.Ushbu dalillar guvohi sifatida aytish mumkinki, ingliz va o’zbektillari misolida negativlik kategoriyasi gap qurilmasida sintaktik sathdasemantik m
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Ingliz va o’zbek tillarida negativlik kategoriyasini va ularning o’xshashlik va farqli tomonlarini ochib berishga bag'ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Ingliz va o’zbek tillarida negativlik kategoriyasini va ularning o’xshashlik va farqli tomonlarini ochib berishga bag'ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- category of negation, mononegation, polynegation, negativlik kategoriyasi, inkor yuklamasi, bo’lishlilik, mononegativlik, yordamchi fe’llar, polonegativlik, bo’lishsizlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014