Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA AVLONIY IJODIDA ONA VATAN VA ONA TILIGA HURMAT MASALASINING BADIIY IFODASI
Abdumutalova Shirin Axmad qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
В этой статье выдающийся ученый и педагог Абдулла Авлони внес ряд изменений и обновлений в Родину, в вопрос уважения к родному языку, в сферу образования и науки, в процесс обучения через новые современные действия и педагогические взгляды, основанные на его педагогические взгляды, школьное и высшее образование. Он нашел свое решение вопросам взаимодействия, активности, взаимного уважения и воспитания среди учащихся учебных заведений, принципам воспитания и этики и области образования уделялось серьезное внимание в его педагогических трудах, обсуждаются его педагогические взгляды и вопросы воспитания в его произведениях. Ключевые слова: Родина, родной язык, педагогика, манеры, воспитание, образование, навыки, исследования, методология, метод, новаторство. Annotation. In this article, the outstanding scientist and teacher Abdulla Avloni made a number of changes and updates to the Motherland, to the issue of respect for the native language, to the field of education and science, to the learning process through new modern actions and pedagogical views based on his pedagogical views, school and higher education. education. He found his solution to the issues of interaction, activity, mutual respect and education among students of educational institutions, the principles of education and ethics and the field of 140 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference education were given serious attention in his pedagogical works, his pedagogical views and issues of education are discussed in his works. Key words: Homeland, native language, pedagogy, manners, upbringing, education, skills, research, methodology, method, innovation. Har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz ma’naviyatini yanadа rivojlantirishda millatimiz tarixini o‘zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning alohida o'rni bor. O‘zbek adabiyoti bunday asarlarga boydir. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to‘rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she`rlar” hamda “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darslik va o‘qish kitoblari ham xarakterli bo'lib, yaxlit bir tadqiqot uchun manba bo'la oladi. Ayniqsa, uning ilk savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar ongiga sodda va tushunarli yetkazishi alohida e’tiborni tortadi. Shuni inobatga olib, bu asarlarni jiddiy o‘qib chiqish va unda ilk darslikka xos tuzilmani, g‘oyaviy to‘liqlikni, kitoblardagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rganib chiqish zarur. O‘zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga “Pedagogiya”, ya'ni bola tarbiyasining fanidir, deb ta'rif berdi. Tabiiy bunday ta'rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi: 1. “Tarbiyaning zamoni”. 2. “Badan tarbiyasi”. 3. “Fikr tarbiyasi”. 4. “Axloq tarbiyasi” haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. “Tarbiyaning zamoni” bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota - ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta'kidlaydi. “Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur” deb uqtiradi, Avloniy. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq, deb hisoblaydi adib. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo‘ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilishi lozimligini uqtiradi. Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida ona Vatan tuyg‘usi, ona tili, aql va ilmning yuksak darajada ulug`lanishi bevosita insonni ulug`lash bilan uzviy bog`lanadi. 141 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir”. Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatlariga alohida e'tibor beradi. “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobi ma'rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston...» asarida «Vatanni suymak» degan bob bor. Unda yosh qalblarda o`z Vatani Turkistonga nisbatan muhabbat tuyg`ularini mavjga keltiruvchi shunday misralar bor: Vatan, Vatan dey
Доказательный фрагмент
«В этой статье выдающийся ученый и педагог Абдулла Авлони внес ряд изменений и обновлений в Родину, в вопрос уважения к родному языку, в сферу образования и науки, в процесс обучения через новые современные действия и…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье выдающийся ученый и педагог Абдулла Авлони внес ряд изменений и обновлений в Родину, в вопрос уважения к родному языку, в сферу образования и науки, в процесс обучения через новые современные действия и… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Homeland, native language, pedagogy, manners, upbringing, tarbiya, ko‘nikma, tadqiqot, ta’lim, metodika, innovatsiya., metod, pedagogika, Vatan, ona tili, odob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025