К содержанию
РецензированоUZ2026

G‘O‘ZA (G. HIRSUTUM L) RIVOJLANISH FAZALARI KESIMIDA FOTOSINTETIK PIGMENTLARI MIQDORINING O‘ZGARISH DINAMIKASI.

O‘. Jumanov · R. Bakeyev

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 20 · 117-124 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda Sirdaryo viloloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitida parvarishlangan g‘o‘za (G. hirsutum L) C6524 navining rivojlanish fazalari kesimida xlorofil pigmentlar miqdori dinamikasi natijalari keltirilgan bo‘lib. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki g‘o‘zaning rivojlanish fazalari ortgan sari xlorofil pigmentlar miqdori xam ortib brogan. Xl “a” ning miqdori (1,6 mg/gr) gullash fazasida eng yuqori natija qayt etilgan bo‘lsa, Xl “b” niki esa (0,54 mg/gr) chin barg chiqarish fazasida, karatinoidlar miqdori (0,6 mg/gr) pishish vaqtida ortganligini natijalar asosida bilishimiz mumkin. Kalit so‘zlar: sho‘rlanish, pigmentlar, xlorofil “a”, Xlorofil “b”, karatinoidlar, rivojlanish fazasi, Pigmentlar miqdori oʻsimliklar mahsuldorligi, ayniqsa, stress sharoitlarga chidamligini aniqlashda muhim kriteriyalardan ekanligini koʻrish mumkin. Pigmentlar miqdoriga turli xil omillar, sho‘rlanish, qurg‘oqchilik, tuproqdagi makro va mikro elementlarning yetishmasligi ta’sir qiladi. Yani bu ko‘rsatkichdan tabiiy ingibitor sifatida foydalanish mumkin. Tuproq tarkibi makro va mikro elementlar yetishmasligi bu xlorofil pigmentlar miqdoriga ta’sir etadi va barg rangi va plastinkalarida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu o‘zgarishlar natijasi orqali o‘simliklarga yetishmayotgan mineral moddalarni bilib olishimiz mumkin [1]. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi va ularda normal fiziologik jarayonlarning kechishiga asosan N-azot, P-fosfor, K-kaliy, Ca-kalsiy, Zn-rux, Fe- temir, B-bor, Mn-marganest, Mo-molibden, Mg-magniy kabi elementlar zarur xisoblanadi. O‘simliklarda kechadigan pigmentatsiya jarayonlarini vizual va laboratoriya tadqiqotlari asosida tahlil qilgan holda, fiziologik jarayonlarning normal kechishini, tashqi stress omillarning o‘simlikga tasirini, fotosintez jarayoniga xlorofillarning ta’siri yuzasidan kerakli xulosalarga kelish mumkin. Masalan o‘simliklarga N-azot yetishmasligi o‘simlik o‘sishini sekinlshtiradi yoki butunlay to‘xtatadi, barg va poyalarda pigmentlar xosil bo‘lishiga kuchli ta’sir etib ularni oqarib ketishiga olib keladi. Azot me’yoridan oshib ketsa o‘simlik to‘q yashil ranga kirib, poya xaddan tashqari qalin bo‘lib, vegetatsiya jarayonlarini uzayib ketishiga sabab bo‘ladi. P-fosfor yetishmasligi gullarni kichik bo‘lishiga, mevalarni nuqsonli bo‘lishiga, barg plastinkalari qizil jigarrang ranga ega 70 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference bo‘lishiga olib keladi. Uning ortiqcha bo‘lishi o‘simliklarning suv yetishmasligiga sezgirligini oshirib, tez chanqashga olib keladi va Fe, Zn, K, kabi ozuqa elementlarini kamroq o‘zlashtiradi. Natijada o‘simlik barglari sarg‘ayadi, to‘kiladi va o‘simlik hayotini qisqarishi va nobut bo‘lishiga olib keladi. K-kaliy elementi yetishmasligi xlorofillar sintezini buzishi, barglarda jigarrang dog‘lar xosil bo‘lishiga va barglarni gumbaz -ichki tomonga buralishi kabi alomatlar keltirib chiqaradi. Mg-magniy o‘simliklarniin xlorofil pigmentining asosiy kimyoviy tarkibi bo‘lib bu modda yetishmasa barglar sarg‘ayadi. Agar vaqtida yetishmaydigan moddani berilmasa o‘simlikni nobud bo‘lishiga olib keladi. S- oltingugurt xam xlorofillar xosil bo‘lishligida qatnashadi, bu modda yetishmasligi xlorozni keltirib chiqaradi. Oltingugurtning meyoridan ortib ketishi barg qirralarini sarg‘ayishiga va ularni ichkariga buralishiga olib keladi va barglar jigarrang ranga kirib nobud bo‘ladi. Fe-temi xloroplastlarning ajralmas qismi bo‘lib, xloroplast xosil bo‘lishida ishtirok etadi. Temir yetishmasligi xlorozni rivojlantiradi, barglarni oqarib qurishiga sabab bo‘ladi [2]. Xlorofillar miqdorini o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishiga tashqi muhit omillarini ta’siri sababidan yoki yetarlicha ozuqaviy moddalar yetishmasligi sababidan o‘zgarib turishligi bu o‘simliklarni noqulay sharoitlar kelganda indikator vazifasini bajarishligini yuqorida ma’lumotlardan bilib olishimiz mumkin. Pigmentlarni miqdor jixatdan oshib yoki kamayib borishini o‘simliklarni rivojlanish fazalari kesimida xam kuzatishimiz mumkin. Fotosintetik pigmentlar miqdorining fazalar kesimida dinamikasi, mg/gr. № Fazalar " a " " b " u m i y r o f i l a r r a t i d l a r X l X l U m x l o l K a n o i 1 Chin barg chiqarish 1,48± 0,15 0,54± 0,25 2,02± 0,15 0,47± 0,13 2 Shonalash 1,6± 0,15 0,37± 0,28 1,97± 0,17 0,54± 0,10 2,007± 3 Gullash 1,75± 0,10 0,25± 0,08 0,6± 0,03 0,09 4 Pishish 1,68±0,13 0,2±0,23 1,88± 0,14 0,6± 0,11 Tadqiqotimiz davomida olib borilgan tajribalarimiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘simliklarning rivojlanishi ortib brogan sari pigmentlar miqdori xam ortib boriganligini 1 -jadval ma’lumotlaridan tahlili asosida bilib olishimiz mumkin. tajribamizda xlorofil “a”, “b” va karatinoidlar miqdori dinamikasi chin bar chiqarish, shonalash, gullash va pishish fazalar kesimida o’rganilganda, 71 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference xlorofil “a” niqdori tegishli ravishda 1,48; 1,6; 1,75; v

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Sirdaryo viloloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitida parvarishlangan g‘o‘za (G.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Sirdaryo viloloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitida parvarishlangan g‘o‘za (G. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
karatinoidlar, xlorofil “a”, sho‘rlanish, pigmentlar, rivojlanish fazasi, Xlorofil “b”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники