К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING OG’ZAKI NUTQ MALAKALARINI OSHIRISH

MALAKALARINI OSHIRISH · Safarboyeva Munojat Abdusharip qizi · Nukus DPI Ellikqal’a pedagogika

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Boshlangʻich ta’lim bosqichida ogʻzaki nutqni,yozma savodxonligini shakllantirish o‘quvchilarning kelgusidagi maqsad va vazifalarini muvaffaqiyati amalga oshirishga turtki bo’ladi.Buning uchun biz pedagoglar bolaning nutqini oshirishda turli metodlar,ro’lli o’yinlar, baliq skeleti kabi ko’rgazmalar,munozaralar va ijodiy topshiriqlardan foydalanish muhim oʻrin tutadi. Kalit so’zlar: boshlang’ich sinf, og’zaki nutq, yozma savodxonlik, nutq malakalari, ko’rgazmalar, metodlar, ro’llio’yinlar, munozara, ijodiy topshiriqlar Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki nutq hamda yozma savodxonlikni shakllamtirish malakalarini rivojlantirish nafaqat ularning o‘qishdagi muvaffaqiyatini ta’minlash, balki shaxsiy rivojlanishiga, kasb tanlashiga, kelajakda o’ziga ma’qul sohada ketishiga ham zamin yaratadi. Ayniqsa, boshlang’ich ta’lim bolalar til qobiliyatlari va ifodaviy nutq malakalarini o‘zlashtirishga juda moyil bo‘lganligi sababli, samarali pedagogik yondashuvlar orqali og‘zaki nutqni rivojlantirish o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismidir. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq malakalarini rivojlantirish usullari va uslublari, pedagogik yondashuvlar hamda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar tahlil qilinadi.Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, mazmunini tushuntirishga, oqilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuzga, qiroat bilan o’qishga, katta e’tibor berilgan. Shuning uchun, hozir maktablarda o’qish izohli o’qish olib borilyapti.[1] Boshlang‘ich sinfda og‘zaki nutq malakalarini rivojlantirishning ahamiyati og‘zaki nutqni rivojlantirish muhimligi bir necha omillar bilan bog‘liq. Birinchidan, o‘quvchilarning fikrlash va kommunikativ qobiliyatlari shakllanishi, ularning o‘z fikrlarini aniq,lo’nda va ixcham ifodalash qobiliyatiga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Ikkinchidan, bolalar og‘zaki nutq orqali atrof- muhitni anglaydi, turli mavzularda o‘z fikrlarini bildirishni hamda tafakkur qilishni o‘rganadi, bu esa,ularning ijtimoiy muhitga tezroq moslashuvini 158 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ta’minlaydi. Og‘zaki nutq malakalarini rivojlantirish uchun boshlang‘ich sinf davrida amalga oshiriladigan faoliyatlar bola shaxsining barkamol rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.Darsda o‘qilgan asarni o‘quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmuni va g‘oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalaniladi. O‘qilgan asarni analiz qilishning har xil usullari mavjud. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytib o‘qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar[2] Og‘zaki nutqni rivojlantirishda samarali metodlar 1. Interaktiv metodlar: O‘quvchilarning og‘zaki nutq malakalarini rivojlantirishda interaktiv metodlar, jumladan, guruhda,juftlik bo’lib va kichik guruhlardagi faoliyatlar samarali hisoblanadi. Bu usullar o‘quvchilarning o‘z fikrlarini ochiq ifoda etish va boshqalarni tinglash malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2. Rolli o‘yinlar: Rolli o‘yinlar bolalarni turli rolda muloqot qilishga o‘rgatadi. Masalan, savdogar va xaridor roli, masalan,har xil sabzavotlarning shakliga yoki mazasiga qarab topishi o’zi fikrlab aniq javob bera olishi ham bolalarning nutqiga ta’sir o’tkaza oladi. Hamda do‘stlar orasidagi suhbat, oilaviy rollarni ijro etish orqali ular turli mavzularda nutq tuzishni mashq qiladi. Hozirgi darsliklar rasmlar asosida shakllangan bo’lib, bu bolalarning fikrlashiga olib keladi,ya’ni rasm asosida ishchilarga ism qo’yishi, nima ish qilganligini ko’rib ular asosida matn tuzish orqali bolaning nutqining oshishiga katta yordam beradi.Bu usul o‘quvchilarning qiziqishini oshirish bilan birga ularning muloqot ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. 3. Munozara va bahs-munozaralar: Turli mavzularda munozaralar,darslik asosida savol-javoblar o‘tkazish bolalarni o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilishga,javobni aniq,lo’nda hamda nutqini ravon ifoda etish o‘rgatadi. O‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan munozaralar orqali bolalar argumentlarni shakllantirish, so‘z tartibiga rioya qilish va tinglash madaniyatini o‘rganadilar. 4. Ijodiy topshiriqlar: Og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun o‘quvchilarga ertak, hikoya yoki shaxsiy xotiralari asosida qahramonlarni tasvirlash, ularning fe’l- atvori va harakatlarini tavsiflash kabi topshiriqlar berilishi mumkin. Ijodiy topshiriqlar orqali o‘quvchilar o‘z tasavvurini rivojlantiradi, so‘z boyligini kengaytiradi va nutq ravonligini oshiradi. 5. Texnologik resurslardan foydalanish: Audio va video materiallar o‘quvchilar nutq malakalarini rivojlantirish uchun yordam beradi. Masalan, qisqa videoroliklarni tahlil qilish, hikoyalarni eshitish orqali o‘quvchilar o‘z 159 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference nutqlarini to‘g‘ri shakllantirish va yan

Доказательный фрагмент

«Boshlangʻich ta’lim bosqichida ogʻzaki nutqni,yozma savodxonligini shakllantirish o‘quvchilarning kelgusidagi maqsad va vazifalarini muvaffaqiyati amalga oshirishga turtki bo’ladi.Buning uchun biz pedagoglar bolaning…»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlangʻich ta’lim bosqichida ogʻzaki nutqni,yozma savodxonligini shakllantirish o‘quvchilarning kelgusidagi maqsad va vazifalarini muvaffaqiyati amalga oshirishga turtki bo’ladi.Buning uchun biz pedagoglar bolaning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
boshlang’ich sinf, ijodiy topshiriqlar, og’zaki nutq, ko’rgazmalar, nutq malakalari, yozma savodxonlik, munozara, ro’llio’yinlar, metodlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники