К содержанию
РецензированоUZ2026

XALQ OG’ZAKI IJODIDA OBRAZ YARATISH TAMOYILLARI (ASIL VA KARAM DOSTONI MISOLIDA)

KARAM DOSTONI MISOLIDA) · Soatova Shahnozabonu Farhod qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

This article describes the interpretation and analysis of the characters in the ‘‘Asil and Karam’’, which is considered a beautiful example of Khorezm folklore, belonging to the ‘‘Ashiqnama’’ series.The article based on the version of the epic sung by poetess from Khiva.The revelance of the article is that the power of the image of the lover in the folk epic is the interpretation of the tragedy in the folk epics and the unique aspects of the epic characters that are not found in other epics. Keywords: Research issues of ‘‘Asil and Karam’’ epic, the importance of tragedy in the epic,special features of romantic epics, parallelism of characters. O‘zbek xalq dostonlari juda uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tgan bo’lib,o’tgan asrda yozib olingan dostonlargina bu janrning ko’p davrlar osha xalq baxshilari va hofizalarida og’zaki ravishda muayyan o’zgarishlar bilan bizgacha yetib kelganligidan dalolat beradi.O’zbek baxshilari va hofizalari orasida keng tarqalgan ko’pchilik turkman va ozarbayjon dostonlari O’zbekiston hududiga bevosita Xorazm orqali o’tgan. ‘‘Xorazmda tarqalgan dostonlarning barchasi ham ozarbayjon va turkman folkloriga aloqador emas.Aloqadorlari ham o’zbek baxshilarining kattagina ijodiy qayta ishlashlari asosida 164 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ommalashgan.Shu bilan birga, Xorazmning o’zida ham ko’plab epik asarlar yuzaga kelgan va ularning eng yaxshilari o’z navbatida boshqa xalqlar folklori xazinasidan mustahkam o’rin egallagan.Jumladan,‘‘Oshiq G’arib va Shohsanam’’,’’Asil va Karam’’ dostonlarining Ozarbayjon folkloridan,’’Go’ro’g’li turkum dostonlari’’ ning esa turkman folkloridan kirib kelganligiga shubha bildirish qiyin.Ammo,’’Yusuf va Ahmad’’,’’Shahriyor’’,’’Oshiq G’arib va Hilol pari’’kabi dostonlar Xorazmning o’zida yaratilgan deb aytishga yetarli dalillar keltirish mumkin’’(Ro’zimboyev.S 1987) vohasida juda keng tarqalgan epik asarlardan biri ‘‘Asil va Karam’’ dostoni bo’lib, u ko’proq xalfalar repertuarida ommalashgan. 1930-yil folklorshunos olim Hodi Zarif tomonidan Xivada Xonim suvchi laqabi bilan mashhur bo’lgan xalfadan yozib olingan. Sof ishqiy-romantik doston bo’lmish ‘‘Asil va Karam’’ dostoni boshqa dostonlardan o’zining mavzu ko’lami va mohiyati, voqealar rivoji va yakunidagi fojiaviylik bilan ajralib turadi.Doston markazida diniy tafovutlarni rad etish, bosh qahramonning yorini izlash yo’lidagi turli qiyinchiliklarga duch kelishi va chekinmasligi, tilsimli to’n va Karamning yonib kul bo’lishi, sabr-matonatli ayol obrazi turadi.Dostonda tilga olingan Asil va Karam obrazlari boshqa romantik ruhda yozilgan doston qahramonlaridan o’zining tavsifi jihatidan farq qiladi.Ya’ni asarda Muhammadjonning (Karam) ham, Nargisjonning ( Asilxon) ham jismoniy kuchi, go’zalligi yoki aqliy zakovatiga to’xtalib o’tilmaydi. Asar qahramonlari kuch-quvvatda tengsiz bahodir yoinki go’zalligi bilan jahonga mashhur ma’shuqa sifatida emas, balki oddiy inson sifatida tasvirlanadi.Qahramonlarning maqsaddan qaytmasligi va ishq yo’lida har qanday sinovni yengib o’tishlari doston syujetida birma bir yoritilib boriladi.Ayniqsa, Asilxon obrazi boshqa dostonlardagi ayollar (xususan, Xolbeka va Barchinoy ) singari o’z qat’iyati va so’zidan qaytmasligi bilan ajralib turadi. Bu holat dostondagi quyidagi holatlar orqali juda o’rinli yoritib beriladi: Yigit: Qarshim olib turg’an yoqa dugmali Yubar kelsin tarlonimni Asil yor, Yo san musulmon bo’l, yo man armani Yubar kelsin tarlonimni Asil yor. Qiz: Uzoq yo’ldin kelgan ola ko’z Karam Karamjonim tarloningni kelib ol, Agar san kelmasang qoning to’karman Karam o’g’lon tarloningni kelib ol. Ko’plab folklor asarlarida 14 yosh balog’at yoshi deb qaraladi. Bu yoshda doston qahramonlari o’z yorini tanlab yoki uni izlab safarga otlanadi. Ammo, 165 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ‘‘Asil va Karam’’ dostonida qahramonlar 7 yoshida kamolga yetib, bir-birlari bilan uchrashadilar.Ikki qahramon boshqa-boshqa din vakili ekanligi va Asilxonning otasi bo’lmish Qoramalik Armani tomonidan bildirilgan qarshilik doston qahramonlarimimg yo’lidagi asosiy g’ov bo’lib xizmat qiladi. Ishqiy-romantik dostonlarning asosiy motivi ma’shuqa go’zalligi, oshiq iztiroblarini aks ettirishga yo’naltirilgan bo’lib bunda oshiq va ma’shuqa maqsadlariga erishish yo’lida teng ravishda harakat qilishadi. Ushbu dostonda esa oshiqlarning bir maqsad yo’lida amalga oshirgan harakatlari parallel ravishda emas, balki ketma-ket ochib beriladi.Asar bosh qahramoni Karamning yorini izlab 7 yil chekkan azoblari va har qanday sinovga bardosh berishi bilan bog’liq voqealar asardagi asosiy syujetni tashkil etgan bo’lib, bundan tashqari qahramonning o’limni tik qabul qilishi va shu maqsadda payg’ambarni tilga olishi kabi sahnalari bilan alohida ajralib turadi: Murodimg’a yetib munda Sevdig’im so’ngra o’lsaydim Ota-onamning diydorin Ko’ribam so’ngra o’lsaydim Yorim ko’

Доказательный фрагмент

«This article describes the interpretation and analysis of the characters in the ‘‘Asil and Karam’’, which is considered a beautiful example of Khorezm folklore, belonging to the ‘‘Ashiqnama’’ series.The article based…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the interpretation and analysis of the characters in the ‘‘Asil and Karam’’, which is considered a beautiful example of Khorezm folklore, belonging to the ‘‘Ashiqnama’’ series.The article based… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Research issues of ‘‘Asil and Karam’’ epic, the importance of, romantik dostonlarning o’ziga xos xususiyatlari, fojiaviylikning dostondagi ahamiyati, obrazlar parallelizmi., ’’Asil va Karam’’ dostonining o’rganish masalalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники