К содержанию
РецензированоRU2026

TAʻLIM TIZIMIDA INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH XUSUSIYATLARI

A.Z. Gʻaniyeva (Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti Xalqaro boʻlim boshligʻi)

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

В данной статье представлен анализ исследований, направленных на повышение качества образования на основе инноваций в образовательной системе и новых инновационных подходов, а также законов и постановлений, направленных на внедрение инновационных образовательных технологий нашим правительством. Annotation. This article presents an analysis of research aimed at improving the quality of education based on innovations in the educational system and new innovative approaches, as well as laws and regulations aimed at introducing innovative educational technologies by our government. Kalit soʻzlar. Kompetentsiya, innovatsiya, novatsiya, ijodiy halokat, konsultativ va raqamli iqtisodiyot. Ключевые слова. Компетенция, инновации, новация, креативное разрушение, консультативная и цифровая экономика Key words. Competence, innovation, novation, creative destruction, consultative and digital economy. Bugungi kunda yurtimizda taʻlim sohalarida olib borilayotgan tub islohotlar Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning qator Qaror va Farmonlari talablari asosida mavjud taʻlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz taʻlim tizimini shakllantirish orqali taʻlim muassasalari rivojini taʻminlovchi yangi konsepsiyaning yaratilishi uchun zamin boʻldi. Mazkur taʻlimga oid meʻyoriy-huquqiy hujjatlar barkamol shaxsni tarbiyalash, uni yetuk mutaxassis sifatida innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashni nazarda tutadi. Innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash muammosini tadqiq qilishning ustuvor metodologik asoslari boʻlib, shu muammoni keng koʻlamdagi tadqiqotlar konteksti doirasida har tomonlama tahlil qilish imkonini beruvchi tamoyillar xizmat qiladi. 168 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Hozirgi davrda insoniyat yangi axborot asriga kirdi. Bu shuni anglatadiki, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning fikriga koʻra (J.Delor, N. D. Nikandrov, A. I. Subetto va boshqalar.), jamiyat shakllanmoqda, uning asosiy ustuvor yoʻnalishlari axborot, bilim, taʻlimdir. Ushbu fikirni tasdiqlashda tadqiqotchilar, mutafakkirlar, davlat arboblari va ommaviy xalqaro tashkilotlar kelajakning kaliti butun aholining taʻlimida va ularning taʻlim darajasini doimiy ravishda yaxshilashda yotadi, deb hisoblashadi. Yuneskoning taʻlim boʻyicha Jahon hisobotida “biz keyingi asrni shaxslar va dunyo boʻylab davlat organlari koʻrib chiqadi nafaqat bilimlarni chuqurlashtirishning davomi maqsadga yerishish demakdir, balki oʻz-oʻzidan tugaydi. Har bir insonning hayoti davomida bilim olishga qaratilgan saʻy-harakatlari ragʻbatlantiriladi va unga shunday imkoniyat beriladi" [2]. Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini ochib berdi. Insoniyatning davlat va jamiyat qurilishiga doir asriy tajribalari ijtimoiy munosabatlarni yangicha yondashuvlar asosida tartibga solish borasidagi ilgʻor yondashuvlarning qaror toptirilishiga olib keldi. Mazkur yondashuvlarning mohiyati soʻnggi yillarda umumiy tarzda “innovatsiya” tushunchasi yordamida ifodalanib kelinmoqda. Xoʻsh, “innovatsiya” tushunchasi lugʻaviy jihatdan qanday maʻnoni anglatadi? Ushbu tushuncha negizida qanday holat tavsiflanadi? Innovatsiya – inson ehtiyojlarini qondirish uchun yangi amaliy vosita, tushuncha, usul-yangilik yaratish, tarqatish, joriy etish va undan foydalanishning murakkab jarayonidir. Odatda innovatsiya jarayonida mashinalar, dastgohlar, ishlab chiqarish qurollari hamda texnologik jarayonlariga yangiliklar kiritiladi. Biroq, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyalarning rivoji tufayli jamiyat ham rivojlanishning muayyan bosqichidan yanada takomillashgan bosqichga oʻtadi. Falsafiy talqinda ifoda etganda miqdor oʻzgarishlari tub sifat oʻzgarishlariga aylanadi. Ijtimoiy innovatsiya (social innovation) jamiyatning ijtimoiy tizimdan ochiq fuqarolik jamiyatiga aylanishini anglatadi. Ushbu turdagi innovatsiya negizida jamiyatning ijtimoiy qatlamlarida umumiy yoki xususiy xarakterdagi yangilanishlar sodir boʻladi. Jumladan, taʻlim sohadagi yangilanishlar ham shular jumlasidandir. Taʻlim tizimining innovatsiyasi – jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ehtiyojlarini, uning malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli taʻlim olish boʻlgan 169 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference talabini qondirish, taʻlim tizimini barqaror rivojlanishini taʻminlash maqsadida mavjud mexanizmlarning qayta ishlab chiqilishi yoki yangilanishi. Mazkur innovatsiya shaxsni oʻqitish va tarbiyalashga oid eng yaxshi anʻanalarni saqlab qolgan va boyitgan holda majmuaviy xarakter kasb etib, taʻlim tizimining barcha sohalarini toʻla qamrab oladi va jamiyatda qaror topgan malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi. Taʻlim tizimining yangilashda quyidagi

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлен анализ исследований, направленных на повышение качества образования на основе инноваций в образовательной системе и новых инновационных подходов, а также законов и постановлений, направленн…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлен анализ исследований, направленных на повышение качества образования на основе инноваций в образовательной системе и новых инновационных подходов, а также законов и постановлений, направленн… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Competence, innovation, novation, creative destruction, novatsiya, Kompetentsiya, ijodiy halokat, innovatsiya, konsultativ va raqamli iqtisodiyot.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники