Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING TEXNOLOGIYALARI SAMARADORLIGI
MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING · TEXNOLOGIYALARI SAMARADORLIGI · Rasulova Sitora Saparovna (Navoiy davlat Pedagogika instituti) · Phd dotsent Musayev Otabek Qudratovich (Navoiy davlat Pedagogika instituti)
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2022
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolda kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning turli texnologiyalari va samaradorligi haqida so‘z boradi. Kalit so’zlar: ilmiy, kompetensiya, ma’naviyat, ma’rifat, texnologiya, zamonaviy. Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar pedagogga yangi talablarni qo‘yadi. Bu keng ko‘lamli umumiy madaniy, professional va maxsus vakolatlarga ega, yangi kasbiy talablar va mehnat sharoitlariga munosib javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishi kerak. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan jamiyatda yashash va ishlashga tayyor bo‘lgan professional o‘qituvchini tayyorlash - bu kasbiy pedagogik ta’lim tizimi oldida turgan strategik vazifadir. Shuning uchun bugungi kunda ta’limning kompetensiya paradigmasiga o‘tish dolzarblashmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistnning Taraqqiyot O‘zbekiston Stategiyasi to‘g‘risida"gi PF-60-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tadqiqot ishimizga dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada oliy ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri - bu bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir. Kasbiy tayyorgarlik - zaruriy kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o‘z-o‘zidan yuzaga kelmay balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, 115 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Hozirgi kunda Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, yosh avlodning har jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom, intellektual salohiyatli, ma’nan barkamol ulg‘ayishi uchun, shuningdek yoshlarni qilgan mehnati, erishgan yutuqlariga yarasha rag‘batlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li1- oliy ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv talabadan bilim va ko‘nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda, o‘z navbatida, o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi. Xalqaro tajribaga asoslangan, mahalliy pedagogika va psixologiya yutuqlarini e’tiborsiz qoldirib, kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish o‘zini oqlamaydi. Shuni ham yodda tutish kerakki, ta’limning integral konstruksiyalarini ilmiy asoslashda chet el olimlari P.Ya.Galperin, A.N.Leontyev, S.L.Rubinshteyn ishlariga tayanganlar. Professionallik va kompetentlik bir-biriga o‘hshash bo‘lsada, har xil ma’noga ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma’lum bilimlar, balki mehnatga bo‘lgan munosabat, ishning o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, 2chunki professional pedagog o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiqaradi va bular odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balkishu bilan birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin. O‘qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy ta’limdir.Talabalarning kompetentligini oshirishning o‘quv- metodik ta’minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy mashg ‘ulotlarning virtual shakllarini joriy etish, kasbga yo‘naltirilgan fanlarni 1. 1 Ergasheva Barno Ziyavuddin qizi “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatgatayyorlash texnologiyasi pedagogik muammo sifatida”- Qo‘qon-2022 2. 2 Ergasheva Barno Ziyavuddin qizi “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatgatayyorlash texnologiyasi pedagogik muammo sifatida”- Qo‘qon-2022 116 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference o‘qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo bog‘liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg‘ ulotlar asosida o‘qitish ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. O‘zbek olimlaridan Abdullayeva B.S., Sarimova D.S. Pedagog
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolda kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning turli texnologiyalari va samaradorligi haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolda kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning turli texnologiyalari va samaradorligi haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy, texnologiya, ma’naviyat, kompetensiya, zamonaviy., ma’rifat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024