Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabgacha ta‘lim tizimidagi ahamiyati
Мухаббат Миразимова · Махлиё Муйтанова
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2026
Аннотация
Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi mashg‘ulotlar jarayoniga innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ahamiyati hamda shu asosda ta‘lim- tarbiya samaradorligini oshirish imkoniyatlari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Innovatsion, pedagog, axborot texnologiyalari, maktabgacha ta‘lim, mashg‘ulot, ta‘lim va tarbiya, Davlat standarti, axborotlar ko‗lami, axborot-kommunikatsiya. Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‗z hayoti davomida oladigan barcha ma‘lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‗lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Ta‘lim- tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-axloqiy va jismoniy rivojlantirishni ta‘minlaydigan zamonaviy ta‘lim dasturlari, ilg‗or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish, ularni maktabga tayyorlash darajasini oshirish, maktabgacha ta‘limni boshqarishning zamonaviy standartlarini yaratish[2] eng muhim va dolzarb vazifalardan biridir. Mamlakatimiz hayotida olib borilayotgan keng siyosiy va ijtimoiy islohatlar doirasida maktabgacha ta‘limda ta‘lim va tarbiya faoliyatini olib borishda sifatni oshirish, ta‘lim - tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik innavatsion va axborot kommunikativ raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta‘lim bo‘yicha samarali islohotlar olib borilmoqda. Izchil islohotlarning natijasi sifatida yurtimizda ilk bor O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son[1] ―O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi Qarori, 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son[2] O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‘lim tizimini 2030 – yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11 iyun 2019 yildagi 487-son [3] ―Maktabgacha ta‘lim tizimiga ilg‗or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarorlari mazkur sohani yanada takomillashtirishga hamda maktabgacha ta‘lim uzluksiz ta‘lim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylanganligi, ta‗lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‗llaniladigan zamonaviy ta‗lim dasturlari hamda texnologiyalarini joriy etish orqali sifat darajasini oshirishga, ilg‗or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e‘tibor qaratilayotganligi buning yorqin dalilidir. Respublikamiz hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy axloqiy va axborotkommunikatsiya hamda ta‘lim tizimidagi tizimli o`zgarishlari inson hayot faoliyatini jiddiy o`zgartirmoqda. Mustaqil mamlakatda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdek sharafli va ma'suliyatli ishda ta'lim-tarbiya tizimining boshlang‗ich bo‘g‘ni bo‗lgan maktabgacha ta'lim tizimi muhim o‗rin tutadi. Bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, ahloqiy estetik va jismoniy hislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta‘lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – ijtimoiy ahvolidan qat‘iy nazar, bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta‘lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. Bu kabi yangilanishlar pedagogik innovatsiyalarning ta`lim sohalari va uzluksiz ta`lim tizimiga jadal kirib borishini taqozo etmoqda. ―Innovatsiya‖ lotincha so`z bo`lib, yangilanish, yangilik kiritish, ―yangilik‖ ma`nosini ifoda etadi. Innovatsion ta`lim-tarbiya jarayonining shakli va mazmunini takomillashtirishga xizmat qiluvchi yangi g`oyalar yaratishni ko`zda tutadi. Innovatsion g`oyalar bugungi ta`lim amaliyotiga jadal kirib bormoqda. Pedagogik innovatsiyalar ta`lim sifati va samaradorligining ortishiga xizmat qiladi, jamiyatdagi har qanday yangilanish jarayolari, islohotlar mohiyati bilan uzviy big`liq holda ro`y beradi. O‗zbekiston Respublikasining 23 sentabr 2020 yildagi O‗RQ-637-son ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonunining 8-moddasida: ―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma‘naviy-ahloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan 187 rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta‘limga tayyorlashga qaratilgan ta‘lim turidir‖[3], - deyilgan. Bugun biz axborot texnologiyalari rivojlangan, axborotlar ko‗lami benihoyat ko‗payib ketgan asrda yashayapmiz. Ushbu asrda pedagoglar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, o‗quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqish, ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan davlatlar o‗quv tizimidagi yangiliklar hamda yutuqlarni o‗rganish, bilimlarni ilg‗or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yetkazib berishi hozirgi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha talim yoshidagi bolalarning rivojlanishi, ta‗lim – tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‗yiladigan talablarni belgilash, ta‗lim–tarbiya jarayonida innovatsi
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi mashg‘ulotlar jarayoniga innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ahamiyati hamda shu asosda ta‘lim- tarbiya samaradorligini oshirish imkoniyatlari keltirib…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi mashg‘ulotlar jarayoniga innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ahamiyati hamda shu asosda ta‘lim- tarbiya samaradorligini oshirish imkoniyatlari keltirib… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta‘lim va tarbiya, Davlat standarti, axborot texnologiyalari, axborotlar kolami, pedagog, axborot-kommunikatsiya, Innovatsion, maktabgacha ta‘lim, mashg‘ulot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025