К содержанию
РецензированоUZ2026

JADID MA’RIFATPARVARI USMONXO’JA PO’LATXO’JAYEVNING IJTIMOIY- SIYOSIY FAOLIYATI

IJTIMOIY- SIYOSIY FAOLIYATI · Tursunboyev Azizbek Avazbek og’li

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Jadid ma’rifatparvari qatorida muhim o’rin tutgan, Turkiston mustaqilligi uchun umrining oxirigacha kurash olib borgan Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev hayoti va faoliyatining, amaliy ahamiyati maqolada batafsil ko’rib chiqildi. Uning xotirasini umrbod saqlash, esdaliklarini xalq orasida keng tarqatish va yosh avlodni milliy g’urur ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat berildi. Kalit so’zlar: “Tarbiyai atfol (bolalar tarbiyasi)”, “Buxoro maorif jamiyati”, “Turon maorif va ilmlar jamiyati”, “Barokat” shirkati, “Kolesov voqealari”, antisovet kuchlari, “Turkiston turk genchlari”. Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida Buxoro va Turkiston jadidlarining boshqa taniqli vakillari bilan bir paytda tarix maydoniga chiqdi. U azaldan Buxoroda o‘ziga xos mavqe, huquq va imtiyozga ega bo‘lgan boy savdogarlardan biri Po‘latxo‘ja Karamatullaxo‘ja o‘g‘li oilasida dunyoga keldi. Oiladagi mavjud moddiy va ma’naviy imkoniyat tufayli boshlang‘ich hamda madrasa ta’limini egalladi, diniy va dunyoviy ilmlarga ega bo‘ldi.Turkiston mintaqasi bo‘ylab qilingan sayohatlari, Buxoro taraqqiyparvarlarinig g‘oya va qarashlari, xorijiy davriy matbuot Usmonxo‘ja dunyo qarashini shakllanishida muhim nazariy asos bo‘ldi. XX asr boshlarida jadidchilik harakatida faol ishtirok eta boshlagan Usmonxo‘ja, Abdulvahhob Burhonov, Hamidxo‘ja Mehri, Mirzo Siroj Hakim, Muhiddin Mansurov, Sadriddin Ayniy kabilar bilan bir safda turib, Buxoro amirligi va Turkistonda taraqqiyparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qildi. Ta’kidlash joizki, Usmonxo‘ja “keksa jadidlar” avlodiga mansub bo‘lib, Buxorodagi yangi usuldagi tatar maktablari va tatar muallimlari faoliyatini qo‘llab quvvatladi, N. Sobitov hamda X. Burnashev kabilar tomidan ochilgan jadid maktablaridagi ta’lim-tarbiya asoslari va o‘qitish usullarini egalladi. 1908 - yilda mahalliy millat vakillari singari jadid maktabi ochib, uning maktabida Fayzulla Xo‘jayev ham ta’lim oldi. 1908-1909 yillarda Buxoroda “Tarbiyai atfol(bolalar tarbiyasi)”, “Buxoro maorif jamiyati”, “Turon maorif va ilmlar jamiyati”, “Barokat” shirkati kabi uyushmalarni tashkil etishda, yoshlarni Istanbul(Turkiya)ga ta’lim olishga yuborishda Usmonxo‘ja oldingi saflarda bo‘ldi. 1909-1912 yillarda Istanbulda teologiya, mantiq, aniq fanlardan ta’lim olib qaytgan Usmonxo‘ja maktabchilik va ma’rifatchilik ishlariga butun 25 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference vujudi bilan kirishib ketdi. 1912-1913 yillarda Buxoro amirligining markazi Eski Buxoro shahrida Usmonxo‘ja ochgan jadid maktabida 200 tagacha o‘quvchi ta’lim olardi. Tadqiqotda amin bo‘lindiki, Usmonxo‘janing yangi usul maktabi o‘quvchilar soni jihatdan Buxoroda eng katta maktab bo‘lgan. Usmonxo‘ja maktabida sinf-dars tizmi yo‘lga qo‘yilib, yorug‘ xonalarda, stol-stullarda, globus va xaritalar kabi ko‘rgazmali qurollar orqali darslar orasida tanaffuslar berilib o‘qitish jarayoni joriy etilgan. Maktabda dunyoviy va diniy ilmlar berilgan, o‘quvchilar savodi I. Gaspirinskiy maktabidek 40-45 kunda chiqarilgan.Usmon xo‘ja 1908, 1912-1913 yillarda Bog‘chasaroy(Qrim), Qozon va Ufa(Tatariston va Boshqirdiston), Istanbul(Turkiya)ga bir necha bor safarlar qilgan, Ismoil Gaspririnskiy va “Yosh turklar”ning o‘nlab vakillari bilan shaxsiy muloqotlarda bo‘lgan. Bog‘chasaroy, Qozon, Ufa, Istanbuldan o‘quv qurollari, globus va xaritalar, o‘quv qo‘llanmalar hamda darsliklar olib kelgan. Birinchi jahon urushiga qadar Usmonxo‘ja Turkiston jadid munavvarlaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy(Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov(Toshkent), Obidjon Mahmud (Qo‘qon) kabilar bilan muloqotda bo‘lgan va jadidchilik harakati vakillari orasida o‘ziga xos mavqe hamda obro‘ga ega edi. Usmonxo‘ja 1914-yilda “Yosh buxoroliklar” tashkilotini tuzishda, ushbu uyushma faoliyatini kuchaytirishda va siyosiy partiya darajasiga ko‘tarilishida Abdulvohid Burxonov, Abdurauf Fitrat bilan bir safda bo‘ldi. 1916-1917- yillarda Usmonxo‘ja faoliyati doirasi kengayib, 1916-yil Rossiya imperiyasining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi tashviqot va targ‘ibotlar yuritdi, miting va namoyishlarda nutqlar so‘zladi, xalqni ushbu farmonga bo‘ysunmaslikka da’vat etdi. 1917-yil 7-apreldagi amir manifesti va 1918-yil martidagi “Kolesov voqealari”dan so‘ng Usmonxo‘ja Samarqand, Toshkent shaharlarida muhojirlikda yashadi. U Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Turor Risqulov, Abdulqodir Muhiddinov, Asadulla Ubaydullaxo‘jayev, Obidjon Mahmud kabilar bilan bir safda, hammaslak bo‘lib Turkiston musulmon byurosi, Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi(TMIQ) faoliyatida qatnashib, milliy kadrlar “milliy komunistlar”ning murakkab sharoitdagi vazifalari haqida baxslar yuritdi, bu borada o‘z taklif-tavsiyalarini bildirdi. “Markaz”ning buyuk davlatchilik va shovinizmdan iborat siyosatiga qarshi kurash olib borgan millat fidoyisiga aylandi. Usmonxo‘ja 1920- yil 14 sentyabrda tashkil topgan Buxoro Xalq Nozirlar Sho‘rosi Hukumatida moliya noziri lavozimiga saylandi. U Buxoro mehnatka

Доказательный фрагмент

«Jadid ma’rifatparvari qatorida muhim o’rin tutgan, Turkiston mustaqilligi uchun umrining oxirigacha kurash olib borgan Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev hayoti va faoliyatining, amaliy ahamiyati maqolada batafsil ko’rib chiqi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Jadid ma’rifatparvari qatorida muhim o’rin tutgan, Turkiston mustaqilligi uchun umrining oxirigacha kurash olib borgan Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev hayoti va faoliyatining, amaliy ahamiyati maqolada batafsil ko’rib chiqi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Turon maorif va ilmlar jamiyati”, antisovet kuchlari, “Barokat” shirkati, “Buxoro maorif jamiyati”, “Turkiston turk genchlari”., “Tarbiyai atfol (bolalar tarbiyasi)”, “Kolesov voqealari”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники