К содержанию
РецензированоEN2026

TALABALARNING AMALIYOT DAVRIDA PEDAGOGIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH

Mirzakulova Nodira Ibragimovna

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2 · 2026

Аннотация

This article describes the components of the pedagogical process aimed at developing the pedagogical skills of students during the period of practical activity, scientific and methodological management of the school. Key words: Higher education, reform, individual, constructive, student practitioner, scientific and methodological, professional nature, occupation, teaching practice, skill, goal. O‘zbekistan Respublikasidagi ta’lim islohotining asosiy vazifalaridan biri zamonaviy ta’lim-tarbiyani yo‘lga qo‘yishda yoshlarni kasbiy faoliyatga o‘rgatish, o‘z istagi va xohishiga qarab kasb tanlash, butun hayoti davomida o‘z kasbga sadoqatli bo‘lish hislarini shakllantirishdan iboratdir. Oliy ta’lim muassasasida bo‘lajak mutaxassislarning tashkiliy, konstruktivlash, rejalashtirish, kommunikativ tadqiq qilish kabi kasbiy va pedagogik mahoratni shakllantirishgina emas, balki ularning kasbiy xususiyati va mutaxassis shaxsiga qo‘ygan talabidan kelib chiqqan holda individual va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishga qaratilgandir. Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan amaliyot “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining oliy o‘quv yurtida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari 58 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference uchun sinov vazifasini ham bajaradi. Negaki, amaliyotchi-talabaga o‘z kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorlanish, uni o‘tkazish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish davrida egallagan bilimlari doirasi qanday darajada ekanligi namoyon bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalarida 60112300-Texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “4+2” dasturi asosida tashkil etilgan amaliyotda ishtiroki davomida maktablarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini har tomonlama chuqur o‘rganib, tahlil etadilar. Maktabni ilmiy-metodik boshqarishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri darslarni tahlil qilishdir. Darslarni quyidagicha tahlil etish mumkin: to‘liq (majmuaviy); ba’zi yo‘nalishlarda; aniq maqsad asosida. Dars tahlili deganda, darsga tayyorgarlik ko‘rish va o‘z-o‘zini tahlil qilish paytida o‘qituvchi tomonidan erishilgan yutuqlar va kamchiliklar nazarda tutiladi. Darsni tahlil etish davomida quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish kerak: 1) Mavzuga asoslangan dars maqsadlari: a) tayyorgarlik darajasi; b) bilim darajasi; c) talabalarning qiziqishlari va qobiliyatlarining ustunligi. 2) Trening mazmunini tanlash. 3) Maktabda va ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan o‘quv qurollarini tanlash 4) O‘quv va kognitiv faoliyatni tashkil etish shakllari (frontal, guruh, juftlik, individual, individual). jamoaviy, 5) O‘qitishning metod va texnikasi. 6) Olingan o‘zgaruvchan natija har bir maqsad uchun individual talabalarga qaratilgan. 7) O‘zgaruvchan (differensial) uy vazifasi. Yuqoridagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish jarayonida o‘qituvchi tomonidan ba’zi kamchiliklar va xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish va to‘g‘ri olib borish maqsadida tajribali o‘qituvchilar tomonidan dars tahlili olib boriladi. Ba’zan yangi pedagoglar darslarni olib borish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida professional 59 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference o‘qituvchilarning dars jarayonlarida ishtirok etib, o‘qituvchining dars o‘tish metodikasini o‘rganadilar. Bu esa ularning pedagogik mahoratini rivojlantirishda xizmat qiladi. Malakaviy va pedagogik amaliyoti jarayonida talaba o'qituvchi, sinf rahbari sifatida ishlash va davom etayotgan o'quv faoliyatini tahlil qilish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni sezilarli darajada rivojlantiradi.Amaliyotda ishtirok etish talabaga o’quvchilar bilan ishlashda amaliy tajriba orttirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va o‘qituvchilik mahoratini rivojlantirish imkonini beradi. U turli ta’lim va tarbiya usullarini qo‘llashni, sinfni samarali boshqarishni, o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan muloqot qilishni o‘rganadi. Malakaviy va pedagogik amaliyotda ishtirok etish orqali o‘quvchi bo‘lajak o‘qituvchi va sinf rahbari sifatida o‘zining kuchli va zaif tomonlarini tushuna oladi. U o'z harakatlarini tahlil qilishni o'rganadi, xatolaridan saboq oladi, kasbiy mahoratini oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarla – OTM) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malakaviy pedagogik amaliyot (keyingi o‘rinlarda –Amaliyot) ini o‘tash tartibi. https://lex.uz/docs/3765586 2. G.Doshanova. Talaba-amaliyotchilar uchun metodik qo'llanma. Nukus- 2021. https://www.researchgate.net/publication/351491453 3. Z.Qodirova. Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda

Доказательный фрагмент

«This article describes the components of the pedagogical process aimed at developing the pedagogical skills of students during the period of practical activity, scientific and methodological management of the school.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the components of the pedagogical process aimed at developing the pedagogical skills of students during the period of practical activity, scientific and methodological management of the school. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Higher education, reform, individual, constructive, student, ilmiy-metodik, Oliy ta’lim, kasbiy xususiyat, mahorat, amaliyotchi-talaba, islohot, konstruktiv, maqsad., pedagogik amaliyot, dars
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники