Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TЕMURIYLAR DAVRI MUTAFAKKIRLARINING FUQAROLIK JAMIYATI G‘OYALARIGA OID QARASHLARI
Kurbanbayeva Munavvara Kozibayevna
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
This article analyzes the political, social and spiritual- educational views of the thinkers and statesmen of the Temuri period on state administration and civil society, and how well these views are applied in practice. Key words: Temur era, "Temur's traps", state administration, justice, equality, prosperity, centralized state, national interest. Аннотация: В данной статье анализируются политические, социальные и духовно-просветительские взгляды мыслителей и государственных деятелей периода Темури на государственное управление и гражданское общество, а также то, насколько хорошо эти взгляды применяются на практике. Ключевые слова: эпоха Темуридов, «Темур тузуклари», государственное управление, правосудие, равенство, процветание, централизованное государство, национальный интерес. Mamlakatimiz hududlariga, qadim davrlardanoq, hozirgi zamon tili bilan aytganda “fuqarolik jamiyati” tushunchasi yot emas. Bu tushuncha qadimiy asarlarda aynan shunday atalmagan bo‘lsa-da, davlat boshqaruvi, siyosiy tizim, ijtimoiy qatlamlarning o‘zaro munosabatlariga oid qarashlar hozirgi zamon mezonlariga ko‘ra “fuqarolik jamiyati” tushunchasiga to‘la mos keladi. Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining ilk kurtaklarini “Avesto”da ko‘rishimiz mumkin. Xalqimiz dahosi bilan yaratilgan ushbu kitobda fuqarolik jamiyati belgilari, unsurlari va tamoyillariga oid qator tezislar o‘z aksini topgan. Bu ta’limot shu jihati bilan dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga tortgan. “Avesto” xalq 103 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference boshqaruviga oid bo‘lgan unsurlardan biri bo‘lgan xalq vakillaridan iborat kengash – “oqsoqollar kengashi” haqida gap boradi. ADABIYOTLAR TAHLILI. Yurtimiz tarixining yorqin sahifasini tashkil etuvchi temuriylar davridagi davlat boshqaruvi tamoyillari va ma’naviy, siyosiy g‘oyalariga nazar tashlasak, fuqarolik jamiyati prinsiplariga xos qarashlarni ko‘rishimiz mumkin. Ushbu qarashlar, ayniqsa, Amir Temurning “Temur tuzuklari”da yorqin aks etgan. Unda siyosat, siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvga doir qarashlar yanada rivojlantirilgan. “Tuzuklar”ni davlat boshqaruvida adolat prinsiplariga amal qilishning dasturi, desak ham bo‘ladi. U siyosiy munosabatlar va me’yorlar, siyosiy institutlarni o‘zaro muvofiqlashtirish masalalari haqidagi qoidalar majmuasidir. MUHOKAMA. Amir Temur davlat boshqaruvida jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlar manfaatlari hisobga olinishi qay darajada muhim ekanligini “Tuzuklar”da qayd etadi. Unda davlat siyosatini amalga oshirishda qanchalik keng jamiyat vakillari bilan kengashib, ular fikr-mulohazalari asosida ish olib borilsa, davlat shu darajada qudratli bo‘lishi ta’kidlangan. Amir Temur “Tuzuklar”da jamiyatni 12 ta toifaga bo‘lib, ularning har birini ijtimoiy va siyosiy nuqtayi nazardan boshqaruvdagi va jamiyatdagi o‘rni, ishtiroki, salohiyati va ahamiyatini ochib bergan: 1) sayyidlar, ulamo va shayxlar; 2)bilimdon kishilar; 3)duogo‘y taqvodorlar; 4)amirlar, sarhanglar, sipohsolorlar; 5)sipoh bilan raiyat; 6)dono va ishonchli kishilar; 7)vazirlar, sarkotib va devon bitikchilari; 8)hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar; 9)muhaddislar (hadis olimlari va roviylar) ; 10)so‘fiylar va oriflar; 11)hunar va san’at ahli; 12)sayyoh va tijorat ahllari. Ko‘rib turganimizdek, Amir Temur jamiyatdagi bironta ijtimoiy qatlamni nazardan qochirmagan. U siyosiy hokimiyatda faol pozitsiya egalari bo‘lgan vazirlar, amirlar va noiblarga alohida diqqat qaratadi. Hukmdor bu kabi mas’uliyatli va muhim davlat mansablariga shaxsiy simpatiyasi, qon-qarindoshligiga qarab yoki shaxsiy manfaatlar yuzasidan odamlarni tayinlash to‘g‘risida gapirmaydi, balki bu masalaga davlat va jamiyat manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashadi: bu kabi mansablarga adolatparvar, yuksak insoniy axloqli, yurtga sadoqatli, tashabbuskor va qat’iyatli insonlarni tanlash lozimligini ta’kidlaydi. Amir Temur vazirlar kamida to‘rt fazilatga ega bo‘lishini shart qilib qo‘yadi: 1) asllik – toza naslga mansublik va ulug‘vorlik; 2) aqlu farosatga ega ekanligi; 104 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 3) sipoh bilan raiyat ahvolidan doimo boxabar bo‘lib turishi va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsata olishi, ular bilan insoniy muomalada bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligi; 4) davlat ishida sabru bardoshli bo‘lishi, o‘z mulozimlariga muloyimlik bilan munosabatda bo‘lishi[1]. Amir Temur qudratli davlat qurish, millat buyukligini va xalqining farovon hayotini ta’minlash maqsadida uni birlashtirish uchun o‘zi adolatli jamiyat prinsiplariga amal qilgan, ularni hayotga tatbiq etgan. Xususan, “Temur tuzuklari”da u shunday deydi: -saltanatim ishlarini murosayu madora, muruvvat va sabr-toqat bilan yurgizdim. Ko‘p narsani bilib tursam ham o‘zimni bilmaslikka oldim. Do‘stu dushman bilan murosayu madora qildim; -davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To‘ra va tuzukka tayanib, saltanatda o‘z martaba va maqom
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the political, social and spiritual- educational views of the thinkers and statesmen of the Temuri period on state administration and civil society, and how well these views are applied in practice.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the political, social and spiritual- educational views of the thinkers and statesmen of the Temuri period on state administration and civil society, and how well these views are applied in practice. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Temur era, "Temur's traps", state administration, justice, tenglik, markazlashgan davlat, “Temur tuzuklari”, temuriylar davri, davlat boshqaruvi, farovonlik, adolat, vatan manfaati.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024