Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY SOHALARNI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT TASHKILOTLARNING AMALGA OSHIRAYOTGAN ISHLARI
Samadova Taxmina Muxiddinovna
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
ushbu maqola nodavlat tashkilotlarining ta'lim sohasidagi muhim roli va ijtimoiy sohalarda o'z vazifalarini o'z ichiga oladi. Ular ta'lim tizimini rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish, ma'rifat oshirish, va ijtimoiy integratsiya yaratishda katta hissa egallaydilar. Kalit so’zlar: nodavlat tashkilotlar, muammolar, natija, rag’batlantirish, ta’lim sohasi, ijtiomiy soha, madaniy va ma’rifiy ta’lim O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) bandlikni ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohalarida va boshqa ko‘plab sohalarda ijtimoiy ahamiyatli vazifalarni hal etishda tobora faol rol o’ynayotganligi qayd etiladi. Ular joylardagi vaziyatni yaxshi bilgan holda aniq namoyon bo‘lmagan ijtimoiy muammolarni aniqlaydilar va hal etishga kirishadilar. Talab etilgan ijtimoiy xizmatlarning bir qanchasi bugungi kunda faqat NNT tomonidan ko‘rsatilmoqda. Dastlab NNT tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning ayrimlari ayni vaqtda davlat tizimiga joriy etilgan. Ijtimoiy sohada, shu jumladan hal etilishi NNT tomonidan qo‘llab-quvvatlashni talab etadigan muammolarni aniqlash, bunday yordamni ko‘rsatadigan NNT faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalari taqdim etilishi borasida davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi muhimdir. Shu munosabat bilan davlatning NNT salohiyatidan to‘liqroq foydalanishini ta’minlash uchun ijtimoiy yo‘naltirilgan NNTni yanada qo‘llab-quvvatlash zarur. NNT orasida o‘tkazilgan so‘rov ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi 12% NNT to‘liq hajmda ishlashini, ularning salohiyatidan o‘rtacha yarmidan kamidan foydalanilayotganligini ko’rsatdi. Ushbu tahliliy ma’ruzada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi NNTni yanada qo‘llab- quvvatlash zarurligi asoslanadi, ushbu sohada ijtimoiy yo‘naltirilgan NNTning ustunligi ko‘rib chiqiladi, NNT orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq xavf-xatarlar va ushbu tahdidlarni bartaraf etish imkoniyatlari qayd etiladi, shuningdek 32 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference NNT tomonidan aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi va ularni hal etish yo‘llari taklif etiladi. Mamlakatimizda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan bir qator amaliy takliflarni bildirish maqsadga muvofiq. Birinchi taklif: “Fuqarolik jamiyati bilan o‘zaro hamkorlikning yangicha andozalari – taraqqiyotning yangi strategiyalari – xulq-atvorning yangi modeli” hamda “Maqsadlar yakdilligi va manfaatlar umumiyligi” prinsiplari asosida vakillik va ijro hokimiyatining barcha darajalarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy- huquqiy sohalarda eng muhim qarorlar qabul qilinishi jarayonlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini keng jalb etish tavsiya etiladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari faollari, jumladan, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, Saylov jarayonini barqaror rivojlantirishning Milliy maqsad va vazifalari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya kabi juda muhim strategiya, konsepsiya va dasturlarni amalga oshirish jarayonlarida keng ishtirok etishlari zarur. Ikkinchi taklif: ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning hozir amal qilayotgan shakllarini yanada rivojlantirishni taklif etaman. Xususan, bu o‘rinda: jamoaviy murojaatlar asosida mintaqaviy, sohaviy va davlat dasturlari ijrosi sifatini hamda davlat mablag‘larining sarflanishi holatlarini tekshirish amaliyoti; jinoyatchilik, ayniqsa, odam savdosi, qiynoqlar, uyushgan va transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, penitensiar muassasalar va jazoni ijro etish muassasalarida adolat va inson huquqlariga rioya qilinishi sohalaridagi jamoatchilik nazorati; korrupsiya botqog‘iga botgan soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiogen omillarning oldini olish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish ishlari; aholi sog‘ligi va genofondiga zarar yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish, qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini “ekologik ekspertiza”dan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish; Ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda nodavlat tashkilotlarining amalga oshirayotgan ishlari keng spektrga ega bo'lishi mumkin. Ularning ba'zi asosiy faoliyatlarini quyidagicha ifodalashim mumkin 1. Ta'lim tizimini rivojlantirish: Nodavlat tashkilotlar, ta'lim sohasida katta ishlar olib borishadi. Ular o'quv jarayonlarini yaxshilash, o'quv dasturlarini 33 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference yangilash, o'qituvchilar uchun rivojlanish tashkil etish, va ta'lim sifatini oshirish uchun loyihalar amalga oshirishadi 2. Inson hu
Доказательный фрагмент
«ushbu maqola nodavlat tashkilotlarining ta'lim sohasidagi muhim roli va ijtimoiy sohalarda o'z vazifalarini o'z ichiga oladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqola nodavlat tashkilotlarining ta'lim sohasidagi muhim roli va ijtimoiy sohalarda o'z vazifalarini o'z ichiga oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nodavlat tashkilotlar, madaniy va ma’rifiy ta’lim, rag’batlantirish, ijtiomiy soha, muammolar, natija, ta’lim sohasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025