Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Qalandarov H.K.
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 3 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются значение и особенности интеллектуального развития учащихся на основе индивидуального подхода в образовательном процессе, формирующего тем самым изобретательские и творческие способности, высказываются мнения ряда ученых и исследователей относительно теоретических подходов к интеллектуальному развитию и их аналитического анализа. подходы выделены и проанализированы. Ключевые слова: устойчивое развитие, система образования, интеллект, интеллектуальное развитие, образовательный процесс, творческие способности, индивидуальное развитие, совершенствование, дидактическое обеспечение, навыки. Annotation: In this article, the importance and characteristics of intellectual development for students based on an individual approach in the educational process, thereby forming inventiveness and creativity skills, the opinions expressed by several scientists and researchers regarding the theoretical approaches to intellectual development and their analytical approaches are highlighted. and analyzed. Key words: sustainable development, educational system, intellect, intellectual development, educational process, creative ability, individual development, improvement, didactic support, skills 112 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan boy intellektual quvvatga ega bo‘lgan xalqdir. Ajdodlarimiz o‘zlarining intellektual quvvatlari bilan katta mo‘jizalar yaratib, mustaqil hamda barkamol shaxsni rivojlantirishda ta’lim-tarbiyaning imkoniyatlaridan foydalanganlar, shu bilan birga ularning aql-zakovati bilan asrlar davomida buyuk mo‘jizalar yaratilgan va xalqimizning asriy tajribalarini o‘zida mujassamlashtirgan ta’lim tizimi ushbu mo‘jizalarni yaratishga yoshlarni tayyorlagan. XXI asrda jahon miqyosida ta’lim jarayoni barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida “sifatli ta’lim olish va ijodiy qobiliyatni rag‘batlantirish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu esa, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish, ixtirochilik va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning zamonaviy didaktik parametrlarini aniqlashtirishni taqozo etmoqda. Bunda o‘quvchilarga individual yondashuv asosida intellektual rivojlantirish alohida, o’ziga xos tarzda ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, o‘quv jarayoni, undagi o‘zgarishlar, uning ko‘p faoliyatli didaktik maydonga aylanishi o‘quvchi shaxsiga nisbatan yangicha zamonaviy munosabatni qaror toptirishni taqozo qiladi. Bugungi kunda o‘quvchini intellektual rivojlantirish o‘quv jarayonining ustivor maqsadiga aylandi. O‘quv jarayoni sub’ektlariga nisbatan qadriyatli munosabat pedagogik madaniyatning tarkibiy qismiga aylanib bormoqdaki, ta’lim jarayonining demokratuvlashuvi o‘quvchi shaxsiga nisbatan qadriyatli munosabatning shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Ayrim olib borilgan tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqilligini hamda intellektual rivojlanishini bo’yicha bir qator xorijiy davlatlarda katta pedagogik tajriba to‘plangan. Chunonchi, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Avstriya kabi mamlakatlarda o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishga qaratilgan davlat miqyosidagi dasturlar va rejalar mavjud. Bu mamlakatlarning tajribalaridan shu narsa ayonki, ularda ta’lim jarayonida o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish uchun keng ko‘lamli pedagogik muhit tarkib toptirilgan. O‘qituvchilar har bir o‘quvchining induvidual xususiyatlarini biladilar. Shunga ko‘ra ular, ta’lim jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etadilar va har bir o‘quvchining intellektual rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydilar. Bu muammo bilan o‘quvchilarni o‘quv jarayoniga yo‘naltiruvchi maxsus pedagogik xizmat 113 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference xodimlari shug‘ullanadilar. Bunday xodimlar o‘quv muassasasi ma’muriyatidan mustaqilliklari bilan ajralib turadilar. Shaxsning intellektual rivojlanish istagi va imkoniyatlarini, uning shaxsiy sifatlari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo’lib, bunda ular insonning shaxsiy, ichki, erkin, ixtiyoriy, nuqtai nazarga tayanish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchini intellektual jihatdan rivojlantirish ichki va tashqi pedagogik ta’sirlar bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Intellektual rivojlantirishga ko‘maklashadigan tashqi – pedagogik ta’sirlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning tarkibiy qismlari ham shunchalik izchil bo‘ladi. Ayrim mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, o‘quvchilarni intellektual jihatdan maqsadga muvofiq tarzda rivojlantirishni ta’minlash uchun, uning tashqi ta’sirlarga nisbatan mustaqilligini oshirish kerak. O‘quvchilarni intellektual rivojlantirish ichki manbalari mohiyatining ortib borishi natijasida, ularnin
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются значение и особенности интеллектуального развития учащихся на основе индивидуального подхода в образовательном процессе, формирующего тем самым изобретательские и творческие способности…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются значение и особенности интеллектуального развития учащихся на основе индивидуального подхода в образовательном процессе, формирующего тем самым изобретательские и творческие способности… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sustainable development, educational system, intellect, takomillashtirish, ijodiy qobilyat, ko‘nikma, o‘quv-biluv jarayoni, barqaror taraqqiyot, intellektual rivojlantirish, ta’lim tizimi, didaktik ta’minot, intellekt, individual rivojlantirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024