Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BYUDJET MABLAG'LARIDAN MAQSADLI VA SAMARALI FOYDALANISHDA ICHKI AUDITNING O'RNI
Normatov Dilshod Xabibullaevich
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
This article is dedicated to studying the role of internal auditing in the targeted and effective use of budget funds. According to the results of the study, internal audit is important in strengthening budgetary discipline, effective use of funds and Prevention of abuses. The author made recommendations to further improve the internal audit system, introduce international standards and improve the qualifications of auditors. Keywords: internal audit, budget funds, efficiency, financial control, budget discipline Davlat byudjeti mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Byudjet mablag'laridan maqsadli va samarali foydalanish esa davlat moliyaviy boshqaruvining asosiy vazifalaridan biridir. Biroq, ko'plab mamlakatlarda byudjet mablag'larining noto'g'ri sarflanishi, suiiste'molliklari va noqonuniy xarajatlar kabi muammolar kuzatilmoqda [1]. Bunday salbiy 40 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference holatlarning oldini olish va byudjet intizomini mustahkamlashda ichki audit tizimi katta ahamiyatga ega. Ichki audit - bu tashkilotning moliyaviy va xo'jalik faoliyatini tekshirish, baholash va nazorat qilishga qaratilgan mustaqil faoliyat turi [2]. U tashkilot rahbariyatiga moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish, xatarlarni boshqarish va nazorat tizimini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar beradi [3]. Davlat sektorida ichki auditning roli yanada ortadi, chunki u byudjet mablag'larining qonuniy va maqsadli sarflanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi byudjet mablag'laridan foydalanishda ichki auditning rolini o'rganish, uning samaradorligini tahlil qilish va takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlashdan iborat. USULLAR VA ADABIYOTLAR TAHLILI Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlar, qonunchilik hujjatlari, statistik ma'lumotlar va boshqa manbalar tahlil qilindi va natijalar umumlashtirildi. Ichki auditning mohiyati va vazifalariga oid tadqiqotlar ko'plab xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan. Masalan, Sawyer va boshqalar [4] ichki auditni tashkilot faoliyatini yaxshilashga yo'naltirilgan mustaqil va obyektiv maslahat berish faoliyati sifatida ta'riflaydi. Shu bilan birga, Pickett [5] ichki auditning xatarlarni boshqarish, nazorat va korporativ boshqaruvdagi rolini ta'kidlaydi. O'zbekistonlik tadqiqotchi Ibragimov [6] esa ichki auditning byudjet tashkilotlaridagi ahamiyatini yoritib bergan. Byudjet mablag'laridan samarali foydalanish masalasi ham ko'plab tadqiqotlarda o'rganilib kelinmoqda. Masalan, Tesfahun va boshqalar. [7] Efiopiya misolida byudjet mablag'larining sarflanishini tahlil qilgan va samaradorlikni oshirish yo'llarini ko'rsatib bergan. Akramov [8] esa O'zbekistonda byudjet intizomini mustahkamlash va moliyaviy nazoratni kuchaytirish zarurligini ta'kidlaydi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, ichki audit byudjet mablag'laridan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi va uning rivojlantirish istiqbolli yo'nalishlardan biri hisoblanadi. NATIJALAR O'tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, O'zbekistonda keyingi yillarda ichki audit tizimini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, O'zbekistonda ichki audit tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan tahlil uchun tanlab olingan obyekt, "Uz-Tong Xong Kompani" O'zbekiston-Koreya qo'shma korxonasi 41 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 1-yarim yillik moliyaviy-xo'jalik faoliyatida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan bo'lsa-da, ayrim kamchilik va nuqsonlarga ham yo'l qo'yilgan: Jamiyatning reja ko'rsatkichlarini bajarilmagani sababi "Uz-Auto" AJda yanvar oyida dam olish (shatdawn) bo'lib, ta'mirlash ishlari olib borilganligi aniqlandi. Natijada 2023-yil 1-yarim yillikda 168 165 dona avtomobil o'rindiqlari ishlab chiqarilgan bo'lib, bu rejaning 97% ini tashkil etgan [9]. Meyoriy sarf-xarajatlarni maxsus institut yoki tashkilot tomonidan tasdiqlanmaganligi aniqlandi. Buni bartaraf etish uchun raxbariyatga tegishli takliflar kiritildi. 16 ta moddiy javobgar shaxslar tomonidan 390,7 mln.so'mlik tovar-moddiy zaxiralar bo'yicha hisobotlar buxgalteriyaga taqdim etilmaganligi va moddiy javobgarlik shartnomalarining yo'qligi aniqlandi. Ayrim xodimlar tarqatilgan maxsus kiyimlar qiymatini xizmat muddati davomida xarajatga olib borilmasligi va muddatidan oldin ishdan bo'shagan xodimlardan undirmalar olinmasligi kuzatildi. Qayta ishlashga berilgan materiallar bo'yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va foydalanish hisobotlari tuzilmaganligi hamda shartnomasi bekor qilingan 20 ta tashkilotlardan materiallar qaytarib olinmaganligi aniqlandi. Debitor va kreditor qarzlar inventarizatsiyasi to'liq o'tkazilmaganligi, solishtirish dalolatnomalari tuzilmaganligi
Доказательный фрагмент
«This article is dedicated to studying the role of internal auditing in the targeted and effective use of budget funds.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is dedicated to studying the role of internal auditing in the targeted and effective use of budget funds. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- internal audit, budget funds, efficiency, financial control, budget, byudjet intizomi, samaradorlik, byudjet mablag'lari, moliyaviy nazorat, ichki audit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026