Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONNING TOG‘LI TUMANLARIDA AHOLI SALOMATLIGI VA IJTIMOIY EKOLOGIK MUAMMOLAR
Qalandarova М.К.
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
The article covers issues of the types and composition of health and diseases of the population of mountain and foothill regions, theoretical aspects of studying the health of the population of mountain and foothill regions. What aspects should be taken into account in the nosogeographical analysis of the mountain and foothill regions of Uzbekistan, the research conducted by scientists is studied, and the author’s proposals are presented. Key words: Human health, non-climatic conditions, nosogeographical situation, relief, relief features, mountain sickness, oxygen deficiency, 101 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference environmentally sustainable development, mountain-valley areas, mining industry. Balandlik zonalligi inson hayoti uchun va uning xo’jalik faoliyati jarayonida doimiy ta’sir ko’rsatadigan o’zgarmas omil hisoblanadi. Binobarin insonlar faqatgina unga moslashib mavjud salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalanishga erishiladi. Tog’larda jamiyat va tabiatning o’zaro ta’sirini optimallashtirishni tadqiq etishga metodologik yondashuvlar to’g’risida so’z yuritganda, jamiyatning ikki turli, shu bilan birga dialektik ziddiyatli rolini hisobga olish muhim. Yer shari aholisining salmoqli qismi doimiy ravishda baland tog‘larda yashaydi yoki turli sabablarga ko‘ra (mehnat, harbiy xizmat, tog‘ turizmi, alpinizm va boshqalar) ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Ma’lumki, inson salomatligi va ularda uchraydigan kasalliklar hududiy tafovutlarga ega. Chunki, ushbu hududlar o‘z iqlimi, relefi, suv va tuprog‘i, iqtisodiy-ijtimoiy jihatlari bilan o‘zaro farqlanadi. Ularning barchasi aholi salomatligining hududiy tomonlarini va uning geografik xususiyatlarini izohlab beradi. Shu o‘rinda suv, havo va tuproqning yoki bizning fikrimizcha, nozoiqlimiy sharoitning inson salomatligiga ta’sirini alohida ta’kidlash joiz. MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING SHARHI. O‘rta Osiyoning tog‘li rayonlarini o‘rganishga ayniqsa katta hissa qo‘shgan rus geograflari va sayohatchilari P.P. Semenov-Tyan-Shanskiy (1858, 1867), N.M. Prjevalskiy (1877), A.M. Fetisov (1878) va boshqa tadqiqotchilar asarlarida ham tog‘ kasalligi haqida ma’luf fikrlarni payqash mumkin. N.M. Prjevalskiy 1873 yilda tog‘ kasalligining bir qator belgilarini tasvirlab berdi va uning paydo bo‘lish sababi “Shimoliy Tibetdagi yerning mutlaq balandligi”,. - deb yozadi. Bu yerda ayniqsa tez yurganda nafas olish juda qiyin, Ko‘pincha qusish, bosh og‘rish va aylanish sodir bo‘ladi, oyoqlar titraydi”-deya ta’rif bergan. Tog‘ kasalligi haqida V.I. Kushelevskiy o‘zining uzoq yillik kuzatishlarini jamlagan (3 jildlik) “Farg‘ona viloyatining tibbiy geografiyasi va sanitariya tavsifi uchun materiallar” (1890) monografiyasida ham yozib qoldirgan. Muallif bu asarida tog‘ iqlimining sog‘lom va kasal odam organizmiga ta’sirini batafsil bayon qilibgina qolmay, bir qancha qimmatli tavsiyalar ham beradi. V.I. Kushelevskiy o‘z asarida, shuningdek, tog‘larda tug‘ilib o‘sgan odamlar balandlikda tog‘lilik kasalligini boshdan kechirishmaydi, bu yerda baland tog‘larga birinchi marta tashrif buyurgan odamlar undan azoblanadi. O‘rta Osiyodagi tog‘ fiziologiyasi muammolarini rus harbiy shifokorlari P.K. Gorbachev, V.I. Kushelevskiy, N. Tretyakov, V. Tapilovskiy, A. N. Lavrinovich, D. I. 102 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Lebedev va boshqalar olib borgan. Ammo bu sohada Tyan-Shan va Pomirda tizimli va maqsadli tadqiqotlar XX asrning 40-yillarida boshlangan. Uzoq muddatli tadqiqotlar jumladan, N.N. Sirotinin, A.A.Rachkov, A.D.Slonim, A.P.Jukovlar asab tizimining baland tog‘larga moslashish mexanizmidagi rolini aniqlashga va Pomir va Tyan-Shan balandliklariga moslashish jarayonida qon aylanish apparati hamda qon tizimining reaksiyasini o‘rganganlar. Bulardan tashqari bir qator tadqiqotlar organizmning markaziy Osiyoning baland tog‘li hududlariga moslashish mexanizmlarini yoritishga qaratilgan bo’lgan. Mana shular natijasida A.G. Ginetsinskiy Z.I. Barbashov Pomirda, A.D. Slonim va uning Tyan-Shandagi hamkasblari akklimatizatsiyaning to‘qima turi mavjudligi haqida ishonchli dalillarga ega bo‘lishdi. TADQIQOT METODOLOGIYASI. Tog‘ va tog‘ oldi hududlarida aholi salomatligini o‘rganishda avvalo ushbu hududlarning dengiz sathidan balandligi, tabiiy sharoiti, kislorod tanqisligi tushunchasi ifodalanadi. Bundan kelib chiqib, aytish mumkinki ushbu holatlarni umumiy tushuncha bilan ya’nikim tog‘ oldi va tog‘ hududlarining “nozoiqlimiy sharoiti” tushunchasi bilan tavsiflash mafsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu tushuncha ya’ni, “nozoiqlimiy sharoit” tushunchasi bir vaqtning o‘zida ikkita metodologik yondashuvni asoslashga turtki beradi bular, Birinchidan, geografik omillar va salomatlikning o‘zaro munosabatlari; Ikkinchidan, nozogeografik vaziyatning hududiy va davriy xususiyatlari. Tahlil va natijalar. Nozogeografik vaziyatning o‘rganishga bunday yondashuvlar, kasallanish, unin
Доказательный фрагмент
«The article covers issues of the types and composition of health and diseases of the population of mountain and foothill regions, theoretical aspects of studying the health of the population of mountain and foothill r…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article covers issues of the types and composition of health and diseases of the population of mountain and foothill regions, theoretical aspects of studying the health of the population of mountain and foothill r… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Human health, non-climatic conditions, nosogeographical, nozogeografik vaziyat, tog‘ kasalligi, ekologik-barqaror rivojlanish, nozoiqlimiy sharoit, rel’ef xususiyatlari, tog‘ vodiy hududlari, tog‘-kon sanoati., kislorod tanqisligi, relef, Inson salomatligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026