К содержанию
РецензированоRU2026

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA XALQ DOSTONLARINI О‘QITISHNING ZAMONAVIY TALABLARI

О‘QITISHNING ZAMONAVIY TALABLARI · Sattorov Shokir Jabborovich

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Adabiyot darslarida xalq dostonlarining tarbiyaviy tomonlariga e’tibor berish bilan birga, ularning badiiyati, strukturasi, shakli, emotsional tomonlariga ham jiddiy e’tibor qaratish kerak. Xalq dostonlari namunalari vositasida o‘quvchilar badiiy adabiyotning xos jihatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Ular badiiy nutqning, tilning poetik usullaridagi xosliklarni idrok etadilar. O‘zbek xalq dostonlarining matni bu borada adabiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: badiiyati, strukturasi, shakli, ilmiy-nazariy, poetik, axloqiy- ma’naviy, metodik Xalq dostonlarining oiladan, bog‘chadan, maktabdan boshlab o‘rganilishi xalq og‘zaki ijodidagi g‘oyaviy-badiiy boylik, rang-baranglikning o‘zlashtirilishiga zamin bo‘la oladi. Eng muhimi, yuqori sinf o‘quvchilari xalq dostonlaridagi nozik jihatlarni ilg‘ashlari kerak. Og‘zaki ijod namunalari bilan yozma adabiyot namunalarining o‘xshash va faqrli jihatlarinni ongli ravishda idrok etishlari lozim. Xalq dostonlarining boshqa janrlardan farqi haqida tasavvurga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bularning barchasi o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutq malakalarining oshishiga asos bo‘ladi. Shuning uchun ham ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hozirda mavjud bo‘lgan ilmiy-nazariy hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan ham yaqindan tanishishlari, ularning mazmun va mohiyatlarini to‘la o‘rganishlari lozim. Shu asosda ular xalq dostonlarining ta’siri, badiiyati, tili va uslubi xususida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda, yuqori sinf o‘quvchilari quyidagilar bilan tanishishlari kerak, albatta. 1. Hozirgi adabiy ta’limda xalq dostonlarini o‘rganishning o‘ziga xos jihatlari. 2. Xalq dostonlarining yuqori sinflar dasturida hamda darsliklarida berilishining ilmiy-uslubiy asoslari. 3. Xalq dostonlarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining pedagogik- psixologik asoslari. 4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xalq dostonlarini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari. 137 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Adabiyot darslarida xalq dostonlarining tarbiyaviy tomonlariga e’tibor berish bilan birga, ularning badiiyati, strukturasi, shakli, emotsional tomonlariga ham jiddiy e’tibor qaratish kerak. Xalq dostonlari namunalari vositasida o‘quvchilar badiiy adabiyotning xos jihatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Ular badiiy nutqning, tilning poetik usullaridagi xosliklarni idrok etadilar. O‘zbek xalq dostonlarining matni bu borada adabiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda xalq dostonlarining badiiy xususuyatlarini o‘rganish umumta’lim maktablari uchun dastur va darsliklarda ustuvor darajani egallab kelmoqda. Dostonlarda axloqiy-ma’naviy muammolarning yoritilishi ham o‘quvchilar dunyoqarashi va qiziqishlariga mos kelmoqda. Xalq dostonlarining badiiy til xususiyatlarini tahlil qilishga qiziqish ortmoqda. Ta’lim bosqichlarida adabiyot fanining o‘rni katta. Chunki, adabiyot zimmasiga buyuk ma’naviyatimizni qadrlash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish mas’uliyati yuklangan. Vatanimizda mustaqillik bilan bog‘liq holdagina adabiyot fani dasturining bir necha avlodi yaratildi. Ta’lim tizimidagi о‘zgarishlar davlat ta’lim standartlarining yaratilishi, yangi о‘quv rejalarining ishlab chiqilganligi, ijtimoiy- ma’naviy hayotdagi yangilanishlar dasturlarni ham qayta kо‘rib chiqish shartligini taqozo etmoqda. Ma’lumki, dastur eng muhim davlat hujjati bо‘lib, uni bajarish majburiydir. О‘qituvchining asosiy vazifasi davlat dasturi talablarini tо‘la va samarali tarzda amalga oshirishdan iborat. Shuning uchun har bir о‘qituvchi uni tо‘la bilishi, uning barcha qismlari haqida aniq ma’lumotga ega bо‘lishi lozim. Dastur о‘qituvchining ish faoliyatidagi eng asosiy manbadir. Dasturda о‘zlashtirilishi lozim bо‘lish ilmiy-nazariy, adabiy tushunchalar, asarni о‘rganish, nutq о‘stirish, sinfdan tashqari о‘qitish, asarlar yuzasidan suhbat uchun ajratiladigan soatlar miqdori, adabiyotdan о‘tkazilishi kо‘zda tutilgan og‘zaki va yozma ish turlari, predmetlararo aloqa, sinfdan tashqari о‘qishdagi asarlar rо‘yxati berilgan. Dastur asosida darslik yaratiladi. Darslik о‘quvchilar bilimini muntazam va izchil о‘sishiga yordam beradi. Bunda darslikda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, o‘tiladigan mavzularning mantiqiy aloqadorligiga e’tibor berishi, umuminsoniy qadriyatlar targ‘ib qilinishi, о‘quvchilardagi yuksak axloqiy va estetik didlarning shakllanishi va tarbiyalanishiga xizmat qilmog’i lozim. Bugungi yangi pedagogik texnologiyani joriy etish, jahondagi iinterfaol о‘qitish metodlarini qo‘llashga jiddiy zarurati yuzaga kelmoqda. 138 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Davlat ta’lim standarti esa ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Davlat ta’lim standarti asosida yu

Доказательный фрагмент

«Adabiyot darslarida xalq dostonlarining tarbiyaviy tomonlariga e’tibor berish bilan birga, ularning badiiyati, strukturasi, shakli, emotsional tomonlariga ham jiddiy e’tibor qaratish kerak.»

Образец извлечения

Демо-превью

Adabiyot darslarida xalq dostonlarining tarbiyaviy tomonlariga e’tibor berish bilan birga, ularning badiiyati, strukturasi, shakli, emotsional tomonlariga ham jiddiy e’tibor qaratish kerak. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
badiiyati, metodik, shakli, ilmiy-nazariy, axloqiy-ma’naviy, strukturasi, poetik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники