Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻQITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORAT VA MUOMALA MADANIYATINING OʻRNI
MADANIYATINING OʻRNI
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2009
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jaroyonida pedagogik mahoratning ahamiyati yoritilgan bo‘lib, bugungi kunda pedagogik mahoratga ega bo‘lish talabi faqatgina o‘qituvchilarga emas, balki jamoa bilan, ijtimoiy sub’yektlar bilan ishlaydigan har qanday mutaxassislarga ham juda zarurdir. Kalit so‘zlar: pedagogik mahorat, kasbiy faoliyat, ta’limda innovatsiyalar, metodika, ta’lim texnologiyalari, peadgogik qobiliyat. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida yosh o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida ulkan ishlar olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o‘qitishning “Ta’lim-resurs” markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug‘ildi. Maktablarga yosh o‘qituvchilami jalb etish va ularga har tomonlama amaliy yordam berish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or va zamonaviy texnologiyalami joriy etishga ko‘maklashish maqsadida 2009-yildan boshlab “Respublika yosh o‘qituvchilar assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini olib bormoqda. “O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib o‘qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin: 1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko‘rsatkichi. 2. O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi. 3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi. 4. O‘quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi. Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy komponentlardan iborat: 83 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi. 2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. 3. Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish. 4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash. Barcha kasblar orasida o‘qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o‘qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g‘oyaviv - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rgatadi, yoshlami mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat o‘qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. Buning uchun doimo o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko‘nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy- metodik hamda texnik yordam ko‘rsatish, o‘qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko‘maklashish lozim. Shunga asosan, Pedagogik mahorat fani, mahoratli o‘qituvchilami tayyorlashga xizmat qiladi, o‘qituvchilar va tarbiyachilaming kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o‘rgatuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo‘lib, o‘qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo‘llarini, vositalarini, shakllarini o‘rganadi. Pedagogik mahorat o‘qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvorini va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o‘rgatadi va o‘z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar mehnati faoliyatidir. 84 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Pedagogik mahorat - о‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, hayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgil
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jaroyonida pedagogik mahoratning ahamiyati yoritilgan bo‘lib, bugungi kunda pedagogik mahoratga ega bo‘lish talabi faqatgina o‘qituvchilarga emas, balki jamoa bilan, ijtimoiy sub’yektlar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim-tarbiya jaroyonida pedagogik mahoratning ahamiyati yoritilgan bo‘lib, bugungi kunda pedagogik mahoratga ega bo‘lish talabi faqatgina o‘qituvchilarga emas, balki jamoa bilan, ijtimoiy sub’yektlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’limda innovatsiyalar, kasbiy faoliyat, metodika, pedagogik mahorat, peadgogik qobiliyat., ta’lim texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024