Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIY TEXNIKA VOSITALARINI QIYOSLASH SINOVLARINI TASHKIL ETISH
TASHKIL ETISH · Bekzodbek Komilov · Zafar Juraev
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 100-103 · 2018
Аннотация
Ayni paytda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni modernizasiya qilish jarayoni amalga oshirilmoqda, bu nafaqat texnologik qayta jihozlashdan iborat, balki tibbiy diagnostika laboratoriyalari faoliyatini metrologik ta'minlash masalasini tushunishni tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Kalit so‘zlar: Metrologik ta’minot, tibbiy jixozlar, tibbiy texnika, sog‘liqni saqlash. Annotation. At the moment, the process of modernization of health care is being implemented in Uzbekistan, which consists not only of technological re- equipment, but also requires a fundamental revision of the understanding of the issue of metrological support of medical diagnostic laboratories. Key words: Metrological supply, medical equipment, medical equipment, health care. Bugungi kunda biz nafaqat laboratoriya uskunalarini tekshirishni, balki o‘lchov usullarini sertifikatlashni ham talab qilishimiz kerak, bu borada Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 112-son qarori bilan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini (qiyoslash), shuningdek tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish tartibi belgilangan. O‘lchash funksiyasiga ega tibbiy vositalarni metrologik nazorati deganda nimani anglatishini quyidagi atama va ta'riflar orqali tushunishga harakat qilaylik. metrologik nazorat - davlat metrologiya xizmati tomonidan o‘tkaziladigan o‘lchov laboratoriya texnikasi ko‘rsatkichlari sozligi ustidan nazorat. tibbiy qurilma - shaxs tomonidan bir yoki bir nechta aniq maqsadlar uchun yakka o‘zi yoki birgalikda ishlatish uchun mo‘ljallangan asbob, apparat, moslama, mashina, instrument, implant, reaktiv yoki kalibrator, dasturiy ta'minot, material yoki boshqa shunga o‘xshash yoki tegishli buyum. 133 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference o‘lchash funksiyasiga ega texnik qurilma -texnik vositalarning apparat dasturiy ta'minot yoki dasturiy ta'minot qismida amalga oshiriladigan, aniq o‘lchov muammosini hal qilish uchun mo‘ljalangan funksiya. tibbiy asboblarning texnik holatini nazorat qilish - tibbiy qurilmaning parametrlari va xarakteristikalari qiymatlarining normativ-operativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish, eskirgan va shikastlangan qismlarni(detalarni) aniqlash, barcha himoya vositalari ishlashini, operasion hujjatlarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish. tibbiy vositalar-tibbiy maqsadlar uchun alohida yoki bir-biri bilan birgalikda ishlatiladigan har qanday vositalar, qurilmalar, asboblar, uskunalar, materiallar va boshqa mahsulotlar. o‘lchash vazifalariga yega bo‘lgan texnik tizimlar va qurilmalar -asosiy vazifalari bilan birga o‘lchash vazifalarini bajaradigan texnik tizimlar va qurilmalar. Diagnostika va davolashda foydalaniladigan barcha tibbiyot asboblari va apparatlari normal ishlab turishi zarur. Bu talab har doim bajarilmaydi, aniqroq aytganda, bunday talab maxsus choralar ko‘rilmaganda, istalgancha uzoq vaqtgacha bajarilmaydi [1]. Tibbiyot apparaturasidan foydalanilayotganda tibbiyot xodimi ekspluatatsiya qilayotgan buyumning ishdan chiqish ehtimolligi to‘g‘risida, ya'ni asbob (apparat) yoki uning qismlarini buzilishi, ruxsat yetilgan parametrlarning oshib va kamayib ketishi ehtimolligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Texnik talablarga javob bermaydigan qurilma ish qobiliyatini yo‘qotadi, shuning uchun uni sozlab ishlash qobiliyatiga qaytarish mumkin. Ko‘p hollarda faqat lampani yoki rezistorni almashtirib, buyumni yana normal ishlashi ta'minlanadi, ammo bunday ham bo‘lishi mumkin; apparatura shunchalik eskirgan ishdan chiqqan bo‘lishi mumkinki, uni sozlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shu sababdan tibbiyot xodimi apparaturani sozlashga yaroqli va uning qismlarining chidamli ekanligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 112-son qarori bilan barcha tibbiyot tashkilotlari uchun yagona qoidalar o‘rnatiladi. Xususiy tibbiyot tashkilotlari, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligi, tuzilmasida tibbiyot tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tibbiy texnikaning qiyoslash va davriy sinovlardan o‘tkazilishini ta'minlashlari shart. Bundan tashqari, tibbiy texnikaning metrologik ta'minoti va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mas'ul xodimlar malakasini oshirish majburiyati ular zimmasiga yuklanadi. 134 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish negizida, xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda bunday mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Hamda quyidagilar tasdiqlandi: qiyoslash va davriy sinovlardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiy texnika ro‘yxati; tibbiy laboratoriyalarning sifatiga va kompetentligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan standartlar. Tibbiy texnika qiyoslashdan o‘tkazish Tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan, o‘quv (namoyish qilish) maqsadlar
Доказательный фрагмент
«Ayni paytda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni modernizasiya qilish jarayoni amalga oshirilmoqda, bu nafaqat texnologik qayta jihozlashdan iborat, balki tibbiy diagnostika laboratoriyalari faoliyatini metrologik ta'min…»
Образец извлечения
Демо-превьюAyni paytda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni modernizasiya qilish jarayoni amalga oshirilmoqda, bu nafaqat texnologik qayta jihozlashdan iborat, balki tibbiy diagnostika laboratoriyalari faoliyatini metrologik ta'min… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Metrological supply, medical equipment, medical equipment, sog‘liqni saqlash., tibbiy texnika, tibbiy jixozlar, Metrologik ta’minot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014