Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARNING O‘RNI
MURABBIYLARNING O‘RNI · Saffarova Mohidil Axmadovna
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada sharq mutafakkirlarining va pedagoglarining o‘qituvchi va murabiylar haqidagi fikrlari o‘rganildi va tahlil qilindi. Kalit so'zlar: axloqiy qoida, tarbiya, odob, barkamol inson, insonparvarlik, ma’naviy fazilatlar, umuminsoniy qadriyatlar, milliy qadriyat, milliy tafakkur, islom madaniyati. Axloq kishilarning xulq-atvor normalari va qoidalarini, ularning o‘z – o‘ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi ahloqiy tushunchalarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning alohida bir shaklidir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlodlar tomonidan to‘plangan ahloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Axloq sinfiy xususiyatga ega, chunki ahloq, his –tuyg‘u, tushuncha va prinsiplar ma’lum ijtimoiy formasiyaga xos bo‘lib ijtimoiy tuzum o‘zgarishi bilan u ham o‘zgaradi. Bizning jamiyatimizdagi ahloq eng yaxshi umuminsoniy xulq normalarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Insonning barkamolliga uning ma’naviy dunyosi qandayligi bilan belgilanadi. Yaxshi tarbiya kishining qimmatbaho boyligidir. O‘zbek xalqining ma’naviyati haqiqatgo’y va adolatli bo‘lish, jaholat va qabihlik yo‘lini to‘sish, insoniylik, mehr –shafqat, ma’rifat, do‘stlik, mardlik, birodarlik, mehmondo‘stlik, poklik, xushxulqlik, insof, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. O‘zbek xalqining urf –odatlari, turmush tarzi, ta’lim –tarbiya, madaniyat an’analari moziyning uzoq –uzoq asrlariga borib taqaladi. Hozirgi va kelajak avlodimiz Shundagina jamiyat to‘q, farovon, kishilar osoyishta va madaniy hayot kechiradilar. Bu hamisha hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan. Qadim-qadimdan o’zbek, sharq klassiklari ijodida ahloq-odob masalasi markaziy o’rinni egallab kelgan. Kaykovusning “Qabusnoma”sidan tortib, Al – Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilik” (“Baxt keltiruvchi bilim”), Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” (“Haqiqat sovg’alari”), imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-Adab Al-Mufrat” (“Adab durdonalari”) kabi jahonga mashhur asarlarida, Alisher Navoiyning o’lmas 144 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference sheriyatida, Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” ila, “Kamoliddin Xusayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsimiy”, “Ravzati shaholat” (“Shaholat bog’i”) kabi asarlarida ahloq, odob masalalari yoritiladi. Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim maskanlarimiz ma’naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan fahrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta’lim - tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir. Agar o‘qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo‘lsa, o‘quvchi bilim darajasi ham baland bo‘ladi. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Pedagog xodimlar o‘zlarini kasb ko‘nikmalari muallimlik va tarbiyachilik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta’kidlanadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda. O‘qituvchi kasbining nozikligi, mas‘uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to‘g‘risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo‘yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati Sharq mutafakkirlarining asarlarida o‘z ifodasini topgan. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega. Sharq ma’naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg‘onish davrida juda rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma’naviy-axloqiy kamolotida muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, «o‘qituvchi - aql- farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur. Shu bilan birga o‘z or- nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi», - deb ta’kidlaydi. Farobiy o‘qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. 145 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli olim Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning fikricha, «... O‘qituvchi mat
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sharq mutafakkirlarining va pedagoglarining o‘qituvchi va murabiylar haqidagi fikrlari o‘rganildi va tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sharq mutafakkirlarining va pedagoglarining o‘qituvchi va murabiylar haqidagi fikrlari o‘rganildi va tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axloqiy qoida, tarbiya, odob, barkamol inson, insonparvarlik, milliy tafakkur, islom madaniyati., ma’naviy fazilatlar, umuminsoniy qadriyatlar, milliy qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026