К содержанию
РецензированоUZ1992

O‘ZBEKISTONNING XORIJIY DAVLATLAR BILAN SOG‘LOM OILANI HIMOYA QILISH SOHASIDAGI HAMKORLIGI VA UNING NATIJASI.

Samadova Shahzoda Uktamovna

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1992

Аннотация

Maqolada O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan sog‘lom oila va sog‘lom bola dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z boradi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikamizda sog‘liqni saqlashi ishi va rivojiga xaqlaro tashkilotlar hamkorlik masalasi alohida e’tibor qaratildi .Ushbu jarayonning o‘ziga xos jihati shundaki,dunyoning qator rivojlangangan davlatlari bilan imzoladi va ular diqqat e’tiborini qaratdi. Kalit so‘zlar: Xalqaro, cog‘lom oila, skrining, hamkorlik, dori, immunitet, texnik xizmat, ijtimoiy, jamg‘arma,aloqa. O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi aloqalarida sog‘lom oilani himoya qilish ishi alohida o‘rin egallaydi. Republikada mustaqillikning dastlabki davrida horijiy davlatlarning ko‘magi bilan qator loyihalar amalga oshirildi. O‘zbekistonda sog‘lom oilani muhofaza qilish davlat siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganki, buning zamirida millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, aholining turmush farovonligini va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirishdek ulug‘vor maqsadlar qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992 yil 9 dekabrda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilindi. 1993 yili «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi tashkil etildi. 1996 yil 22 fevralda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 1998 yil “Oila yili”, 2000 yil “Sog‘lom avlod yili”, 2008 yil “Yoshlar yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili”, 2012 yil “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilingani hamda shu munosabat bilan Davlat dasturlarining bajarilgani bu boradagi ezgu ishlarga mustahkam asos bo‘lib xizmat qildi. Buning samarasida “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” konsepsiyasi hayotiy ifodasini topib, xalqaro miqyosda keng e’tirof etildi. Onalar o‘limi intensiv ko‘rsatkichi (100 ming tirik tug‘ilgan bolaga nisbatan) 1991 yilda 65,3 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1997 yilda 28,1 ga tushgan. Respublika bo‘yicha tug‘ish yoshidagi ayollarni sog‘lomlashtirish yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar tug‘ruqlar dinamikasini 5,1% kamaytirdi, abortlar dinamikasi 16,9% kamaytirib, ular nisbatini 1:8 ga tushirdi. 25 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 1996 yil “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi yosh bolalari orasida tug‘ma o‘sish nuqsonlari muammolari dasturini ishlab chiqdi va amalga oshirishga kirishdi. Bu dasturning maqsadi Respublikada ona va bola skriningini tashkil qilishdir. Mazkur dastur doirasida 1996 yil aprel oyida mutaxassis vrachlar uchun jamg‘arma “Pribori Oy” (Finlyadiya) va “Bristol Mayyers Skveb” (AQSH) firmalari bilan birgalikda mazkur muammolar bo‘yicha seminar o‘tkazdi, bu seminarda skrining soxasida xalqaro miqyosda obruli mutaxassislar ma’ruzalar bilan chiqdilar. Ushbu dasturni ko‘pgina xalqaro miqyosda obruli tashkilotlar qo‘llab-quvvatladilar. Jumladan, Yaponiya xukumati kafilligi xisobiga Nukus tug‘ruqxonasi uchun “Pribori Oy” (Finlyandiya) firmasidan 99 ming 131 dollar miqdorida tibbiy uskuna olib berildi. Dasturning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun hammasi bo‘lib, 1997 yilda jamg‘arma xorijiy qatnashchilari– “Pribori Oy” va “Bristol Mayyers Skveb” firmalari xamda xalqaro tashkilotlarning maqsadli moliyaviy yordami hisobiga jamg‘arma 0,5 mln. AQSH dollaridan ortiqroq mablag‘ni jalb qilmoqda.O‘zbekiston Respublikasida ona va bola skriningini tashkil qilish dasturi xalqaro ekspertlarning yuqori bahosini oldi.Jamg‘arma aholiga immunyordam dasturi doirasida “Immunopreparat” preparat ishlab chiqarish markazini (IIM) tashkil etdi, unga professor F.Y.Garib boshchilik qilmoqda. Ilmiy ishlab chiqarish markazi 1996 yili Davlat fan va texnika qo‘mitasi bilan birga moliyalashtirildi. IIM ning vazifasi – “Immunomodulin” dorisini o‘zimizda ishlab chiqaruvchi bazani yaratishdir. Shunda bolalar o‘limini kamaytirishga imkon tug‘iladi, bolalar organizmi turli kasalliklarga chidamli bo‘ladi va ayni chog‘da chetdan keltiriladigan antibakterial dorilarga extiyoj kamayadi. Hozirgi vaqtda “Immunomodulin”dorisi klinik sinovdan o‘tdi, uni qo‘llash uchun Farmatsevtika qumitasi rozilik berdi.Aholini, birinchi navbatda ayollar va bolalarni eng muhim tibbiy dori-darmonlar, sanitariya va gigena buyumlari bilan ta’minlash dasturini jamg‘armaning “SAU” (“Sog‘lom avlod uchun”) tashqi iqtisodiy firmasi va jamg‘armaning dorixonalar tarmog‘i amalga oshirib kelmoqda. Hozir respublikaning barcha joylarida 45 ta dorixonamiz bor.1996 yil mobaynida jami 79.964.969.74 so‘mlik dori-darmon, 466.549,20 so‘mlik tibbiy apparatlar uchun extiyot qismlar va texnika, jamg‘arma dorixonalar tarmog‘i orqali sotildi.Tug‘ruqxona va bolalar muassasalari moddiy texnik asosini mustaxkamlash dasturida qatnashib jamg‘arma budjetidan tashqari mablag‘lardan va xomiylardan, jamg‘armaning chet ellik qatnash

Доказательный фрагмент

«Maqolada O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan sog‘lom oila va sog‘lom bola dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan sog‘lom oila va sog‘lom bola dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy, texnik xizmat, immunitet, cog‘lom oila, aloqa., hamkorlik, skrining, jamg‘arma, Xalqaro, dori
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники