К содержанию
РецензированоUZ2026

GEMOFILIYA KASSALLIGI HAQIDA.

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Madaminova Z.M. (in-academy.uz/index.php/yo) · Rasulov B.N. (“Central Asian Medical University”) · Ahmadjonova D.O. (“Central Asian Medical University”) · KALIT SO’ZLAR: Ateraskleroz (“Central Asian Medical University”) · Miokardinfarkt, gipotoniya, gipertoniya (“Central Asian Medical University”)

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda inson uchun xavf solayotgan kasalliklardan biri hisoblangan Yurak qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot berilgan. KALIT SO’ZLAR: Ateraskleroz, Miokardinfarkt, gipotoniya, gipertoniya, revmatizmtromboflevit, tromboz, spazm. Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari — yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda koʻp va xilma-xil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi).Yurakning ishemik kasalligi yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular boʻshligʻida qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz)kabilar kuzatiladi. Arterial gipotoniya (gipotoniya kasalligi) — nisbatan kam uchraydi. U arterial gipotoniya sindromi tarzida koʻpgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti, kardiomiopatiya, miokardit), nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi. Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay zararlanishi — miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yalligʻlanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit kam uchraydi. Yurakning ishemik kasalligi, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining toʻsatdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida notoʻgʻri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak blokadasi yurakning oʻtkazuvchi sistemasida nerv impulslari oʻtishining buzilishi (mas, boʻlmachalardan qorinchalarga yoki Gis tutami oyoqchalariga impuls oʻtishining uzilishi)dan iborat. Nevrozlar tufayli yurak nerv apparati faoliyati buzilganda aritmiyalar bilan birga, yurakda sirqillaydigan, sanchadigan, jazillaydigan ogʻriq sezgilari ham paydo boʻladi. Ateroskleroz va gipertoniya kasalligi arteriya tomirlarining keng tarqalgan xastaliklaridan boʻlib, aksariyat ular birga kechadi. Ateroskleroz toj tomirlaridan tashqari, aorta va uning yirik shoxlari, jumladan, buyrak arteriyasi, miya tomirlari (qarang Insult), qoʻloyoqning periferik tomirlarini ham zararlaydi. Arterial tomirlarning yalligʻlanishi — arteriitlar koʻproq infeksion (masalan, zaxm, sepsis) va allergik (qarang Zardob kasalligi) hamda kollagen kasalliklar tufayli yuzaga keladi. 116 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Klinik shakli obliteratsiyalovchi endarteriit, aorta panarteriiti va hokazo. Venalarning varikoz kengayishi va tromboflebit vena tomirlarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan. Fibroz (sariq) va amiloidoz (jigarrang) bilan yurakning mikrografisi. Movat dogʻi. Epidemiologiya. Asosiy arteriyalarning (koronar, miya) aterosklerotik shikastlanishi natijasida kelib chiqqan yurakqon tomir kasalliklari butun dunyo boʻylab oʻlimning asosiy sababidir: boshqa hech qanday sababsiz, har yili yurak-qon tomir kasalliklaridan koʻp odamlar vafot etmaydi.JSST hisob-kitoblariga koʻra, 2016-yilda 17,9 million kishi yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etgan, bu butun dunyo boʻylab oʻlim holatlarining 31 foizini tashkil qilgan. Ushbu oʻlimlarning 85% MI va insult tufayli sodir boʻlgan.YQTKdan oʻlimning 75% dan ortigʻi past va oʻrta daromadli mamlakatlarda, erkaklar va ayollar orasida deyarli tengdir.70 yoshgacha boʻlgan yuqumli boʻlmagan kasalliklardan oʻlgan 17 million oʻlimning 82 foizi past va oʻrta daromadli mamlakatlarda sodir boʻladi va ularning 37 foizi yurak-qon tomir kasalliklaridan kelib chiqadi.Past va oʻrta daromadli mamlakatlardagi odamlar koʻpincha xavf omillari boʻlgan shaxslarni erta aniqlash va davolash uchun integratsiyalashgan birlamchi tibbiy yordam dasturlaridan foydalana olmaydi va ularning ehtiyojlarini qondiradigan samarali tibbiy xizmatlardan kamroq foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Natijada, koʻp odamlar yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa yuqumli boʻlmagan kasalliklardan yoshroq, koʻpincha eng samarali yillarida vafot etadilar. YQTK va boshqa yuqumli boʻlmagan kasalliklar sogʻliqni saqlashning halokatli xarajatlari tufayli oilalarning yanada qashshoqlashishiga yordam beradigan dalillar mavjud. Makroiqtisodiy darajadaYQTKlar past va oʻrta daromadli mamlakatlar iqtisodiga ogʻir yuk yuklaydi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda inson uchun xavf solayotgan kasalliklardan biri hisoblangan Yurak qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda inson uchun xavf solayotgan kasalliklardan biri hisoblangan Yurak qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
avlod, autasoma, X xromosoma., qon, Jinsiy, globulin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники