К содержанию
РецензированоUZ2026

BIOLOGIYANI FIZIKA BILAN BOG‘LAB O‘QITISHDA KONFERENSIYALAR TASHKIL ETISH

EDUCATION SYSTEM · KONFERENSIYALAR TASHKIL ETISH · G‘aniyeva Guliruxsor Islamovna

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada fanlar taraqqiyotidagi ikki obyektiv xususiyat – differensiatsiya (tarmoqlanish) va integratsiya (qo‘shilish, birlashish), pirovard natijada, olamning yaxlit, umumiy ilmiy manzarasi yaralishi, biologiya va fizika fanlaridan konferensiyalar tashkil etishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit soʻzlar: differensiatsiya, integratsiya, yarmarka metodi, faol va interaktiv, ishqalanish kuchi, Broun harakati. Ta’lim-tarbiya tizimini yaratishda o‘quv rejadan o‘rin olgan barcha o‘quv fanlari, shu jumladan, biologiya fanini o‘qitish jarayonida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish mazkur tizim yaxlitligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, tabiiy fanlar, xususan, biologiya va fizika o‘quv fanlari tadqiqot obyekti va predmetiga ko‘ra bir-biriga yaqinligi sababli, ularni o‘qitishda fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish tabiatdagi borliq, ularda boradigan jarayonlar va o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini anglash, mazkur o‘quv fanlari mazmunidagi umumiy va xususiy tushunchalarni yaxlit tasavvur qilish va amaliyotga qo‘llash ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish orqali o‘quvchilarda intelektual salohiyatini shakllantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. O‘qitish jarayonida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish moddiy va ma’naviy olamni tadqiq qiluvchi turli fanlarning o‘zaro hamkorligi ular rivojining tabiiy jarayoni va o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantiruvchi omil sifatida nazarda tutish zarur. Tadqiqot ko‘lamining tor doiraga ko‘chishi evaziga bu fanlarning har birida ixtisoslashuv muqarrar ro‘y beradi. Fanlar taraqqiyotidagi ikki obyektiv xususiyat – differensiatsiya (tarmoqlanish) va integratsiya (qo‘shilish, birlashish), pirovard natijada, olamning yaxlit, umumiy ilmiy manzarasi yaralishida beqiyos o‘rin tutadi. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sayin dolzarb bo‘lib qolmoqda. 27 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Integratsiyani differensiatsiyasiz tushunish ma’noga ega bo‘lmay, ular dialektika nuqtai nazardan biri-birlarini aniqlashtiruvchi, ajratib bo‘lmas yo‘nalishlardan hisoblanadi. Akademik I.D.Zverevning yozishicha, “Integratsiya- uzviy bog‘lanishlikni, yaxlitlikni yaratish jarayoni. O‘qitishda unga turli o‘quv fanlarining elementlarini uyg‘unlashtirish asosida yagona sintezlovchi kursning natijalovchi jarayoni deb qarash mumkin”. Ta’lim-tarbiya jarayonida biologiya va fizika o‘quv fanlari o‘rtasida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish o‘quvchilarning faktlarni tahlil qilish, hodisa va jarayonlarni o‘rganishda sabab- oqibat bog‘lanishlari mohiyatini tushunish, o‘quv fanlari bo‘yicha avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llashi orqali o‘quv materialini ongli o‘zlashtirishga erishishga zamin tayyorlaydi. Shuningdek, tabiatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzatish, ularning mohiyatini anglash, biologiyaga doir muammoli savol-topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish zaminida intelektual salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammosi sanaladi. Dars jaronidan tashqari vaqtlar o‘quvchilar o‘rtasida biologiyani fizika bilan bog‘lab konferensiyalarni tashkil etishda quyidagilarni maqsad qilib qo‘ydik. - jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish; - o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq, tushunarli bayon qila olish; - mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; - ijtimoiy moslashuvchanlik; - o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish; - hamkorlikda ishlay olish; muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish; - turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish; - muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda konstruktiv qarorlarni qabul qila olish kabi kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Biologiyani fizika bilan bog‘lab sinflararo konferensiyalar tashkil etish va uni o‘tkazish talabiga muvofiq o‘quvchilar o‘rganilgan mavzular yuzasidan o‘quv topshiriqlarini aniq va dalillar asosida bajarishi, mantiqiy ketma-ketlikda savollar tuza olish, savollarga yozma va og‘zaki javob berishda til me’yorlariga rioya qilgan holda o‘z fikrini aniq, mantiqiy ketma-ketlikda bayon etish, javoblarini dalillash, hamkorlikda ishlash jarayonida tinglash madaniyatiga amal qilgan holda guruh a’zolarining javoblarini tinglay olish, mushohada qilish va o‘z javobini mantiqan bayon qilish orqali umumiy xulosa yasashda faol ishtirok etish, sinfda 28 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference o‘rtoqlari bilan sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga amalga qilgan holda muloqotga kirishishni o‘rganadi. “Baliqlar dunyosiga sayohat” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada “Yarmarka” metodi (yoki Bozor metodi) ni qo‘llash konferensiyaning samarado

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada fanlar taraqqiyotidagi ikki obyektiv xususiyat – differensiatsiya (tarmoqlanish) va integratsiya (qo‘shilish, birlashish), pirovard natijada, olamning yaxlit, umumiy ilmiy manzarasi yaralishi, biologiya…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada fanlar taraqqiyotidagi ikki obyektiv xususiyat – differensiatsiya (tarmoqlanish) va integratsiya (qo‘shilish, birlashish), pirovard natijada, olamning yaxlit, umumiy ilmiy manzarasi yaralishi, biologiya… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Broun harakati., faol va interaktiv, ishqalanish kuchi, yarmarka metodi, differensiatsiya, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники