К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA DINIY BAG‘RIKENGLIK TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

EDUCATION SYSTEM · Xisomiddinova Maftuna Ravshan Qizi · Sh. Mirziyoyev

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashimiz o‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsatib, ularga so‘zda va amalda yaxshilik qilish kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish haqida fikr yuritilgan Kalit so‘zlar: diniy bag‘rikenglik, darslik maktab tolerantlik, din e’tiqod “Biz jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlarni izchillik bilan davom ettiramiz…” Sh. Mirziyoyev Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqeyi kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa ijtimoiy soha, ayniqsa, ta’lim-tarbiyaga asoslanganlikda deyishimiz mumkin. Barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham islohotlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlar zamirida yosh avlodning tarbiyasi, ta’limi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Buning yorqin misolida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Bizni o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala- bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lishsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida aks sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya faqat tarbiya hisobidan” [4] degan fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, o‘quvchilarning tarbiyasi, ta’lim sifati va ta’lim jarayonini takomillashtirish uchun juda muhimdir. Diniy qarashga ko‘ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko‘ra ham inson eng oliy mavjudotdir. Diniylik dunyoviylikni inkor qilmaydi, u bilan ba’zan yonma-yon yashasa, ayrim vaziyatlarda o‘zaro yaqinlashadi, dunyoviylikning rivojiga xizmat qiladi. Dunyoviylik, ya’ni shu moddiy hayotni rivojlantirishga yo‘nalganlik diniylikning ham maqsadlari bilan mos tushadi. Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin, deganda dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do‘stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni 29 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta’limotlar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo‘lishga undaydi. Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o‘ta ketgan mutassiblik) sifatida foydalanilganligini ko‘rsatuvchi misollar ko‘p. Fanatizmning o‘ziga xos xususiyati va ko‘rinishlari avvalambor, o‘z dinining haqiqiyligiga qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to‘lqinini keltirib chiqarishga qodir bo‘ladilar [8.6]. Islom dini VIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoga musulmonlarning mintaqani bosib olishi doirasida kirib kelgan. O‘zbekiston hududida islom dini sunniy yo‘nalishining hanafiy mazhabi qaror topdi. Albatta, bu bejiz emasdi. Zero, Imom A’zam mazhabi o‘zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berishi bilan ajralib turadi. Hanafiylik ta’limotini takomilga yetkazgan vatandoshlarimiz – Imom Moturidiy, Abul-Mu’in an-Nasafiy va al-Marg‘inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g‘oyaviy tarafdorlikni barham berish, islom dinining “Ahli sunna val-jamoa” yo‘li barqaror bo‘lib qolishiga katta hissa qo‘shdilar. Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida diniy bag‘rikenglik bilan bog‘liq qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi g‘oyalar keng yoritib berilgan. Buyuk alloma, moturidiya aqidaviy yo‘nalishi asoschisi Abu Mansur al-Moturidiyning asarlarida bayon etilgan bag‘rikenglik g‘oyalari bunga misol bo‘la oladi. Jumladan, Moturidiy Qur’oni Karim oyatlarining tafsiriga bag‘ishlangan, islom olamida juda keng tanilgan “Ta’vilot ahli sunna” asarida “Haj” surasi 40-oyat tafsirida: “Cherkov va sinagogalarni vayron etish man etiladi [22.6]. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bu turdagi asarlardan foydalangan holda diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashimiz o‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsatib, ularga so‘zda va amalda yaxshilik qilish kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishimiz mumkin. Bugun O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) va dinlararo murosa borasida faqat MDH(Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. Bu haqda Moskva va Butunrus Patriarxi Aleksey II, AQSH senatori Xillari Klinton xonim, AQSH sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya qirolligi shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga tashriflari vaqtida ta’kidlab o‘tgan fikrlari bunga misoldir. Albatta, xalqimizga azaldan xos bo‘lgan bu xislat o‘zining uzoq tarixiga ega. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr 30 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference

Доказательный фрагмент

«Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashimiz o‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsatib, ularga so‘zda va amalda yaxshilik qilish kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish haqida fikr y…»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashimiz o‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsatib, ularga so‘zda va amalda yaxshilik qilish kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish haqida fikr y… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diniy bag‘rikenglik, darslik maktab tolerantlik, din e’tiqod
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники