К содержанию
РецензированоUZ2026

TRANSPORT-LOGISTIKA XIZMATLARI SAMARDORLIGINI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI

EDUCATION SYSTEM · TRANSPORT-LOGISTIKA XIZMATLARI SAMARDORLIGINI · O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI · Nargiza Eshqobilova

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada transport-logistika xizmatlari samardorligini aniqlashning xorij tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, transport-logistika tizimini rivojlantirish yo‘llari va istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hamda transport-logistika tizimlarining samaradorligini aniqlash va hisoblash uchun bu xizmatlarga aynan qanday omillar, qay darajada ta’sir etishini o‘rganish zarurligi hamda bu omillarni turlicha guruhlash mumkin bo‘lib, ular bozordagi ishtirokchilarning aynan qaysisining samaradorligini aniqlanayotganligiga bog‘lik yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: transport-logistika, yuklar, samaradorlik, ta’sir etuvchi omillar, ortib-tushurish, samaradorlik, baholash, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm,mintaqa. Mamlakatdagi transport-logistika xizmatlari sohasining joriy holati va kelgusidagi istiqbolini tahlil etishda nafaqat mamlakat ichidagi korxona va markazlar faoliyatini balki xorijiy davlatlar bilan ham taqqoslash zarur. Qiyosiy tahlil qilish maqsadida xorijiiy davlatlarini tanlashda geografik joylashuv, eksport-import hamkorlar, transport-logistika samaradorligi indeksida еtkachilik kabi kriteriyalarga asoslangan. Shunda kelib chiqqan holda, asosiy eksport va import hamkorlar Xitoy, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston faoliyati tahlil qilinadi. Belorussiya va Qozog‘iston MDH ga kiruvchi hamkorlar, georafik yaqinlik asosida tahlil qilinadi. Germaniya, Singapur va Avtraliya esa transport-logistika samaradorligi indeksida еtkachi davlatlar sifatida tahlil uchun tanlangan. Vetnam va Kot-D’Ivuar esa transport-logistika samaradorligi indeksida birdaniga katta sakrash qilgan davlatlar sifatida tajribasini o‘rganish uchun tahlil etiladi. Davlatlar asosan umumiy, iqtisodiy va aynan transport- logistika xizmatlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilinadi. O‘zbekistonda ochiq dengizga chiqish yo‘laklarini mavjud emasligi sababli ichki va tashqi yuklar importi va eksportida temir yo‘l, havo yo‘llari va avtomobil yo‘llari tizimlariga asoslangan transport-logistika tizimilari ni rivojlantirish yo‘li tanlangan. Qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi”da[1] “O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish” nomli 98 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference maxsus 53-bandida respublikamiz transport tizimlarini modernizatsiyalash va isloh qilishga doir ustuvor maqsad va vazifalar belgilangan. Ushbu maqsad va vazifalarni hal etish transport-logistik xizmatlarni rivojlantirish yo‘llari va istiqbollari, ular samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlarni olib borishni zarurat qilib qo‘yadi. Tadqiqotlarga qaraganda 2027-yilga kelib yuk tashish va logistika xizmatlari bozori hajmi 5,85 % ga o‘sadi. Davlatning 2021-yildagi yuk aylanami 800 milliard-tonna km. Temir yo‘l yuk aylanmasining ulushi 52%ni tashkil qilib boshqa transport vositalari orasida еtakchilik qiladi. Keyingi o‘rinda avtomobil, suv va havo transporti turadi. Mamlakat mazkur sohadagi samaradorlik va unumdorlikni oshirish uchun miliy strategiya tuzish ishlarini olib bomoqda. Shu maqsadda transport infratuzilmasini yangilashga oxirgi 10 yilda 70 milliard sarfladi va 2018-2027-yillar uchun 75 milliard sarflashni rejalashtirgan. Yo‘l usti transport infratuzilmasini yaxshilashga 110 milliard avstraliya dollari investitsiya kiritdi. Asosiy masala ichki temir yo‘l tashuv tizimini tezkor va texnologik baquvvat qilish. Shu harakatlar samarasi tufayli xalqaro reytinglarda yaxshi natijalar qayd etmoqda. O‘zbekiston bilan solishtirganda hududi, aholisi, YaIM hajmi aancha kam bo‘lgan bu davlat xalqaro reytinglarda davlatimiz bilan yaqin natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Demak, mamlakatimizda salohiyat bor uni yuzaga chiqarish kerak. Belorussiya qulay geografik joylashuvga ega davlat bo‘lib, G‘arbiy Yevropa bilan Sharqni bog‘laydigan transport marshurtlari chorrahasida joylashgan. Bundan tashqari Qora dengiz va Boltiq dengizi bilan ham ularni bog‘laydi. 2021-yil ma’lumotlariga qaraganda transport xizmatlarining YaIMdagi ulushi 5,1 % ini tashkil etadi. Transport xizmtalari eksporti jami eksport hajmining 43 %ni, tashqi savdo saldosining esa 41%ni tashkil etib, 4,4 mld dollarni tashkil etdi. 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 61 ta turli funksiyalarni bajaruvchi logistik markazlar mavjud. Xalqaro yuk tashish bo‘yicha elektron nakladnoyga oid xalqaro Konvensiyaga a’zo. Mamlakatda transsport-logistika xizmatlari 90-yillarda rivojlanib boshlagan. Hozirgi kunda mamlakatning logistik xizmatlar bozori hajmi 20-22 mlrd Aqsh dollari bo‘lib, YaIMning 30 %ni tashkil etadi. So‘nggi yillarda logistika sohasidagi o‘sish o‘rtacha 16-20% ni tashkil etadi. LPI reytingida katta sakrash qilgan davlat sifatida barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada transport-logistika xizmatlari samardorligini aniqlashning xorij tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada transport-logistika xizmatlari samardorligini aniqlashning xorij tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transport-logistika, yuklar, ta’sir etuvchi omillar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, ortib-tushurish, samaradorlik, baholash, mintaqa.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники